O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


Madoiniy Abulhasan Ali ibn Muhammad



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112
Madoiniy Abulhasan Ali ibn Muhammad
(vaf. 840 y.) Arabiston,
Xuroson va Movarounnahrning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy
tarixiga oid ikki yuzdan ziyod asar yozgan yirik arab tarixchi olimidir. 
―Axbor al-xulafo‖(―Xalifalar haqida xabarlar‖), ―Kitob al-mag‗oziy‖ (―Urushlar 
haqida kitob‖), ―Kitob futuh ash-Shom‖ (―Shomning bosib olinishi haqida 
kitob‖), ―Tarix al-buldon‖ (―Mamlakatlar tarixi‖) ana shu asarlar jumlasidandir. 
―Kitob al-mag‗oziy‖ Eron, Afg‗oniston va O‗zbekistonning arablar istilosi va
VIII asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarixi bo‗yicha muhim manbalardan 
hisoblanadi. Muarrifning tarixiy asarlari bizgacha yetib kelmagan, lekin ayrim 
parchalari Balazuriy va Tabariy asarlarida saqdanib qolgan.
al-Yaqubiy. 
IX asrda o‗tgan yirik geograf tarixchi olimdir. Ismi Abulabbos
Ahmad ibn Abu Yaqub ibn Ja‘far ibn Vahb ibn Vadih al-Kotib al-Abbosiy 
bo‗lib, u yirik mansabdor honadoniga mansubdur. Al-Yaqubiy Bag‗dodda tug‗ildi,
lekin umrining ko‗p qismini Armaniston, Xuroson, Falastin, Misr va 
Mag‗ribda o‗tkazdi.
Al-Yaqubiyning ikki yirik va muhim asari bizning zamonamizgacha
yetib kelgan. Biri ―Kitob al-buldon‖ (―Mamlakatlar haqida kitob‖), ikkinchisi
esa ―Tarix‖ nomi bilan mashhurdir.


79 
‖Kitob al-buldon‖ (taxminan 891 yilda yozilgan) to‗rt qismdan iborat. 
Asarda arablar qo‗l ostidagi mamlakatlarning geografik holati, yirik shaharlar va 
qal‘alari, aholisi va uning asosiy mashg‗uloti, urf-odatlari, o‗sha mamlakatdan 
olinadigan xirojning umumiy miqdori haqida qimmatli ma‘lumotlar keltiriladi. 
Ushbu asarning ikki mo‗tabar qo‗lyozmasi G‗arbiy Germaniya 
kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashhur 
sharqshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop 
etilgan. Al-Yaqubiyning ikkinchi asari ―Tarix‖ umumiy tarix tipida yozilgan 
bo‗lib, SHarq mamlakatlari, shuningdek O‗rta Osiyoning VII-IX asrlardagi tarixi 
bo‗yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi. Asar ikki qismdan iborat
bo‗lib, Odam Atodan islomgacha bo‗lgan va musulmon mamlakatlari tarixlari,
ya‘ni o‗sha mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bo‗lgan voqealar bayon etilgan.
―Tarix‖ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma 
(1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə