O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112
 
So„g„d yozma yodgorliklari.
Vatanimiz tarixini o‗rganishda so‗g‗d
yozma yodgorliklari alohida ahamiyatga ega.
So`g`d yozuvi mil. avv. III-II asrlarda shakllangan. Lekin milodning 
dastlabki davrlariga oid So`g`d manbalari kam saqlanib qolgan. Buning asosiy
sababi, arablar istilosidir. Arablar Markaziy Osiyoni bosib olganlaridan keyin 
bu yerdagi turli narsalarga yozilgan yozuvlarni beayov yo`q qildilar. Istilo natijasi
Markaziy Osiyo xalqlari orasidagi til munosabatlariga ham ta`sir qildi. 
Arab va fors tili shahar madaniyat tiliga aylana bordi. Bu esa so`g`d tilining 
amaliy doirasini toraytira boshladi. Buning ustiga turk tilning tobora keng yoyilishi 
so`g`d tilining mavqeini yanada cheklab qo`ydi. Muhammad Narshaxiyning
«Tarixi Buxoro» asaridan ma`lum bo`lishicha, X asrda so`g`d tili faqat
qishloq tumanlaridagina saqlanib qolgan edi. Shuning uchun so`g`d tilida
yozilgan manbalar kam saqlanib qolgan.
Sug‗d tilidagi manbalar, asosan IV-X asrlarga oid bo‗lib, turli mazmundagi 
yuridik hujjatlar (ahdnomalar, nikoh haqidagi shartnomalar, oldi-sotdi hujjatlari, 


68 
tilxatlar) hukmdorlar (Sug‗d, Shosh, Turk va Farg‗ona hukmdorlari) o‗rtasidagi 
yozishmalar, xo‗jalikning kundalik turmushiga oid hujjatlar, masalan, xarajatlardan 
iborat hujjatlar hamda farmonlardan iborat. 
XX asrda So`g`d manbalariga qiziqish kuchayadi. Asosan chet el olimlari 
So`g`d manbalarini topishga harakat qilishgan. 1889-yili N.I. Yadrintsev 
tomonidan O‗rxun daryosi xavzasidagi Qorabolg`asun degan yerdan topilgan uch 
xil yozuvli tosh lavxadagi uchinchi yozuv so`g`d tilida - «So`g`d yozuvi»
deb ataladigan yozuvda bitilganini aniqladi. Qizig‗i shundaki, so`g`d tilida
bitilgan dastlabki epigrafik yodgorliklar faqat So`g`d xududidan tashqarida 
topilgan. XX asr 30-yillarigacha So`g`d xududidan birorta ham yozuv
topilmagan. Umuman so`g`d tilidagi manbalar IV-IX asrlarga oid bo`lib turli
mazmundagi yuridik xujjatlar hukmdorlar o`rtasidagi yozishmalar, kundalik
turmushga oid xujjatlar hamda farmonlardan iboratdir.
Bu xujjatlar So`g`diyonaning o`zida (Mug` qal`asidan), Samarqandda 
(Afrosiyobdan), Qirg`iziston va Sharqiy Turkistondan topilgan.
1961-1965 yillarda O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va Arxeologiya 
instituti ekspeditsiyasi Afrosiyobda V-VII asrga oid saroy harobalarini
ochdilar. Saroy mehmonxonasi devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan 
bezatilgan bo`lib ular orasida oq kiyim kiygan Chag`oniyon elchisining surati
ham bor. Uning etagida so`g`d tilida 16 satrdan iborat ishonch yorlig`i ham yozib 
qo`yilgan. Muhim xujjatlar So`g`diylarning Qozog`iston, Qirg`iziston hamda 
Sharqiy Turkistondagi savdo koloniyalarida ham topilgan. Bular orasida
ayniqsa, 1902-1906 yillarda A.Steyn boshliq ingliz ekspeditsiyasi topgan epigrafik 
yodgorliklar mashhurdir. Bu ekspeditsiya Xitoyning G`arbiy tumanlarida -
Dunxuan nomli manzilida qazuv ishlarini olib borib, yuzlab xitoycha, turkcha
va boshqa xat xujjatlari orasida so`g`d yozuvi bilan bitilgan nodir
qo`lyozmalar ham topishga muvaffaq bo`ldi. Talas daryosining o`ng sohilida, 
hozirgi Talas shaxrida 7-8 km shimolda joylashgan Kulunsoy hamda Teraksoy
daralarida qoyatoshlarga o`yib bitilgan yozuvlar alohida e`tiborga ega. Bu
yozuvlar IV-XI asrlarda So`g`d kasabalaridagi ahvol haqida, Markaziy Osiyo 
bilan Sharq mamlakatlari orasidagi savdo aloqalari va bunda So`g`diylarning
ro‟li haqida qimmatli ma`lumotlarni beradi.
Dunxuan va Xo`ton xujjatlari A. Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar esa V.A. 
Kamaur, M.E. Masson, D.F. Vinnik, A.Asanaliev, U. Jumagulovlar tarafidan 
o`rganilgan.
So`g`d yozma yodgorliklari ham yozuv alifbo turlari, ularda aks etgan diniy 
dunyoqarash mazmuni bo`yicha turlichadir. Masalan, budda diniy marosimlari aks
etgan yozma yodgorliklarning aksariyati «Samarqand yozuvi» yoki «So`g`d milliy 
yozuvi» nomi bilan yuritiladigan yozuvda bitilgan. Kushonlar imperiyasida 


69 
(milodiy I-II asrlar) oid tangalardagi yozuvlar ham So`g`dcha bo`lgan. Mug` 
tog`idan topilgan So`g`d arxivi xujjatlari va ularning mazmuni. 1932-yilning 
bahorida Tojikistonning Zaxmatobod tumanida (hozirgi Ayniy) Xayrobod 
qishlog`i yaqinidagi Qolgan Mug` nomli tepalik yonbag`rida cho`pon Jo`rali 
Mahmudali o`g`li qo`ylarni o`tlatib yurganida, qal`adan noma`lum yozuvda 
bitilgan xatni topib oladi. Cho`pon qishloqqa qaytgach xatni mahalliy savodxon 
kishilarga ko`rsatadi. Lekin xatni hech kim o`qiy olmaydi. Voqeadan xabardor 
bo`lgan Zahmatobod tumani partiya rahbari A. Pulodiy - xatni Dushanbe shahriga 
jo`natadi. U yerda xatni FA Tojikiston bazasining ilmiy kotibi A. Ivasilev
ko`radi. Undan fotonusxa olib qo‗lyozmani maxsus xatjildda Leningrad 
(hozirgi Sank-Peterburg) shahridagi Sharqshunoslik institutiga-so`g`d yozuvidan 
xabardor olim A.A.Freymanga jo`natadi.
Shu yili kuzda Mug`da qazish ishlari boshlab yuborildi. Qazishmalar 
natijasida 400 ga yaqin ashyoviy dalillar topildi, qal`a arxitekturasi o`rganib 
izoxlandi, avval topilganlari bilan birga 80 dona yozma yodgorlik tekstlari qo`lga 
kiritildi. bulardan 74 tasi qadimgi so‗g‗d, 1 donasi arab, 3 nafari Xitoy va 1 tasi 
Turk tilidadir. Ular har xil materialga: charmga, taxtaga va qog‗ozga yozilgan. 
Hujjatlar sug‗d dehqoni va podshosi Devashtig (708-722yy.) va yirik 
mansabdorning (Framandar), shuningdek Xoxsar hamda Kshtut dehqonlarining 
shaxsiy arxiviga tegishli bo‗lib, Sug‗dning VIII asrning birinchi choragidagi 
iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o‗rganishda muhim manba rolini o‗ynaydi. 
Bu yerdan topilgan so`g`d yozuvi yodgorliklari uchun ishlatilgan materiallar yozuv 
taraqqiyotini o`rganishda muhim manbadir. So`g`d yozuvi va Markaziy Osiyo 
yozuvlarining eng qadimiylari metall predmetlari yuzasidan bizgacha yetib kelgan. 
Ularda xatning shaklan eng sodda turlaridan tortib, yuksak kursiv husnixat 
shakllarigacha mavjud. So`g`d yozuvining keyingi namunalari ko`pincha ipakdek 
nafis va pishiq «xitoy» qog`oziga bitilgan. Bundan tashqari Samarqand
qog`ozi ham keng tarqalgan bo`lib, lekin tadqiqotchilar fikricha VII-VIII asrlarda 
bu yerda qog`oz ishlab chiqarish qiyin bo`lganligi uchun qog`oz yetishmagan
va juda qimmat turgan. Shu sababli ko`pincha xo`jalik xisobi ishlarida kundalik 
extiyojlar uchun qog`oz bilan bir qatorda yog`och ham keng qo`llanilgan. Yog`och 
- toldan yasalgan tayoqchalar bo`lib (uzunligi 0,5m va undan ortiq) ularning
po`stlog`i shilingan, ko`pincha uzunasiga ikkiga bo`lib ishlatilgan. Yog`ochning 
bo`rtik va tekis yuzalariga yozilavergan. Mug` xujjatlarining 30 ga yaqini shu
kabi tol yog`ochlariga yozilgan.
Xujjatlarning bir qanchasi esa charmga yozilgan. Ularning saqlanish darajasi 
har xil. Bulardan tashqari so`g`d yozuvining qator namunalari sopol parchalarida, 
idishlarning sirtida, toshda yetib kelganki ularning tarixiy va madaniy
jixatidan ahamiyati beqiyosdir.


70 
Mug`dan topilgan epigrafik yodgorliklar o`sha paytda So`g`dning xo`jalik 
ishlari, bir qator yuridik xujjatlar, arab noibining xatlari, Devashtich qo`zg`oloni 
haqidadir.
Bizga ma`lumki, Devashtich qo`zg`oloni bostirilgach, dastlab u avf
etildi, keyinchalik Arbinjon degan yerda 722 milodiy yilda dorga osib
o`ldiriladi. Bu haqda so‗g‗d yozuvidagi ma‘lumotlar olimlar tomonidan
o`qilgan va nashr qilingan bo‗lib, juda yomon, charmning ko`p yerini qurt yegan, 
chirigan, yozuvlari bir qadar o`chib ketgan holda saqlangan. Bular orasida
Devashtichning milodiy 710-718-yillarda arab xalifasi noibiga yozgan maxsus 
xati bo‟lgan. Unda 710-yilda
G‗urak tomonidan taxtdan chetlatilgan, o`zini o`ldirgan So`g`d podshosi 
Tarxunning bolalariga homiy bo`lishni noibdan iltimos qilingan edi. Bu hol arab 
istilosi davrida So`g`dda taxt uchun kurash ham davom etganini ko`rsatsa
ajab emas. Aslida Devashtich Tarxunning ikki o`g`liga homiy bo`lgan va taxtning 
vorisi deb ana shu ikki bolani bilgan. Shuning uchun 710-yildan boshlab So`g`d 
podshosi hisoblangan Tarxunning akasi G‗urakning hayot bo`lishiga qaramay
Devashtich ham o`zini Panjikent hokimi, So`g`d podshosi deb e`lon qilgan. 
Arablar siyosati natijasida, ko`pchilik zodagonlar arablar tomoniga o`tgan. So`g`d 
podshosi G‗urak ham Devashtichning taxtga da`vosidan va xalq orasida 
boshlangan qo`zg`olondan qo`rqib arablar tomoniga o`tib ketgan.
Mug‗ 
qal‘asidan 
topilgan 
hujjatlar 
A.A.Freyman, 
A.V.Vasilev, 
I.YU.Kryuchkovskiy, M.N.Bogolyubov, V.A.Livshis hamda O.I.Smirnovlar 
tomonidan chuqur o‗rganilgan. 
Mug‗ hujjatlarining topilish tarixi va ular haqidagi dastlabki ma‘lumotlar 
1934-yilda maxsus to‗plam shaklida («Sogdiyskiy sbornik», Sankt-Peterburg 1934 
y) e‘lon qilindi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I.Yu.Kryuchkovskiy va 
A.A.Freyman tomonidan 30-yillari e‘lon qilindi. Yuridik hujjatlar hamda 
maktublar topilmasi, zarur tadqiqotlar bilan 1962 yilda V.A.Lishik tomonidan chop 
etildi. 
1961 va 1965 yillarda O‗zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya 
oliygohi ekspeditsiyasi Afrosiyob (Samarqand) VII asrga oid Saroy xarobalarini 
ochdilar. Saroy mehmonxonasining devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan 
bezatilgan bo‗lib, ular orasida oq kiyim kiygan Chog‗oniyon elchisining saroyi 
ham bor. Uning tagida sug‗d tilida o‗n olti satrdan iborat ishonch yorlig‗i ham 
yozib qo‗yilgan. 
Muhim hujjatlar sug‗diylarning Qozog‗iston, Qirg‗iziston hamda Sharqiy 
Turkistondagi savdo koloniyalaridan ham topilgan. Bular ayniqsa A.Stayn 
tarafidan 1907 yilda Dunxuan (Xitoyning Gansu viloyatida) va Turfonda (Sharqiy 
Turkiston) topilgan hujjatlar, Talas daryosining o‗ng sohiliga hozirgi Talas 


71 
shahridan 7-8 km. shimolida joylashgan Kulonsoy hamda Teraksoy daralarida 
qoya toshlarga o‗yib bitilgan yozuvlar alohida e‘tiborga ega. Bu yozuvlar IV-XI 
asrlarda Sug‗d koloniyalarning ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa O‗rta Osiyo bilan 
Sharq mamlakatlari o‗rtasidagi savdo aloqalari va bunda sug‗diylarning roli haqida 
qimmatli ma‘lumot beradi. 
So‗g‗d yozma yodgorliklari yurtimiz tarixini o‟rganishda muhim manba
hisoblanib, qadimgi davlatlar, ularning boshqaruv tizimi, qo‗shni davlatlar bilan 
aloqalari, ajdodlarimiz hayoti, turmush tarzi, xo‗jalik hayoti to‗g‗risida qimmatli
ma‟lumotlar saqlangan. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə