O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/73
tarix21.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#106611
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
arxivshunoslik (1)

 
Idoraviy arxivlar 
 
Davlat arxivlar 
Муаммоли савол: Ўзбекистон архив тизими қандай 
таркибий қисмлардан иборат? 


22 
Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, 
Sirdaryo, Toshkent, Farg’ona, Xorazm viloyatlari davlat arxivlari hamda Toshkent 
shahar davlat arxivi faoliyat ko’rsatmoqda. Joylarda ularning 55 filiali mavjud. 
Viloyat arxivlarida asosan Oktyabr to’ntarishidan keyingi davrda joylardagi siyosiy 
ahvol, mintaqalar hamda viloyatlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga oid 
hujjatlar saqlanmoqda. Masalan, Farg’ona viloyat davlat arxivi fondlari Farg’ona 
viloyati va Farg’ona shahri tarixini, qisman bir vaqtlar Farg’ona viloyat tarkibiga 
kirgan Andijon va Namangan viloyatlari tarixini ham aks ettiradi. Farg’ona viloyat 
ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetining fondi (121-f.) vodiyda Sho’rolar 
hokimiyatining o’rnatilishi, ocharqilik va ishsizlikka qarshi kurash, istiqlolchilik 
harakati, ayollarni ozodlikka chiqarish kabi masalalarni yoritadi. Arxiv fondlaridagi 
hujjatlari viloyatda sanoat korxonalarining bunyod etilishi, sug’orish shoxobchalari, 
jumladan, Katta Farg’ona kanalining qurilishi, maorif va madaniyatning rivojlanishi 
haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Farg’ona viloyat davlat arxivida fotosuratlar fondi 
ham mavjud bo’lib, bu rasmlarda ishga tushirilgan korxonalar, sug’orish inshootlari, 
bunyod etilgan qasaba (posyolka) larning umumiy ko’rinishi aks ettirilgan. 
Deputatlar, faxriylar, ishlab chiqarish ilg’orlarining ham suratlari saqlanadi. 
Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida Farg’ona viloyat davlat arxivining filiallari faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi arxivlar kiradi: 
1.
O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arixivi (O’zR MDA); 
2.
O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy 
davlat arxivi; 
3.
O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi. 
Shuningdek respublika arxiv tizimida Prezident Devoni arxivi va uning 
viloyatlardagi filallari ham muhim o’rin tutadi. 
Tarixiy hujjatlarni saqlashda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi 
(O’zR MDA) yetakchi rolp o’ynaydi. Mazkur arxivda Turkiston va O’zbekiston 
tarixiga oid nodir hujjatlar jamlangan. Bu yerdagi hujjatlar asosan O’rta Osiyoning 
Rossiya tomonidan istilo qilishidan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga 
oladi. 
Turkiston viloyat harbiy gubernatori va qo’shin qo’mondoni fondi (336-f.) va 
Viloyat markazi aholisini boshqaruvchisi fondida (450-f.) 1865-1868 yillarga mansub 
hujjatlar jamlangan bo’lib, ularda Turkiston viloyatining chegaralari, ma’muriy 
tuzilishi va aholisi xususida ma’lumotlar keltiriladi. 
Turkiston general-gubernatori mahkamasi fondi (1-f.), Turkiston general-
gubernatori xuzuridagi diplomatik amaldor fondi (2-f.), Buxorodagi Rossiya siyosiy 
agentligi fondida (3-f.), Rossiyaning G’arbiy Xitoy, Afg’oniston, Eron, Xiva va 
Buxoro bilan diplomatik aloqalariga doir materiallar to’plangan. Hujjatlar Turkiston 
o’lkasi va alohida mintaqalarning ma’muriy tuzilishi haqida, shaharlar boshqaruvi va 
shahar nizomining joriy etilishi to’g’risida, madrasa va masjidlarning miqdori va 
ahvoli haqida ma’lumot beradi. 
Turkiston general-gubernatori mahakamasi fondida, Turkiston rayon muxofaza 
bo’limi fondida (461-f.), viloyatlar boshqaruvi, uyezd boshliqlari, sud orgnalari 


23 
fondlarida O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik harakati o’z aksini topgan. 1885 
yilda Farg’onada, 1910 yilda Buxoroda, 1916 yilda butun Turkiston o’lkasida ro’y 
bergan qo’zg’olon va g’alayonlar to’g’risida ma’lumotlar bor. Sanoatning 
rivojlanishi, temir yo’llarning qurilishi, qishloq xo’jaligining ahvoli haqidagi 
ma’lumotlar savdo-sanoat shirkatlari, dehqonchilik va davlat mulki boshqarmasi 
fondlarida uchraydi. Turkistonning madaniy hayoti, o’quv va madaniy-oqartuv 
muassasalari, ilmiy jamiyatlar fondlarida o’z aksini topgan. 
Xiva xoni mahkamasi fondi (1874-1917 yy; 125-f) va Buxoro amiri 
Qushbegiisi fondida (XIX asrning oxiri-1920 y; 126-f) xonliklarning siyosiy-
iqtisodiy ahvoli, milliy munosabatlar, O’rta Osiyo xalqlarining turmushi va 
madaniyati to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud. 
Fevralp inqilobidan to Oktyabrg’ to’ntarishigacha bo’lgan davr Muvaqqat 
hukumatning Turkiston komiteti hamda Ishchi soldat deputatlari O’lka Soveti 
fondlarida yoritiladi. 
Turkiston ASSR MIK, XKS va xalq komissarliklari fondlarida o’lkada sovet 
hokimiyatining o’rnatilishi, istiqlolchilik harakati va fuqarolar urushi, milliy davlat 
chegaralanishi va O’zbekiston SSR ning tashkil topishi bilan bog’liq voqyealar o’z 
aksini topgan. 
O’zR MDA da Buxoro va Xorazm xalq respublikalari markaziy va mahalliy 
muassasalarining hujjatlari (1920-1924 yy) saqlanmoqda. Ular bu respublikalardagi 
siyosiy, iqtisodiy va madaniy qurilish xususida ma’lumotlar beradi. 
Arxivda O’zbekiston SSR sovetlari syezdlari hujjatlari, O’zSSR MIK va XKS 
hujjatlari, boshqa sovet idora va muassasalarining hujjatlari ham saqlanmoqda. Bu 
hujjatlar va undan keyingi davrga mansub hujjatli materiallar O’zbekistonning butun 
sovet davridagi hayoti haqida batafsil ma’lumotlar beradi. 
O’zR MDAda shaxsiy fondlar ham keng o’rin olgan. Bu yerda P. A. Kobozev, 
D. I. Manjara, H. M. Abdullayev, J. I. Abdullaxonov, A. V. Almatinskaya, L. A. 
Abdullayev va boshqa qator partiya va davlat arboblari, fan va madaniyat 
arboblarining shaxsiy fondlari mavjud. 
Markaziy Davlat Arxivida talay arxiv kolleksiyalari ham mavjud bo’lib, ular 
orasida XIII-XVI asrlarga mansub vaqf hujjatlari kolleksiyasi diqqatga sazovordir. 
Respublika ahamiyatiga molik arxivlardan yana biri – bu O’zbekiston 
Respublikasi ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi bo’lib, u 
1962 yilda tashkil etilgan. Arxivda ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, kostruktorlik 
muassasalarining hujjatlari saqlanmoqda. Arxiv fondlarida O’zbekistonda turli 
davrlarda bunyod etilgan sanoat korxonalari, sug’orish inshootlari, ma’muriy va 
grajdan binolarining loyihalari mavjud. Kostruktorlik hujjatlari esa turli davrlarda 
yaratilgan paxta terish, to’qimachilik mashinalari va uskunalari loyihalari va boshqa 
grafik materiallardan iboratdir. Mazkur arxivda tibbiyot ilmiy-tekshirish institutlarida 
olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari ham saqlanmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi 1943 
yilda tashkil etilgan. 1959 yilda u O’zbekiston Markaziy Tarix arxivining bir 
bo’limiga aylantirildi. 1974 yildan e’tiboran yana mustaqil arxiv sifatida faoliyat 
ko’rsatib kelmoqda. Arxivda saqlanayotgan 1917 yildan oldingi davrga taalluqli 
fotosuratlarda Turkiston o’lkasidagi milliy-ozodlik va inqilobiy harakatlardan 


24 
lavhalar (1898, 1905. 1907 yy), chor Rossiyasi vakillari tomonidan o’lkaning 
boshqarilishi, ularning mahalliy aholiga bo’lgan munosabati, sud organlarining 
faoliyati, Xiva xonligi va Buxoro amirligining xalqaro aloqalari, musulmonlarning 
turmushi va diniy marosimlar o’z aksini topgan. 
Sovet davri foto- va kinohujjatlarida O’zbekistonning 74 yil davomida bosib 
o’tgan yo’li aks ettirilgan. Fonohujjatlar esa davlat va jamoat arboblari, fan, adabiyot 
va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish ilg’orlarining yozib olingan nutq va 
intervpyularidan, eski bolpsheviklar, fuqarolar urushi va ikkinchi jahon urushi 
qatnashchilarining esdaliklaridan iboratdir. Arxivda mualliflar ijrosida badiiy asarlar 
yozib olingan magnit lentalari hamda taniqli san’atkorlar va jamoalar tomonidan ijro 
etilgan kuy va qo’shiqlar audiokassetalari saqlanmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi va uning barcha 
viloyatlardagi bo’limlarida sobiq O’zkompartiya va O’zbekiston komsomoli hujjatlari 
bilan bir qatorda hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va tashkilotlar, 
jumladan Prezident Devoni, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, O’z XDP va 
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hujjatlari saqlanmoqda. 
Har bir shaxsning hayoti va faoliyati davomida uning 
ixtiyorida ma’lum hujjatlar to’planadi. Bu hujjat va 
materiallar o’sha fuqaroning shaxsiy arxivini tashkil 
etadi. Unday arxivlar garchi fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lsa-da, ularda davlat 
ahamiyatiga molik hujjatlar ham saqlanishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun 
ham bunday hujjatlar ekspertiza qilingandan so’ng O’zbekiston Milliy arxivi fondiga 
kiritiladi va bu hujjatlarning egalarining saqlanishini ta’minlashlari zarur. Shaxsiy 
arxivlardagi bunday hujjatlarni egasining roziligi bilan mulk huquqi saqlangan xolda 
davlat arxivlari, muzey va kutubxonalarda shartnoma asosida doimiy yoki depozitar 
(vaqtincha) asrovga olinishi mumkin. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda O’zbekistonda davlat, 
idoraviy va shaxsiy arxivla mavjud bo’lib, bu arxivlarda respublikamizning o’tmishi 
va hozirgi kunini o’zida aks ettirgan bebaho hujjatli manbalar saqlanmoqda. Ularni 
nes-nobud qilmasdan kelajak avlodlarga yetkazish arxiv xodimlari va barcha 
fuqarolarning muqaddas burchidir. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə