O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112
Al-Idrisiy.
O‗z davrining mashhur sayyohi va geograf olimi. ―Nuzhat al-
mushtoq‖ yoki ―Nuzhat al-mushtoq fi xtirak ul-ofoq‖ (―Jahon bo‗ylab kezib 
holdan toyganning ovunchog‗i‖) nomli asarni yaratgan. Uning to‗la ismi Abu
Abdulloh Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Idris al-Idrisiydir.
Al-Idrisiy 1100 yili Marokashning Seut shahrida tug‗ilgan, Ispaniyaning 
Kordova shahrida ta‘lim olgan, Portugaliya, Fransiya, Angliya va Kichik
Osiyo bo‗ylab qilgan safaridan qaytgach, 1138 yili Palermo shahriga ko‗chib
keldi va Sitsiliya qiroli Rojer II (1130-1154 yy.) xizmatiga kirib uning
topshirig‗i bilan
o‗zining ―Nuzhat al-mushtoq‖ asarini yozgan. Olim 1165 yili vafot etgan. 
―Nuzhat al-mushtoq‖ yetti iqlim mamlakatlarining, ya‘ni dunyoning geografik 
holatidan baxs yuritadi. Uning ayniqsa SHimoliy Afrika, Italiya, Fransiya, 
Germaniya shuningdek Markaziy Osiyoga oid qismlari qimmatlidir. Kitobning 
matni 1592 yili Rimda chop etilgan. Lotincha tarjimasi 1619 yili Parijda bosilgan.
Abu Said Gardiziy
. XI asrning birinchi yarmida o‗tgan yirik tarixchi olim. 
To‗la ismi: Abu Said Abdulhay ibn Zalhon ibn Mahmud Gardiziy. U o‗z 
zamonasida unga bunchalik zo‗r shuhrat keltirgan narsa uning «Zayn ul-axbor» 
(Tarixchilar bezagi) nomli katta kitobi bo‗ldi. Asar 1049-1050 yillar orasida yozib 
tamomlangan va G‗aznaviylardan Sulton Abdurashidga (1049-1053 yy.) taqdim 
etilgan. 
Gardiziy o‗zining «Zayn ul-axbor» asarida rumliklarning madaniyati, turli 
xalqlarning diniy marosimlari va yil hisoblari, O‗rta Osiyoning turkiy aholisi, 
Hindiston haqida degan boblardan iborat. Asarda turli xalqlarning (musulmonlar, 
yahudiylar, nasriylar, hindlar) diniy marosimlari va yil hisoblari hamda Hindiston 
haqidagi boblari Abu Rayhon Beruniy asarlari, O‗rta Osiyoning turkiy aholisi 


93 
haqidagi bobi esa qisman ibn Xurdodbek Jayhoniy hamda Muqaddas asarlariga 
tayanib yozilgan. 
Abu Said Gardiziyning ushbu asari Xuroson va O‗rta Osiyoning arablar 
istilosidan to XI asrning o‗rtalarigacha bo‗lgan siyosiy tarixini o‗rganishda muhim 
o‗rin tutadi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə