O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Ibn Havqal
. (vafoti 976 y.)
 
U o‗z davrining ko‗zga ko‗ringan yirik
geograf olimi va sayyohi bo‗lgan. Olimning to‗la ismi Abulqosim ibn Havqal
an-Nasibiy bo‗lib, nisbasiga ko‗ra Shimoliy Mesopotamiyada joylashgan 
Nisibin shahridan chiqqan. Ibn Havqal 943 yildan boshlab savdogar sifatida turli 
mamlakatlar Markaziy Afrika, Ispaniya, Italiya, Eron, Hindiston bo‗ylab sayohat 
qilgan. U Istaxriy bilan shaxsan uchrashgan. Uchrashuv vaqtida Istaxriy go‗yoki 
undan o‗z asaridagi xato va chalkashliklarni xalos qilish va kaytadan ishlashni 
iltimos qilgan. ―Men, deb yozadi Ibn Havqal, uning kitobidagi bir emas, bir 
necha xaritalarni tuzatdim, so‗ngra ushbu o‗z kitobimni yozishga qaror qildim. 
Istaxriy kitobida uchragan xatolarni tuzatdim, kitobimga bir nechta (yangi) 
xaritalarni ilova qildim va ularni izohlab berdim.‖


83 
Ibn Havqalning asari ―Kitob ul-masolik va-l-mamolik‖ (―Yo‗llar va 
mamlakatlar haqida kitob‖) yoki qisqacha ―Kitob surat al-arz‖ (―Yerning
surati‖) nomi bilan mashhur bo‗lib, Hamadoniylardan Sayfulla Ali I ga (945-
967 y.) bag‗ishlangan. Uni yozishda muallif sayohatlari vaqtida to‗plagan, 
savdogarlardan so‗rab-surishtirib yiqqan materiallardan hamda Ibn Xurdodbeh, al-
Jayhoniy, Qudama asarlaridan foydalangan. Kitobda tavsiflangan har bir
mamlakat va viloyatning xaritasi ham berilgan. Masalan, Movarounnahr qismiga 
ilova qilingan xaritada Jayhun (Amudaryo), Buxoro, Samarqand, Usrushana 
(O‗ratepa), Ispijob (Sayram), shosh va Xorazm shaharlari va viloyatlari 
tasvirlangan. Asarda turkiy va g‗uzzlar, ularning mashg‗uloti, shuningdek,
Movarounnahr shaharlari, xalqlari xususida keltirilgan ma‘lumotlar nihoyatda 
qimmatlidir.
―Kitob ul-masolik va-l-mamolik‖ asarining arabcha matni ikki marta M.YA. 
de Gue (1878) hamda Kramers tarafidan (1938-1939) chop etilgan. Kramers nashri 
(u 1086 yili ko‗chirilgan va hozir Istambul kutubxonalaridan birida saqlanayotgan 
mo‗‘tabar qo‗lyozmaga asoslangan) birmuncha nashr sifatida qadrlanadi.
Ibn Xurdadbeh
. Abulqosim Ubaydulloh Xurdadbeh (820 – taxminan 913 
y.) asli Eronlik, otasi IX asr boshlarida Tabariston hokimi bo‗lgan, Ibn Xurdadbeh 
Bog‗dodda o‗qigan va keng ma‘lumot olgan. U geografiya, metereologiya, tarix 
kabi ilmlardan atroflicha xabardor bo‗lgan. 
Ibn Xurdadbeh turli mavzularda 10 ga yaqin asar bitgan. Ulardan eng 
muhimi «Kitob masolik ul-mamolik» (Yo‗llar va mamlakatlar haqida kitob) bo‗lib, 
846 yilda yozib tugallangan. Asarning faqat qisqartirilgan tahriri bizgacha yetib 
kelgan va de Gus tomonidan 1889 yilda chop etilgan. Ruscha tarjimasi (tarjimon 
Noila Velixanova) 1986 yili Bokuda chop etilgan. 
Kitobda Arab xalifaligi qo‗l ostidagi mamlakatlar (shaharlar, ularga 
boriladigan yo‗llar, shaharlar va mamlakatlar orasidagi masofa, aholidan 
undiradigan soliq va jarimalar miqdori) qisqa, lekin qimmatli ma‘lumotlar 
keltirilgan. Ayniqsa, qadimiy Sug‗d shaharlaridan Kushoniya (Samarqand atrofida 
joylashgan), Samarqand, Usrushana, Shahriston, Qadimgi Shosh, Islijob (sayram) 
shaharlari va ularga olib boriladigan yo‗llar, Movaraunahr shaharlarida aholi 
o‗rtasida muomalada bo‗lgan pul birligi, Nuh ibn Asad va Ahmad ibn Asad (819-
869yy.) davrida So‗g‗d va Farg‗onani umumiy ahvoli, Movaraunahr va Farg‗onada 
IX asrda istiqomat qilgan turkiy xalqlar haqidagi ma‘lumotlar benihoyat 
qimmatlidir. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə