O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


архив фонди ўртасида қандай умумийлик ва



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/73
tarix21.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#106611
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73
arxivshunoslik (1)

архив фонди ўртасида қандай умумийлик ва 
тафовутлар бор? 


28 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, sotish va sotib olish mumkin emas. DAF 
hujjatlari muassasa va tashkilotlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan 
tartibda faqat vaqtincha foydalanish uchun beriladi. 
Nodavlat arxiv fondlarining hujjatlari nodavlat yuridik shaxslar – fond 
egalarining mulki hisoblanadi. 
Jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari shu shaxslarning xususiy mulkidir. 
Vafot etgan fuqarolarning hujjatlari ularning merosxo’rlari tasarrufiga o’tadi. 
Qonun bo’yicha yoki vasiyatnoma bo’yicha merosxo’rlar bo’lmasa, shuningdek 
arxivning egasini aniqlashning imkoni bo’lmasa, bu holda hujjatlar davlat mulkiga 
o’tadi. 
Davlat arxiv fondini turkumlashtirish deganda 
ularni eng muhim belgilariga qarab guruhlarga 
bo’lish tushuniladi. Hujjatlarni turkumlashtirish 
arxiv ishini to’g’ri tashkil etish hamda ulardan 
hartomonlama foydalanish uchun zarurdir. 
DAF hujjatalrining turkumlashtirish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) DAF 
hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash; 2) hujjatlarni arxiv doirasida turkumlash; 3) 
hujjatlarni arxiv fondi doirasida turkumlash. 
Birinchi bosqchida DAFning barcha hujjatlari turkumlanadi va qaysi hujjat 
qaysi arxivda saqlanishi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda har bir arxivga taalluqli 
hujjatlar turkumlanib, har bir hujjatning qaysi fondda saqlanishi aniqlanadi. Uchinchi 
bosqichda har bir fondga taalluqli hujjatlar turkumlanadi va ularning fond ichida 
saqlanish tartibi belgilanadi. 
DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash ularni davlat arxivlariga to’g’ri 
taqsimlash maqsadida amalga oshiriladi. Arxivshunoslikda hujjatlarni umumiy tarzda 
turkumlash chog’ida quyidagi asosiy belgilar hisobga olinadi: 
1.
hujjatlarning ma’lum bir davrga mansubligi
2.
hujjatlarning respublika yoki mahalliy muassasalar faoliyati bilan 
bog’liqligi; 
3.
hujjatlarning davlat va jamiyat hayotining ma’lum sohasiga mansubligi; 
4.
hujjatlarning yaratilish uslubi va texnikasi. 
Hujjatlarning tarixiy davrlarga mansubligini e’tiborga olib, ularni uch guruhga 
– 1917 yildan oldingi hujjatlar, sovet davri hujjatlari va mustaqillik davri hujjatlariga 
bo’lish mumkin. 
DAF hujjatlari turli idora va muassasalarda yaratilgan. Shuni e’tiborga olgan 
holda ularni umumdavlat (respublika) va mahalliy (viloyat, tuman va shaharlar) 
ahamiyatiga molik hujjatlar guruhiga bo’lish mumkin. Respulika idoralari hujjatlari 
markaziy davlat arxivlarida, viloyat ahamiyatiga ega hujjatlar viloyat davlat arxivlari 
va ularning filiallarida saqlanadi. 
Hujjatlarning davlat va ijtimoiy faoliyatning ayrim sohalariga mansubligi 
ularning mazmunini tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Lekin O’zbekistonda 
davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli davlat arxivlari yo’q. Boshqa 
davlatlarda bunday arxivlar mavjud. Masalan, Rossiya federasiyasida Xalq xo’jaligi 
arxivi, Xarbiy-tarixiy arxiv, Adabiyot va san’at arxivlari bor. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə