O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112
Ibn al-Faqih
. ―Kitob axbor ul-buldon‖ (―Mamlakatlar haqida xabarlar‖ asari 
bilan mashhur bo‗lgan tarixchi olim. Uning to‗la ismi Abubakr Ahmad ibn 
Muhammad al-Hamadoniydir. Ushbu asaridan (taxminan 903 yili yozilgan) 
ma‘lum bo‗lishicha, u xalifalardan al-Mo‗‘tadid (892-902 y.) va al-Muqtafiy (902-
908 y.)lar bilan zamondosh bo‗lgan. ―Kitob al-fihrist‖ muallifining so‗zlariga 
qaraganda, Ibn al-Faqih o‗z zamonasining atoqli adiblaridan bo‗lib, naql-rivoyat va 
adabiyotni yaxshi bilgan.
―Kitob axbor ul-buldon‖ asari siyosat, tarix va madaniy hayotga oid 
materiallarga boydir. Ibn al-Faqihning ayniqsa yirik shaharlar, Balx, Samarqand va 
boshqalar haqida keltirgan ma‘lumotlari nihoyatda qimmatlidir.
―Kitob axbor ul-buldon‖ning Ali ibn Ja‘far ash-SHayzoriy tarafidan 
bajarilgan (1022 y.) qisqa tahriri de Gue tomonidan 1885 yili Leydenda
chop etilgan. Ushbu asarning mo‗‘tabar qo‗lyozmasi, aniqrog‗i uning ikkinchi 
qismi, 1923 yili Mashhaddagi (Eron) Imom Rizo masjidi kutubxonasidan topildi. 
Unda Eron va Movarounnahrning iqtisodiy va tarixiy geografiyasiga oid
diqqatga sazovor ma‘lumotlar bor.
Tabariy
yirik ensiklopedist olim Abu Ja‘far ibn Jarir at-Tabariy (839-
923yy.) Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul shahrida tug‗ilgan va 
umrining ko‗p qismini Bog‗dodda o‗tkazib, o‗sha yerda vafot etgan. Lekin 
xalifaliklarning ko‗pgina shaharlarini aylanib chiqqan, birmuncha vaqt Ray, Basra, 
Kufa, Suriya va Misrda turgan. 
Tabariy o‗z davrining keng ma‘lumotli kishilaridan bo‗lib, ilohiyot, hadis, 
tafsir («Qur‘on» oyatlarini izohlash), fiqh (musulmon qonunchiligi) hamda tarix 
kabi ilmlarni chuqur egallagan. Tabariy bu sohalar bo‗yicha 10 dan ortiq kitob 
yozib qoldirgan, musulmon qonunshunoslari orasida mavjud bo‗lgan ixtiloflar 


80 
bayon etilgan «Kitob ixtilof al-fuqaho» (Faqihlar o‗rtasidagi ixtiloflar to‗g‗risidagi 
kitob), «Qur‘on» oyatlari sharhiga bag‗ishlanib 30 jilddan iborat «Jome‘ al-bayon 
al-tavil al Qur‘on» (Qur‘on so‗zlari ma‘nosining keng bayoni majmuasi) va 
nihoyat «Tarix al-rusul val-a-muluk» (Payg‗ambarlar, podsholar tarixi) shular 
jumlasidandir. «Tarix al-rusul val-a-muluk» umumiy tarix tilida yozilgan asar. 
Lekin mukammalligi va faktik materialga boyligi bilan boshqa asarlardan tamoman 
ajralib qilib turadi. Asarda olamning «Yaratilishi»dan to 912-913 yillarga qadar 
Arabiston, Rum (Kichik Osiyo), Eron va Arab xalifaligi asoratiga tushib qolgan 
mamlakatlarda, shuningdek O‗rta Osiyoda bo‗lib o‗tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar 
hikoya qilinadi. Voqealar yilma-yil, xronologik tarzda bayon qilingan. Bu 
asarlardan foydalanishni ko‗p jihatdan qulaylashtirgan albatta. 
Tabariy mazkur asarini yozishda yahudiy va xristianlarning naql-rivoyatlari, 
Sosoniylar (224-651yy.) solnomasi «Xvaday nomak» (Podshohnoma), «Kitob ul-
mag‗oziy» (Urushlar haqidagi kitob), al-Madoniyning «Tarix al-xulafo» (Xalifalar 
tarixi), Ibn Tayfurning (919-893yy.) «Tarixi Bag‗dod» (Bag‗dod tarixi) kabi 
asarlardan keng foydalangan. Lekin, u ko‗p hollarda ayniqsa, asarning qadimiy 
tarixiga bag‗ishlangan qismlarida boshqa manbalardan olingan fakt va 
ma‘lumotlardan mulohazasiz va tekshirmay foydalangan. 
Qisqasi, «Tarix-ar-rusul va-l-muluk» musulmon mamlakatlari, shuningdek 
O‗rta Osiyoning VIII-IX asr tarixi bo‗yicha asosiy manbalar hisoblanadi. Mazkur 
asarning arabcha ikki xil tahriri bo‗lgan, lekin bizning davrimizgacha uning 
qisqartilgan tahririgina yetib kelgan va Gollandiyalik sharqshunos M.YA. de Gus 
tarafidan 1879-1901 yillarda 15 jild qilib nashr etilgan. 
«Tarix al-rusul val-a-muluk» ning forsiycha tahriri ham bo‗lib, u Somoniy 
Abu Solih Mansur ibn Nuhning (961-976yy.) vaziri, atoqli ilm-fan homiysi al-
Balamiy tomnidan 963 yilda yozilgan. Ushbu asarning forsiy, turkcha hamda eski 
o‗zbekcha tarjimalari ham bo‗lib, qo‗lyozma nusxalari Peterburg va Toshkent 
kutubxonalarida saqlanmoqda. Bal‘amiy tahririning matni to‗la tarzda Lakxnav, 
Kanpurda (1874, 1896, 1916 y.) va Tehronda (1962, 1967 y.) chop qilingan. 
―Tarixi ar-rusul va-l-muluk‖ asarining qo‗lyozma nusxalari MDH, Angliya, 
Turkiya, Eron va Hindiston kutubxonalarida saqlanadi. Toshkentda, Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida arab tilidan to‗rtta mo‗tabar 
qo‗lyozmalari va o‗zbek va uyg‗ur tillaridagi tarjimalari mavjud. Qisqartirilgan 
ruscha tarjima tarjimon V.I.Belyaev) 1987 yili Toshkentda ―Istoriya Tabari‖ ya‘ni 
―Tabariy tarixi‖ nomi bilan chop etildi.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə