O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112
Ibn Miskavayxdir. 
Uning to‗la nomi Abu Ahmad ibn Muhammad ibn
Mushkuya (vaf. 1030 y.) bir vaqtlar Buvayhiylar (932-1062) saroyida avval 
xazinador, so‗ngra vazir bo‗lib xizmat qilgan. ―Kitob tajorib ul-ulum‖
(―Xalqlarning tajribalari haqida‖) asari muallifi.
―Kitob tajorib ul-ulum‖ asari olti jilddan iborat bo‗lib, unda musulmon 
mamlakatlarining qadim zamonlardan 983 yilgacha tarixini o‗z ichiga oladi. 
Kitobning 1-4- jildlari kompilyatsiya, ya‘ni avval o‗tgan tarixchilar, asosan 
Tabariyning ―Tarixi ar-rusul va-l-muluk‖ asari asosida yozilgan. Uning 5-6-
jildlari esa muallifning o‗zi yaratgan va IX asr tarixi bo‗yicha muhim
manbalardan biri hisoblanadi. Unda o‗z davri rasmiy hujjatlaridan keng 
foydalangan.
―Kitob tajorib ul-ulum‖ning Amedroz hamda Margolius (1920-1921) va 
Kaetani (1909-1917) tarafidan amalga oshirilgan ikkita to‗la nashri mavjud.
Abu Nasr Utbiy
. Abu Nasr Utbiy (taxm. 961-1022 yoki 1036 y.) aslida 
Eronning Ray shahridan bo‗lib, badavlat va nufuzli zodagon xonadoniga 
mansubdir. Olimning xonadoni badavlat va nufuzli zodagonlardan bo‗lib, uning
tog‗alari Somoniylarning vaziri sifatida xizmat qilishgan.
Abu Nasr Muhammad Utbiy ham yuqori davlat lavozimlarida turgan
Somoniylarning Xurosondagi noibi Abu Ali ibn Simjur (989-998 yy.),
so‗ngra Ziyoriylardan Shams ul-Maoliy Qobus ibn Vushmagir (998-1030
yy.)ning shaxsiy kotibi, keyinchalik G‗aznaviylardan Sabuktakin (977-997
yy.), Sulton Mahmud (998-1030 yy.) hamda Sulton Mas‘ud (1031-1041 yy.) 
saroyida xizmat qilgan. Masalan, Utbiy Sulton Mahmudning elchisi sifatida (999 
y.) Gurjistonga borgan, keyin Ganj rustakda sohib barid bo‗lib ishlagan va
1023 yili Sulton Mahmudning amri bilan xizmatdan chetlatilgan. 
Manbalarda, xususan al Saolobiy asarlarida aytilishicha, al-Utbiy bir necha 
yirik asarlar yozgan. Lekin ulardan faqat bittasi – «Tarixi Yamaniy» (Yaminiy 
tarixi) nomi bilan mashhur bo‗lgan tarixiy asarigina saqlanib qolingan.
«Tarixi Yaminiy» amir Sabuktagin hamda Sulton Mahmud zamonida 
G‗aznaviylar imperiyasi tarkibiga kirgan Afg‗oniston, Xuroson, Xorazm va qisman 
Movaraunhrning 975-1021 yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. Asarda 


92 
Qoraxoniylarning Movaraunhrni bosib olishi (992-996 y.) haqidagi keltirilgan 
ma‘lumot benihoyat qimmatlidir. 
Asarda hukmron feodal tabaqaning maqsadi va manfaatlari hikoya qilinadi, 
xususan, Sulton Mahmud va uning yaqinlari ko‗klarga ko‗tarib maqtaladi. Shuning 
bilan birga olim beto‗xtov davom etgan feodal urushlar, feodal zulm, turli-tuman 
soliq va jarimalar tufayli xonavayron bo‗lgan mehnatkash xalqning og‗ir 
turmushiga ham to‗xtalib o‗tadi. 
―Tarixi Yaminiy‖ asarining arabcha matni 1874 yili Dehli, 1874 yili 
Buloq va 1883 yili Lohur shaharlarida chop etilgan. Undan ayrim parchalar 
K.SHefer, T.Nyoldeke, G.Elliot va N.Douson tomonidan fransuz, nemis va ingliz 
tillariga tarjima qilingan. Kitobning forscha tarjimalari bo‗lib, eng yaxshisi
Abu SHarif Nosih al-Jorbozaqoniy qalamiga mansub. Bu tarjima Eronda 1856, 
1956 va 1966 yillari chop etilgan. Asarni Londonda 1858 yili Reynolds ingliz 
tiliga tarjima qilgan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə