O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


Abu Abdulloh Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Abu Abdulloh Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy
. X asrda o‗tgan mashhur 
filolog va fan tarixchisi. Uning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma‘lumotlar kam. 
Uning faqat Somoniy Nuh II ibn Mansurning (976-999 yy.) vaziri al-Utbiy qo‗lida 
dabir bo‗lib xizmat qilgan va asosan Nishopurda istiqomat qilib, fan tarixi va 
davlat idoralari uchun muhim qo‗llanma bo‗lgan «Mafotik ul-ulum» (Ilmlarning 
kaliti) nomli muhim asar yozib qoldirganligi ma‘lum. «Mafotik ul-ilm» (976-
991yy. yozilgan) o‗ziga xos izohli terminologik lug‗at bo‗lib, ikki qismdan iborat. 
Asardan O‗rta Osiyo haqida, xususan, bu yerda amalda bo‗lgan sug‗orish 
o‗lchovlari haqida muhim ma‘lumotlar ham bor. ―Mafotix ul-ulum‖ 976-991
yillar orasida yozilgan o‗ziga xos izohli terminologik lug‗at bo‗lib, ikki
qismdan iboratdir. Birinchi qism olti bobodan iborat bo‗lib, unda shariat
bilan bog‗liq ilmlar fiqh, aqidalar, grammatika, idora ishlarini yuritish tartibi, 
she‘riyat va tarix to‗g‗risida ma‘lumotlar keltirilgan. Ikkinchi qism to‗qqiz
bobdan iborat bo‗lib, u ajam, ya‘ni arab bo‗lmagan xalqlar yunonlar,
suriyaliklar, forslar, hindlar va boshqa xalqlar orasida taraqqiy etgan ilmlar –
falsafa, mantiq, tibb, arifmetika, handasa-geometriya, falakiyot-astronomiya, 
mexanika, musiqa va kimiyo fanlarini o‗z ichiga oladi.
Asarda yurtimiz haqida, xususan bu yerda amalda bo‗lgan sug‗orish 
o‗lchovlari haqida muhim ma‘lumotlar ham bor. ―Mafotix ul-ulum‖ islomiy 
jamoatchilik, xususan V.V.Bartold, I.YU.Krachkrvskiy, S.L.Volin, van Flotenning 
yuksak bahosiga sazovor bo‗lgan. Uning arabcha matni 1895 yili van Floten 
tomonidan, ayrim parchalar tarjimasi S.L.Volin tomonidan 1939 yili nashr 
qilingan. Toshkentda bu asarni R.M.Bahodirov tadqiq etib, maxsus kitob yozgan.
Abu Rayhon Beruniy
. Tabiiy va ijtimoiy fanlarning ko‗pgina sohalari 
bo‗yicha 150 dan ortiq asar yozib qoldirgan buyuk ensiklopedist olim. Abu 
Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning poytaxti Kat shahrida tug‗ilgan. 
Beruniy 17 yoshligidayoq Katda mustaqil astronomik kuzatishlar olib bordi. 995 y. 
Beruniy hayotida og‗ir damlar boshlandi. O‗sha yili Samoniylarga qarshi fitna 
ko‗targan Abu Ali Simjoriyning ukasi amir Abulqosim Jurjonni bosib oldi. 
Natijada, Somoniylar bilan ittifoqdosh bo‗lgan Kat hokimi, uning saroyida xizmat 
qilgan Beruniyning hayoti xavf ostida qoladi. Abu Rayhon Beruniy majburiy 
tarzda G‗aznaga olib ketiladi va umrining oxirigacha (1448 y. 11 dekabr) o‗sha 
yerda istiqomat qildi. 
Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy Sharq tafakkur 
olamining o‗ziga xos yo‗nalishini ochib berdi va insoniyat tarixi, uning vujudga 
kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlarga aniqlik kiritdi.


86 
Turli ziddiyatli qarashlarni butun moxiyati bilan o‗rganib, unga o‗ziga xos
yondashib, mavjud qarashlarni keskin tarzda boyitib, uning o‗zanini 
o‗zgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Beruniy olamning yaralishi, insonning 
vujudga kelishi, xalqlarning taraqiyot bosqichlari, tarixiy voqealar, tabiiy 
xodisalar, ularning moxiyatini ilmiy asosda o‗rganish maktabini yaratdi.
Ushbu maktab bugun moxiyat-e‘tibori bilan dastlab Sharq, keyinchalik G‗arb
falsafiy tafakkurining tamal toshini qo‗ydi.
Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli barcha yo‗nalishlari bo‗yicha
buyuk kashfiyotlar qilgan qomusiy olimdir. Alloma zamondoshlari iborasi bilan 
aytganda ―qo‗li hech qachon yozishdan to‗xtamagan, nigohi muttasil kuzatish bilan 
band bo‗lgan, qalbi esa fikrlashga mudom qanot bog‗lab turgan‖ olim bo‗lgan.
O‗rta asr arab sayyohi va geografi Yoqut Hamaviyning shahodat berishicha, 
Beruniyning falakiyot, mantiq, falsafa va tarixga oid asarlari ro‗yxati mayda 
yozuvda 60 varaqni tashkil etgan. Uning turli bilim sohalariga oid
asarlarining tiklangan ro‗yxati hozir turli hajmdagi 150 risolaga yaqin. Shundan 
qariyb 30 ta asari saqlanib bizgacha yetib kelgan.
Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari ―Al- osor al-boqiya an al 
qurun al-holiya‖-―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asari bo‗lib, uni
Jurjonda 27 yoshida yozgan (390/1000 yilda). Beruniyning bu yirik tadqiqoti 
o‗zbek 
sharqshunosligida 
―Osor 
ul-boqiya‖, 
Yevropa 
mamlakatlarida 
―Xronologiya‖ nomlari bilan mashhurdir.
Ushbu asarda olim Yaqin va O‗rta Sharq, shuningdek, Markaziy
Osiyoda istiqomat qilgan xalqlar haqida, jumdadan yunonlar, rumliklar,
eroniylar, so‗g‗diylar, xarroniylar (yulduzga topinuvchilar), kibtiylar, xristianlar, 
yahudiylar, islomgacha bo‗lgan arablar va musulmonlarning yil hisoblari, hayitlari 
va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab bergan. Unda juda ko‗p tarixiy voqeyalar, 
turli millat va dinlarga oid muhim ma‘lumotlar, payg‗ambarlar va soxta
payg‗ambarlar, podshohlar, mashhur tarixiy shaxslar va olimlar haqida ham 
axborotlar berilganki, ularning aksariyati mavjud adabiyotlarda uchramaydi.
Beruniy ―Osor ul boqiya‖ kitobida qadimiy sharq xalqlari-arablar, 
suriyaliklar, yahudiylar, eroniylar, sug‗dlar, xorazmliklar va shu zamonda 
yashagan boshqa xalqlarning turmush qoidalari, urf-odatlari, yil sanoqlari, 
bayramlar va marosimlar, xullas nimaiki xalq hayotiga oid bo‗lsa, shuning 
hammasini ilmiy asosda tadqiq etadi. ―Osor ul boqiya‖ni O‗rta Osiyo, Eron, Yaqin 
Sharq mamlakatlaridagi xalqlar etnografiyasi, tarixi, ijtimoiy tafakkuri
bo‗yicha mukammal qomus deb atasak xato qilmaymiz.
Sharq tarixi falsafasining o‗ziga xosligi shundaki, unda turli davrlarda xukm 
surgan podsholiklar va ularning sulolalari tarixiy davr sifatida qabul qilinadi va ana 
shu davrda yuz bergan barcha voqealar, ma‘naviy-axloqiy mezonlar, madaniy va 


87 
ijtimoiy taraqqiyot bevosita ana shu podsholiklar va ularning sulolalari yurgizgan 
siyosat asosida o‗rganiladi. Beruniy ham ana shu tartibotdan unumli foydalangan. 
U o‗zining «Osor al-boqiya» deb nomlangan asarida turli davrlarda xukm
surgan podsholiklar va sulolalarning ko‗pdan-ko‗p jadvallarini kiritgan:
Makedoniyalik batlimuslar (ptolemeylar), rum, xristian, qadimgi Eron,
sosoniylar sulolasi podshoxlari, arab xalifalari (ummaviylar va abbosiylar)
kabilarning o‗z davriga xos shajaraviy-tarixiy jadvalini yaratdi. Ular o‗ta aniq
va ishonchli manbalardan olingan bo‗lib, podshoxlarning xukmronlik qilgan 
davrlari deyarli to‗g‗ri ko‗rsatilgan. Ular boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish
natijasida to‗la isbot etilganligi bilan aloxida ajralib turadi. Beruniyning ushbu 
asari insoniyat tarixini o‗rganuvchi mutaxassislar, tarixchilar, sotsiologlar,
faylasuflar, etnograflar va demograflar uchun muxim manba bo‗lib xizmat 
qilmoqda. 
Atoqli manbashunos Ismatulla Abdullayev Beruniyiing «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor al-boqiya») asari xususida fikr yuritar 
ekan, alloma o‗z davrining ijtimoiy muxiti, kishilik tarixiy taraqqiyoti,
xalqlar, urf-odatlar, madaniyatlar va olamni anglash borasidagi qarama-qarshi
fikrlarni ancha chuqur egallaganligini bayon etadi. Jumladan, Beruniy yunonlar
rumliklar, eroniylar, sug‗diylar, xorazmliklar, xarroniylar (yulduzga topinuvchilar), 
kibtiylar, xristianlar, yaxudiylar, islomgacha bo‗lgan arablar va
musulmonlarning vaqt o‗lchovlari, yil xisoblari, bayramlari va muqaddas 
kunlarini ijtimoiy-tarixiy, madaniy va ma‘rifiy jixatdan ancha chuqur o‗rgangan. 
Bu insoniyat tarixini bevosita falsafiy o‗rganish, mantiqiy xulosalar chiqarishga 
asos bo‗lgan.
Beruniy insoniyat tarixini juda chuqur o‗rganish bilan birga, uni turli
afsonalardan, rivoyatlardan tozalab, real tarixiy jarayonga real va ilmiy 
yondashish tamoyillarini ilgari suradi. Tarixni falsafiy tadqiq etish tamoyili
shuni taqozo etadiki, u xar qanday ilmiy tushunchalar, turli manbalar va tarixiy 
dalillarni to‗g‗ridan-to‗ri qabul qilmaydi. Ularning xar biriga tafakkur orqali
yondashib, tarix xaqiqatini tiklash bilan birga voqea-xodisalarning mantiqiy 
rivoji orqali tarix moxiyatini, mazmunini va yaxlit falsafasini vujudga keltiradi.
Beruniy tarixiy manbalar ustida ishlar ekan, u xar bir manbaga mutlaq 
xaqiqat sifatida qaramaydi. Xaqiqat ichidan xaqiqat izlaydi va shu yo‗l bilan tarix 
xaqiqatini tiklashga intiladi. Natijada biz «to ularning barchasini bilish vaqti 
kelgunicha bayon etishdan to‗xtadik, chunki shubxani aniq va noma‘lumini 
ma‘lumga qo‗shish biz yurgan yo‗lga loyiq emas», - degan qat‘iy xulosaga keladi.
Uning tasavvuricha, xar qanday tarixiy asar xech kimda shubxa
uyg‗otmasligi, u mutlaq xaqiqatga tayanmog‗i lozim.


88 
Beruniy xalqlar tarixini, ularning turmush tarzi va xayot an‘analarini 
o‗rganar ekan, xar qanday manbaga aloxida e‘tibor bilan qaraydi. Ularni 
chog‗ishtirish yo‗lidan boradi. Tarixiy muddatlar, davrlarni qiyosiy tarzda 
o‗rganib, xar tomonlama mukammal va asosli dalillarni to‗playdi. Uning
o‗ziga xos katta yutuqlaridan biri shundaki, xar bir tarixiy voqelikka turdosh 
fanlar imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga xarakat qiladi.
―Osor ul boqiya‖ ya‘ni ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asarining 
arab tilidagi birinchi nusxasi dastlab nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau 
(1845-1930) tomonidan 1878 yili Leypsigda chop etilgan. 1879 yilda Zaxau uni 
inglizcha tarjimasini Londonda nashr etadi. Ammo Zaxau nashriyotlari XVII-
XVIII asrlarda ko‗chirilgan qo‗lyozmalar asosida amalga oshirilgan bo‗lib, bu 
qo‗lyozmalarda ko‗p tushib qolgan joylar bor edi. 1912 yilda asarning ikkita ancha 
qadimgi qo‗lyozmasi topildi. Ulardan bittasi Tehrondagi rus diplomatik 
vakolatxonasining vakili L.Bogdanov tomonidan qo‗lga kiritilgan bo‗lib, hozirda 
Rossiya FAning Sankt Peterburgdagi bo‗limida saqlanmoqda. Ikkinchi qo‗lyozma 
Istambulda topilgan va Istambul xalq kutubxonasida saqlanmoqda. XX asrning 70 
yillarida asarning Mashhad qo‗lyozmasi ham mavjudligi aniqlangan, va
buning mikrofilmi beruniyshunos P.G.Bulgakov tomonidan Toshkentga olib
kelingan. ―Osorul boqiya‖ birinchi marta o‗zbek tiliga olim Abdufattoh Rasulov 
tomonidan tarjima qilindi va 1968 yili Toshkentda chop etildi. 
Abu Rayhon Beruniy G‗azna shahrida yana bir yirik, qomusiy asarni 
yozadi. 1018-1025 yillar mobaynida yozib tugallangan asarining nomi ―Aholi 
yashaydigan joylar orasidagi masofalarni aniqlash uchun(kerakli) o‗rinlarning 
chegaralarini belgilash‖ bo‗lib, fan olamida qisqartirilib ―Geodeziya‖deyiladi. Yer 
o‗lchash to‗g‗risida bayon etuvchi ushbu asarda Beruniy vatani bo‗lmish Xorazm 
zaminining paydo bo‗lishi to‗g‗risida hikoya qiladi: ―Jayhun daryosi katta qoyalar 
orasidan o‗tib bu yerda ko‗l tashkil qilgan edi. Jayhun daryosining loyqasi ko‗p, 
suvi mo‗l, oqimi tez bo‗lgan. Sekin sekin daryo mansabida yer paydo bo‗la 
boshlagan. So‗ng u yer bora-bora quruqlikka aylangan. Ko‗l chekinib borib oxiri 
Xorazm yeri suv ostidan butunlay ochilagan‖. 
O‗rta asr tarixchilarining ma‘lumotlariga ko‗ra Abu Rayhon Beruniy o‗z 
vatani Xorazm va uning tarixiga oid yana bir noyob asar yozgan. Ammo bu asar 
bizgacha yetib kelmagan. O‗rta asrlarning XII asridayoq yo‗qolib ketgan. U 
«Tarixiy Xorazm», «Mashahiri Xorazm» (Xorazmning mashhur kishilari) nomi 
bilan mashhur bo‗lib, G‗aznida yozilgan. Asarda Xorazmning Sulton Mahmud 
G‗aznaviy qo‗shini tomonidan bosib olinishidan (1110-1117 yy.) to Saljuqiylar 
xurujigacha (1043 y.) o‗tgan davr ichidagi ijtimoiy-siyosiy tarixdan bahs yuritiladi. 
Ushbu asarni Beruniyning zamondoshi va salafi tarixchi Abul Fazl Bayhaqiy (995-
1077) o‗zining ―Tarixi Mas‘udiy‖kitobida ―Mushohiri Xorazm‖ (―Xorazmning 


89 
mashhur kishilari ‖) nomi bilan yuritadi. Arab olimi Yoqut ham Beruniyning shu 
asaridan parchalar keltirgan.
Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari ichida eng yiriklaridan yana biri 
uning ―Hindiston‖ asaridir. Hind olimlari, ayniqsa Javaharlal Neru Beruniyning 
ushbu kitobiga juda yuqori baho bergan. Sharqshunos olim V.Rozen Beruniyning 
―Hindiston‖ asarini Sharq va G‗arbdagi qadimgi va o‗rta asr kitoblari orasida tengi 
yo‗q asar,-deb baholagani bejiz emas. Nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau 
Beruniyni ―U arab adabiyoti okeanida yagona qoyadir. Hindistonshunoslikda 
Beruniyga teng keladigan kishini na ilgari va na so‗nggi vaqtlarda o‗tganini 
bilmaymiz‖, deya e‘tirof etgan.
Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashxur bo‗lgan 
«Tahqiq molil hind min maʼkula maq-bula fil-aql av marzula», ya‘ni «Hindlarning
aqlga sig‗adigan va sig‗maydigan ta‘limotlarini aniqlash» deb nomlangan
asarida bayon etilgan betakror ilmiy g‗oyalar odam va olam xaqidagi 
tasavvurlarni keskin o‗zgartirib yubordi. Bu asar butun moxiyati bilan tarix 
falsafasining o‗ziga xos va noyob ko‗rinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, uning 
omillari va moxiyati dunyoviy tafakkur orqali tadqiq etildi va kutilmagan 
xulosalar ilmiy asoslangan xolda o‗rtaga tashlandi.
Asarning o‗ziga xos tarixiy, ilmiy va falsafiy qadriyati shundaki, u hamon 
jaxon xalqlari tarixini o‗rganishda muxim manba bo‗lib xizmat qilmoqda va tarix 
falsafasi taraqqiyotida, tarixni falsafiy anglash jarayonida zabt etib bo‗lmas chuqqi 
darajasiga chiqdi. Darxaqiqat, bu asarga Mag‗ribu Mashriq olimlari, yirik 
mutaxassislari doimo qiziqish bilan qaraydilar. Uni juda katta extiros bilan
o‗qiydilar.
Shuning uchun ham taniqli olim V. R. Rozen «Sharq va G‗arbning qadimgi 
va o‗rta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo‗q», degan 
edi.
Beruniy mamlakat taraqqiyoti ilm-fanning ravnaqiga ko‗p jihatdan bog‗liq 
ekanligini yaxshi tushungan. Shu sababli butun hayoti davomida ilm-fan 
tadqiqotlari bilan shug‗ullanar ekan, ayni vaqtda bu sohadagi ilg‗or g‗oyalarni 
keng targ‗ib qilishga ham alohida e‘tibor bergan. U o‗zining ―Hindiston‖ asarida 
bu haqda ―Mening fikru yodim, butun qalbim ilm-fanni targ‗ib qilishga qaratilgan. 
Men bilim orttirishdek lazzatdan bahramand bo‗ldim, buni men ulkan baxt deb 
hisoblayman‖, deb ta‘kidlagan edi. 
Abu Rayhon Beruniyning «Kitob fi axborot al-mubayyizod val-karomita» 
(Oq kiyimlilar va karomatlarning xabarlari haqida kitob) asari ham alohida 
qimmatga ega. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə