O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Abulfaraj Qudama. 
―Kitob ul-xiroj va san‘at al-kitoba‖
 
asari muallifi,
filolog va geograf olimdir. Uning to‗la ismi Abulfaraj ibn Ja‘far Qudama al-
Basriy al-Bag‗dodiy (vaf.922-948 y.). U yuasraoik aslzoda bo‗lib, avval nasroniy 
bo‗lgan, saroy xizmatiga qabul qilingandan keyin xalifa al-Muqtafiyning ta‘siri 
ostida islom dinini qabul qilgan. Dastlab ma‘muriy mahkamalardan birida
(majlis az-zimam) xizmat qilgan, umrining oxirida esa aloqalar devoniga (devoni 


82 
sohib barid) boshchilik qilgan. Abulfaraj Qudama 928 yili ―Kitob ul-xiroj va
san‘at al-kitoba‖ (―Xiroj undirish va maktublar yozish san‘ati haqida kitob‖) 
nomli ikki jildlik (8 qismdan iborat) asar yozgan. Mazkur asar arab
xalifaligining ma‘muriy bo‗linishi, xalifalikka tobe bo‗lgan mamlakatlar
o‗rtasidagi aloqa xizmati, soliq va moliya tizimining umumiy ahvoli haqida 
qimmatli ma‘lumot beradi. ―Kitob ul-xiroj va san‘at al-kitoba‖ asarida
Movarounnahrning geografik holati va uning turkiy zabon aholisi haqida ham
muhim daliliy ma‘lumotlarni uchratamiz. Kitobning faqat ikkinchi jildigina
saqlanib qolgan. Uning ayrim parchalari frantsuzcha tarjimasi bilan M.YA. de
Gue tarafidan 1889 yili chop etilgan.
Istahriy.
IX asrning ikkinchi yarmi va X asrning birinchi choragida o‗tgan 
sayyoh va yirik geograf olim. To‗la ismi: Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-
Forsiy Istahriy (850-934yy.) Eronning Istaxr shahridan chiqqan, Istaxriy ko‗p 
o‗qigan, 915 yildan boshlab Eron, Suriya, Misr va Mag‗rib bo‗ylab sayohat qilgan. 
Mana shu sayohat davrida to‗plangan boy faktik material va zamondoshi Abu 
Zayd Ahmad ibn Sahl al-Balxiyning (850-934yy.) «Suvar al-aqomiy» (Iqlimlar 
sur‘ati) kitobi asosida 930-933 yillari o‗zining «Kitob masolik ul-mamolik» 
(Mamlakatlarga boriladigan yo‗llar haqida kitob) nomli qimmatli asarini yozgan. 
«Masolik ul-mamolik» 20 bobdan iborat geografik asar. Unda musulmon 
mamlakatlari (Arabiston, Mag‗rib, Misr, Suriya, Iroq, Eron, Movaraunahr), 
shuningdek Hindistonning chegaralari, iqlimi, ma‘muriy bo‗linishi, ularga olib 
boriladigan yo‗llar, aholisi va uning mashg‗uloti, mashhur kishilari, savdo-sotiq va 
boshqa masalalar bayon qilingan. ―Kitob masolik ul-mamolik‖ asarining asl matni 
uch marta 1870, 1927 va 1967 yillari Leydenda chop etilgan. U Abulmahosin 
Muhammad ibn Sa‘d ibn Muhammad an-Naxchivoniy tarafidan XVI asrning
ikkinchi yarmida fors tiliga tarjima qilingan, qo‗lyozma nusxalari Sankt-
Peterburg va Toshkentda saqdanmoqda.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə