O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112
al-Muqaddasiydir. 
―Ahsan at-taqosim‖ yoki ―Ahsan at-taqosim fi ma‘rifat
al-aqolim‖ (―Iqlimlarni o‗rganishuchun eng yaxshi qo‗llanma‖) nomli asar 
muallifi, X asrning yirik geograf olimi. Uning to‗liq ismi Abu Abdulloh 
Muhammad ibn Ahmad ibn Abubakr al-Muqaddasiydir. Olim 947 yili Quddisi 


84 
sharifda tug‗ilgan, butun dunyo musulmon mamlakatlari bo‗ylab sayohat
qilgan va 1000 yili vafot etgan.
Al-Muqaddasiy sayohat vaqtida to‗plagan hamda boshqa manbalardan 
olingan aniq ma‘lumotlar asosida 985 yili o‗zining qimmatli asarini yozib 
qoldirgan. Kitobning ikkita tahriri mavjud. Birinchi tahriri 986 yilda amalga 
oshirilgan bo‗lib Somoniylarga, 989 yilgi ikkinchisi esa Fotimiylarga 
bag‗ishlangan.
Asar muqaddima va ikki qismdan iborat. Muqaddimada muallif asarning 
yozilish tartibini bayon etgan va o‗zidan avval o‗tgan geograf olimlarning 
asarlariga to‗xtalib o‗tgan. Birinchi qismda arab mamlakatlari, Arabiston yarim
orolida joylashgan mamlakatlar Iroq, Mesopotamiya, Suriya, Misr, Mag‗rib 
hamda Kichik Osiyoning geografik holati, mashhur shaharlari, osori atiqalari, 
aholisi va uning mashg‗uloti, e‘tiqodi hamda urf-odatlari, aholidan to‗planadigan 
soliq va jarimalar va ularning umumiy hajmi, shuningdek, har bir mamlakat va 
viloyatning ma‘muriy tuzulishi hamda mashhur kishilari haqida ma‘lumot 
berilgan. Ikkinchi qismda Ajam mamlakatlari Xuroson, Seiston va
Movarounnahr tavsiflangan. Ahsan at-taqosim‖ ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy hamda
madaniy hayotga oid qimmatli aniq ma‘lumotlari bilan boshqa geografik 
asarlardan ajralib turadi va arab mamlakatlari, shuningdek, O‗zbekistonning
ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy tarixini o‗rganishda muim manba bo‗ladi.
Asarning arabcha matni de Gue tomnidan 1877 yili chop etilgan edi. U yana 
1906 va 1967 yillari nashr etildi.
as-Saolibiy.
O‗z davrining yirik olimi va shoiri Abu Mansur
Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy. U 961 yili Nishopurda 
tug‗ilgan, ilm-fanning turli sohalari tarix, adabiyot, mantiq, arab tili va
boshqalarni yaxshi bilgan, asosan tulki terisidan po‗stin tikib sotish bilan 
shug‗ullangan va as-Saolibiy degan nom bilan mashhur bo‗lgan. Olim Eron va
O‗zbekistonning taliy shaharlari Jurjon, Marv, G‗azni, Buxoro, Xorazmda
turgan va ularning madaniy hamda ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan yaqindan 
tanish bo‗lib, 1038 yili Nishoparda vafot etgan.
As-Saolibiy ellikka yaqin asar yozgan bo‗lib, O‗zbekiston xalqlarining
X-XI asrdagi tarixi va madaniy hayotini o‗rganishda ‖Yatimat ad-dahr‖
hamda ―Kitob al-g‗urar‖ asarlari alohida ahamiyat kasb etadi. ‖Yatimat ad-dahr‖ 
(995-1000 yillari yozilgan) O‗zbekiston, xususan Marv va Buxoroning X 
asrdagi adabiy muhitini o‗rganishda asosiy manbalardan biridir. ―Kitob al-g‗urar‖ 
yoki ―G‗urar axbor muluk ul-furs va siyaruxum‖ (―Eron podshohlarining tarixi va
ularning hayoti‖) nomli asar G‗aznaviylarning Xurosondagi noibi Abu Muzaffar 
Nasr ibn Nosuriddin (1020 yili vafot etgan)ning topshirig‗i bilan yozilgan muhim 
tarixiy asardir. ‖Yatimat ad-dahr‖ning arabcha matni 1883 va 1947 yillarda


85 
Bayrut va Qohirada chop etilgan. Uning O‗zbekistonning X asrdagi adabiy 
muhitidan baxs yurituvchi to‗rtinchi qismi o‗zbek tiliga Ismatulla Abdullaev
tomonidan tarjima qilinib, 1976 yili Toshkentda chop etilgan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə