O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/73
tarix21.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#106611
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
arxivshunoslik (1)

Arxiv hujjatlarini nashr 
etishga tayyorlash 
Hujjatlarni arxeografik jihatdan 
rasmiylashtirish 
Муаммоли савол: Айрим мавзу бўйича архив 
ҳужжатларини қандай қилиб топиш мумкин? 


80 
sanasi, turi, nomi, muallifi, kimga qarata yoki kimga nisbatan yozilgani (adresati), 
mazmuni ko’rsatiladi. 
Hujjatning oxirida «legenda», ya’ni nazorat-ma’lumotnoma yoziladi. Bu 
kismda arxivning nomi, shifri, ya’ni fond nomi, tartib raqami, ro’yxat raqami, 
yig’majild tartib raqami, jild varaklari, shuningdek hujjatning asl nusxa yoki 
ko’chirma ekanligi ko’rsatiladi. Hujjatning «legenda»si quyidagicha ko’rinishga 
ega bo’ladi: O’zR MDA, 837-fond, 2-ro’yxat, 24-yig’majild, 10-12-varaqlar. Asl 
nusxa. 
Hujjatlar to’plam ichida xronologik, mavzular bo’yicha yoki boshqa belgilar 
asosida joylashtiriladi. 
Odatda to’plam mavzularga bo’lingan bo’ladi. Hujjatlar mavzular ichida 
xronologik tartibda joylashtiriladi. 
To’plam ilmiy-ma’lumotnoma apparatida kirish, izohlar, har xil 
ko’rsatkichlar – ismlar, geografik, predmet va boshqalar, mundarija bo’ladi. 
Tayanch iboralar 
Hujjatlar to’plami
biron-bir mavzuga doir hujjatlarning alohida kitob 
shaklida nashr etilishi 
Bibliografiya
– (yunoncha «biblio» - kitob, «grafos» - yozaman) 
biron-bir mavzuga doir kitoblar, adabiyotlar 
ro’yxati 
Legenda
– hujjatning aniq manzili, ya’ni arxiv shifri hamda 
uning asl nusxa yoki ko’chirma nusxa ekanligi 
haqidagi qaydnoma 
To’plamning ilmiy-ma’lu- 
motnoma apparati
– to’plam uchun yoziladigan kirish, izohlar, ismlar 
va geografik ko’rsatkichlar, mundarija 
 
Nazorat savollari 
 
1.
Hujjatlar to’plami asosan qanday materiallar asosida tuziladi? 
2.
Nega arxeografik to’plamni tuzishdan oldin adabiyotlar bilan tanishish lozim? 
3.
Bibliografiya nima? 
4.
Arxeografik to’plam tuzishda davriy matbuot materiallaridan foydalansa 
bo’ladimi? Fikringizni asoslab bering. 
5.
Arxiv hujjatlarini yig’ishga, tanlab olishga qachon kirishish kerak? 
6.
Kokret bir mavzu bo’yicha arxiv hujjatlarini qanday qilib topish mumkin? 
7.
Arxiv hujjatlarini nashrga tayyorlash jarayonida qanday ishlar amalga 
oshiriladi? 
8.
Hujjatlarni arxeografik jihatdan rasmiylashtirish deganda nimani tushunasiz? 
9.
To’plamning ichida hujjatlar qanday joylashtiriladi? 
10.
Hujjatlar to’plamining ilmiy-ma’lumotnoma apparati haqida so’zlab bering. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə