O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Arab tilidagi manbalar. 
Madoniy.
Abulhasan Ali Ibn Muhammad al-Madoniy (840 yilda vafot 
etgan) yirik arab tarixchisi. Arabiston, Xuroson va O‗rta Osiyoning VII-VIII asr 
boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga oid ikki yuzdan ortiq asar yozgan. Jumladan, 
«Kitob al-mag‗ozi» asarida O‗rta Osiyoning arab istilosi va VIII asrning birinchi 
yarmidagi siyosiy tarixi bo‗yicha muhim manbalardan hisoblanadi. 


74 
Al-Ya‟qubiy
IX asrda o‗tgan yirik geograf va tarixchi olim. Al-
Ya‘qubiyning ikki yirik va muhim asari bizning zamonamizgacha yetib kelgan. 
Biri «Kitob al-buldon» (Mamlakatlar haqida kitob), ikkinchisi esa «Tarix» nomi 
bilan mashhur. 
Al-Ya‘qubiyning ikkinchi asari («Tarix») umumiy tarix tilida yozilgan 
bo‗lib, sharq mamlakatlarida, shuningdek O‗rta Osiyoni VII-IX asrlardagi tarixi 
bo‗yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi. 
1990-1991 yillarda o‗zbek xalqi hayotida moddiy jihatdan ancha qiyin 
kechgan bo‗lsada, ammo nuqtai-nazardan juda barkamol bo‗ldi. 
«Qur‟oni karim»
ulomo Alouddin Mansur tomonidan zamonaviy o‗zbek tiliga o‗girildi. 
Ma‘lumki, Qur‘oni Karim Olloh Subhanahu va taolo janob payg‗ambarimiz 
Muhammad Alayhis-salomga tushirilgan vahiylar to‗plamidir. Vahiylar deganda 
Olloh taoloning payg‗ambarimizga jo‗natgan diniy ko‗rsatmalari tushuniladi. 
Qur‘oni Karim samoviy kitoblarning oxirgisidir. Yigirma uch yil ichida nozil 
qilingan bu shohiy kitobda 114 ta sura bo‗lib, har bir sura u yoki undan ko‗p 
oyatlardan tashkil topgan. Bu oyatlarda Olloh taolo olamdagi eng kichik 
zarralardan tortib, bo‗lgan va bo‗lajak tarixiy voqea va hodisalar to‗g‗risida janob 
payg‗ambarimizga xabar bergan. Qur‘oni Karimda tilga olingan voqea va hodisalar 
ko‗p va xilma-xil bo‗lishidan tashqari ba‘zan bitta masala xususida bir qancha 
suralarning bir qancha oyatlarida so‗z yuritiladi, bu esa Qur‘oni Karimni to‗liq 
yoddan bilmagan musulmon birodarimizga biroz qiyinchilik tug‗diradi, chunki 
ma‘lum masala to‗g‗risida so‗z yuritgan oyatni o‗qigan, bu to‗g‗rida Yana bironta 
oyat bormikan deb taraddudlanib qolishadi. To‗g‗ri har bir ziyoli musulmon 
Qur‘oni Karimni yoddan bilishi zarur, lekin hammaning xotirasi birdek o‗tkir 
emas. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə