O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112
Narshaxiy (899-956 yy.). 
To‗liq ismi: Abu Bakr Muhammad ibn Jafar ibn 
Zakariyo ibn Hattob ibn Sharik. 


90 
«Buxoro tarixi»ni O‗rta Osiyoning yerli xalqlari tomonidan qachonlardir 
yozilib, endi o‗tmish asrlar sahifalarini yoritish uchun xizmat qilib kelayotgan 
nodir yozma yodgorliklarning eng qadimiylaridan biridir deyilsa, xato qilinmagan 
bo‗ladi. Bundan 1000 yil muqaddam O‗rta Osiyoning o‗zida o‗z farzandi qo‗li 
bilan yozilib, tugal bir asar holida bizning kunlargacha yetib kelgan boshqa tarixiy 
manba hozir bizga ma‘lum emas. Shuning uchun ham «Buxoro tarixi»ni O‗rta 
Osiyo xalqlari manbashunoslik fanidagi eng dastlabki asarlaridan biri deb 
hisoblanadi. 
Bu asar asosan O‗rta Osiyoda arablar istilosi natijasida islom dinining 
tarqalishi (VIII asr) va undan bevosita oldingi davrlar hamda IX-XI asrlardagi 
Buxoro va unga yaqin qishloqlar xalqlarining iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, siyosiy 
tarixiga oid muhim ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan va bu hol «Buxoro tarixi»ning 
qimmatli bosh manba sifatida tarix fanida zo‗r shuhrat topishiga asos bo‗lgan. 
Asarning hozirgi davrgacha yetib kelishi tarixi boshqa qo‗lyozma 
manbalardan ko‗ra boshqacharoq bo‗lib, uni o‗rganishdan avval bu haqda 
qisqacha ma‘lumotga ega bo‗lib olish, unda keltirilgan ma‘lumotlardan to‗g‗ri 
foydalanish uchun albatta zaruriydir. «Buxoro tarixi» asarini Narshaxiy 943-944 
yillarda arab tilida yozgan. Hozirda Narshaxiyning nomi O‗rta Osiyoning VIII-XII 
asrlar tarixiga oid deyarli barcha ilmiy tadqiqot ishlarida tilga olinadi-yu, ammo 
uning hayotiga oid biror to‗liq ma‘lumot keltirmaydi. Bunga sabab, uning o‗z 
asarida ham o‗sha yaqin davrlarda yashagan maulliflar asarlarida ham shunday 
ma‘lumotlarning keltirilmaganligidir. Faqat Samoniyning «Kitob al-aisob» asarida 
uning to‗la nomi Abu Bakr Muhammad ibn Jafar ibn Zakariyo ibn Hattob ibn 
Sharik ekanligi va u Buxoro ahlidan bo‗lib, 899 yilda tug‗ilib, 959 yilda vafoti 
eslatiladi. 
«Buxoro tarixi» asarining Narshaxiy yozgan arabcha nusxasi saqlanmagan. 
Asar 1128 yil Farg‗onalik (uning Quva shahridan) Abunasr Ahmad ibn 
Muhammad ibn Nasr al-Kubaviy tarafidan birinchi bor qisqartirilib, fors tiliga 
tarjima qilingan. Oradan taxminan 50 yil o‗tgach (1178 y.) asar Muhammad ibn 
Zufar ibn Umar tomonidan ikkinchi marta tahrir etilgan. Shuni ham aytish kerakki, 
asarning bizgacha yetib kelgan nusxalarida 1178-1220 yillar voqealari ham 
qisqacha bayon etilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari 
uchinchi marta noma‘lum muharrir tomnidan tahrir qilingan bo‗lishi kerak. 
«Buxoro tarixi» O‗rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi, bu yerda 
islom dinining tarqalishi hamda mamlakatning Samoniylar hukmronligi yillaridagi 
tarixi bayon etilgan. Asarning forsiycha matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda 
Parij, Buxoro va Tehronda chop etilgan. Asar rus, ingliz va o‗zbek tillariga (1897, 
1954, 1966 yillarda) ham tarjima qilingan. 


91 
«Buxoro tarixi» 36 bobdan iborat bo‗lib, ba‘zilarning nomlanishi 
quyidagicha: 
IV bob. Buxoro va unga qo‗shiladigan joylar. 
VIII bob. Buxoro arkining bino etilishi haqida. 
XIII bob. Buxoro va uning atrofidagi yerlardagi anhorlar. 
XIX bob. Qutayba ibn Muslimning hukmronligi va Buxoroning fath etilishi. 
Movaraunahrinng arab va ajam o‗rtasidagi taqsimlanishi. 
XXVIII bob. Somoniylar hukmronligining boshlanishi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə