O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand Iqtisodiyot va servis instituti “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti



Yüklə 447,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix27.01.2022
ölçüsü447,29 Kb.
#83184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tijorat banki kredit portfelini optimallashtirish muammolari (1)

Markaziy bankning vakolatlari

 

Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. 



Markaziy bank Boshqaruvi quyidagi vakolatlarga ega: 

monetar siyosatning yo'nalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning 

ochiq  bozordagi operatsiyalari ko'lami, Markaziy bankning hisob va ssuda 

berishdagi foiz  stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy 

rezervlari normasini belgilaydi; 

Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi

Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal 

qiladi; 


banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek 

pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi; 

O'zbekiston Respublikasi hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va 

shartlarini tasdiqlaydi; 




banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari mikro-kredit 

tashkilotlari hamda garovxonalar uchun moliyaviy operatsiyalar o'tkazish 

qoidalarini tasdiqlaydi,  shuningdek ularga rioya etilishini ko'rib chiqadi; 

bank faoliyati bilan shug'ulanish uchun litsenziyalar berish va ularni 

chaqirib olish   to'g'risida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari, mikrokredit 

tashkilotlari va garovxonalar faoliyati, shuningdek qimmatli qog'ozlar blankalari 

ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi;  

Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; 

Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta 

tuzadi va tugatadi; 

Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi; 

Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko'rib chiqadi; 

Markaziy bankning tarkibiy bo'linmalari, muassasalari va korxonalari 

rahbarlarini tasdiqlaydi; 

Markaziy bank tarkibiy bo'linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari 

rah-barlarining hisobotlari hamda ma'ruzalarini tinglaydi; 

Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo'shatish, ularning 

mehnatiga haq  to'lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aktsiyalar 

sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi; 

Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko'rib chiqadi va 

hal qiladi. 

Shuningdek, “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi 

Qonuniga  muvofiq Markaziy bank Markaziy bank moliya-bank tizimi 

barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning 

manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari, 

mikrokredit tashkilotlari va  garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat 

qiladi, shuningdek ular tomonidan  ichki nazorat qoidalariga  hamda jinoiy 

faoliyatdan  olingan  daromadlarni   

legallashtirishga  va  terrorizmni 

moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq axborotni maxsus vakolatli davlat 




organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda  nazorat  

qiladi.  

Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini ro'yxatga oladi, 

shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar 

beradi, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, garovxonalar faoliyatini va 

qimmatli qog'ozlar   blankalari ishlab chikarishni litsenziyalaydi. 

Markaziy bank Banklarni davlat ro'yxatiga olish daftari, kredit 

uyushmalari,  mikrokredit  tashkilotlari, garovxonalarga hamda qimmatli qog'ozlar 

blankalari ishlab  chiqarishga berilgan litsenziyalar reestrini yuritadi. 

Markaziy bank: 

bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank 

statistika hisobotini yuritish,  yillik hisobotlar tuzish  yuzasidan banklar uchun 

majburiy bo'lgan qoidalarni; 

moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va 

hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari uchun 

majburiy bo'lgan qoidalarni; 

faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan garovxonalar uchun 

majburiy bo'lgan qoidalarni belgilaydi. 

Markaziy bank: 

banklar, kredit uyushmalari mikrokredit tashkilotlari va garovxona-

larning  hisoboti  va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu 

jumladan  operatsiyalari to'g'risida axborot so'rash hamda olish; 

olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish; 

banklar va kredit uyushmalarining, kredit uyushmalari va mikrokredit 

tashkilotlarining  ularning  filiallari  va  ular  bilan  uzviy bog'langan shaxslarning, 

shuningdek garovxonalarning faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan 

sanktsiyalar qo'llash; 

banklarning ichki auditiga doir talablarni belgilash; 




bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo'yicha ko'rilishi mumkin 

bo'lgan  zararlar o'rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir 

talablarni belgilash; 

ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari  va taomilini aniqlash; 

banklar, kredit uyushmalari mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarga 

ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to'g'risida ijro 

etilishi  majburiy bo'lgan ko'rsatmalar yuborish;   

Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, 

shu  jumladan tartib va uslubiyotlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek 

ulardan  bank auditi bilan bog'liq har qanday ma'lumotlarni bevosita olishga haqli. 

Markaziy bank maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda banklar, 

kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar uchun majburiy 

bo'lgan ichki  nazorat qoidalarini  tasdiqlaydi.    

Markaziy  bank  banklar  uchun  majburiy  bo'lgan  iqtisodiy 

normativlarni,shu jumladan: 

kapitalning monandlik koeffitsientini; 

bir qarz  oluvchi yoki bir-biriga  dahldor qarz  oluvchilar  guruhiga 

tavakkalchilikning eng ko'p miqdorini; 

yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko'p miqdorini; 

likvidlilik koeffitsientlarini; 

aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday  

tasniflar  asosida  bankning  operatsiya  xarajatlari  jumlasiga  kiritiladigan 

chegirmalardan  shubhali  va  harakatsiz  qarzlarga  qarshi  tashkil  etiladigan 

zahiralarni shakllantirishni; 

qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari 

hisobvarag'iga kiritishga doir talablarni; 

ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi. 

 

 




                   1. Markaziy banki faoliyatining asoslari 

Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo`lib, mamlakatda pul-kredit 

siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.

 

Birinchi markaziy banklar bundan qariyib  uch yuz yil oldin tijorat 



banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil 

bo`lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir. 

Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII 

asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko`rsata boshlagan. AQShda Markaziy 

bank funksiyasini 12 federal rezerv  bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi. 

         O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 yilning sentabr oyidan 

sobiq SSSR davlat bankining Respublika bo`limi zaminida paydo bo`lgan. 

Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli 

mavjud: 

Birinchi yul – o`zoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi 

natijasida ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 yilda Angliyada, 1848 

yilda Fransiyada, 1874 yil Ispaniyada, 1875 yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893 

yilda Italiya Markaziy banklari tashkil bo`lishi bilan bog`liq. 

Ikkinchi yo`l – bir yo`la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil 

qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning federal banklari, 1913 yildan 

tashkil etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy 

banki va boshqalarni kiritish mumkin. 

Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda 

muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan 

yuqori kuchga ega bo`lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida 

statusga ega bo`lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib 

uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati 

chegarasidan chiqadi.

1

 



Respublikamizda Markaziy bank to`g`risidagi qonun 1995 yilni 21 dekabrda 

qabul qilinib 2002 yilda unga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan. 

                                                

 



Qonunning  3-moddasiga kura Markaziy bankning bosh maqsadi milliy 

valyutani barqarorligini ta`minlash hisoblanadi. Valyuta barqarorligi tushunchasi 

pul massasi barqarorligini, baho va milliy valyuta almashuv kursini barqarorligini 

anglatadi. 

Qonunning 6-moddasi Markaziy bankning mustaqil ekanligiga bag`ishlanib 

u quyidagilarda ko`rinadi: 

- Markaziy bank xukumatning iqtisodiy siyosati chegarasida faoliyat 

ko`rsatadi. Markaziy bank xukumat siyosatidan o`tib o`zining alohida siyosatini  

yurgizmaydi. 

- Markaziy bankning mustaqilligi unga yuklatilgan vazifalar chegarasida 

amalga oshadi. Bu mamlakatdagi pul-kredit siyosatini belgilashda, kreditlar 

bo`yicha foiz stavkalarini belgilashda, bank likvidligi nisbati, almashuv kurslarini 

belgilash bilan bog`liq boshqa ishlarda ko`rinadi. 

Markaziy bank o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta`minlash uchun 

tegishli tarkibni tashkil etadi. Qonunning 8-moddasiga binoan Markaziy bank 

Qoraqalpog`iston Respublikasining poytaxti, viloyat markazlari va Toshkent 

shahrida Bosh boshqarma va xizmat bo`limlariga ega. 

Qonunning 15-moddasiga binoan Markaziy bankning Oliy Organi bo`lib 

bank Pravleniyasi hisoblanadi. Bank Pravleniyasi 11 kishidan iborat bo`lib uning 

tarkibiga  Markaziy bank raisi, uning muovinlari va bank asosiy bo`limlari 

boshliqlari kiradi. Bank Pravleniyasining raisi bo`lib Markaziy bank Raisi 

hisoblanadi. Pravleniya a`zolari Markaziy bank raisi tavsiyasiga binoan Oliy 

Majlis kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 

Qonunning 5-moddasiga kura Markaziy bank o`z faoliyati natijalari 

bo`yicha Respublika Oliy Majlisiga bo`ysunadi. 

Oliy Majlis: 

- Respublika Prezidentining tavsiyasiga binoan Markaziy bank raisini 

tayinlaydi va vazifasidan bo`shatadi. 

- Yillik xisobat va auditor xulosasini ko`rib chiqadi. 



Qonunning 44-moddasiga binoan Markaziy bank quyidagi funksiyalarni 

bajaradi: 

1. Banknotalar (naqd pullar) emissiyasi Markaziy bankning qadimgi va 

muhim funksiyasidir. Qonunning 38-moddasiga ko`ra muomilaga naqd pullarni 

chiqarish va undan olish faqat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.  

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 6 apreldagi «Pul massasi 

oshishini chegaralash va moliyaviy intizomni ta`minlash javobgarligini oshirish 

chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni naqd  pullarni bankka o`z vaqtida qaytishini 

ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.  Respublikamizda  muomilada naqd pul 

muomilasini chegaralash maqsadida plastik kartochkalardan keng foydalanish va 

boshqa choralari ko`rilmoqda. 

2. Tijorat banklari kassa rezervlarini to`plash va saqlash. Qonunning 28-

moddasida bu holat o`z aksini topgan bo`lib minimal zaxiralar bu tijorat banklari 

resurslarining Markaziy bankda saqlanishi zarur bo`lgan qismidir. Majburiy rezerv 

miqdori tijorat bankining yig`ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. 

Minimal zahira jamg`arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o`rniga 

bog`liq  bo`lgan holda turli  mamlakatlarda turlicha.  Jumladan, Yaponiyada 

minimal  rezervlar  stavkasi 2,5%,  AQSH  da  12%,  Germaniyada  12,1%, 

Portugaliyada 17%, O`zbekistonda 2005 yildan 15%. Markaziy bank bundan pul 

muomilasini muvofiqlashtirishda foydalanadi. 

3. Oltin-valyuta zahiralarini saqlash. Bu mamlakat to`lov balansi defitsitini 

qoplash va milliy valyuta kursini barqarorligini ta`minlashda muhim ahamiyatga 

ega. 

Respublikamizda 2006 yilda oltin-valyuta zahiralari 35%ga oshib, tashqi 



savdo ijobiy qoldig`i 1,445 mlrd. AKSH dollariga yetdi va oltin-valyuta 

zaxiralarimiz respublikamizning 8 oylik importini qoplashga yetadi. 

4.  Tijorat  banklarini kreditlash.  Kredit  muassasalari depozitlarini 

markazlashuvi kredit operatsiyalarini kengaytirish uchun baza hisoblanadi. 2006 

yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan 



kreditlar 4095,4 mlrd. so`mni tashkil etdi, uning 77,8% i uzoq muddatli kreditni 

tashkil etadi. 

5. Davlat banki sifatida xukumat uchun kredit berish va hisob-kitob 

operatsiyalarini bajarish. Bu markaziy bankda xukumat tashkilotlari va 

muassasalarining hisobvaraqlarini yuritilishida, shu hisobvaraqlar orqali qimmatli 

qog`ozlar, uzoq va qisqa muddatli kreditlar, davlat obligatsiyalarini sotib olish, 

chet el valyutasi bo`yicha va boshqa operatsiyalarni amalga oshirilishi bilan 

bog`liq. Markaziy bank xukumatining fiskal (xazina) vakili vazifasiga muvofiq 

xukumat organlari hisob-varaqlarini yuritar ekan (47 modda), xukumatning moliya 

operatsiyalarini amalga oshirishda kumaklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari 

yuzasidan maslaxatlar beradi. 

6. Xisob-kitob va almashuv operatsiyalarini amalga oshirish. Qonunning 

40,43 moddalariga binoan Markaziy bank milliy valyutani chet el valyutasiga 

nisbatan kursini belgilaydi, uni almashish limitini belgilaydi, respublika xududi va 

undan tashqarida valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi. 

7. Pul-kredit siyosati. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta 

barqarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o`rnatish 

asosida  inflyatsiya  sur`atlarini  kamaytirish,  kreditdan  foydalanishning 

samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashdan iborat. 

Pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi 

bo`lib muomiladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasi va boshqa 

pul muomilasi kursatkichlarini o`zgartirishi bilan ishlab chiqarish hajmini o`sishi 

va pasayishiga moslab pul ta`minotini yo`lga kuyadi. 

Jumladan, Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2007 yilga quyidagicha 

belgilangan: 

1. Iste`mol narxlar indeksining yillik darajasi 5,7% dan oshmasligi. 

2. YAIM ni real o`sishi 7,7%. 

3. Budjet taqchilligi YAIMning 1,0% dan oshmasligi. 

4. Sof tashqi savdo aylanmasini o`sishi va uni ijobiy qoldig`i  2 mlrd. AQSH 

dollari hajmida bo`lishi. 




5. Banklardagi aholi jamg`armalarining  qoldig`i 678,3 mlrd.so`mga yetishi 

va boshqalar. 

8. Nazorat funksiyasi. Bu funksiyaga qonunning VIII-bobi 50-54 moddalari 

bag`ishlangan bo`lib, ularda tijorat banklari faoliyatining nazorati va ularni 

Markaziy bank bilan o`zaro munosabatlari aks etgan. 

         Umuman tijorat banklar faoliyati nazorati quyidagi yo`nalishlarda olib 

boriladi: 

Davlat nazorati – bank tizimidagi qonunchilik asosida, chunki hamma 

banklar, shu jumladan Markaziy bank ham qonun asosida faoliyat ko`rsatadi. 

Yuqori tashkilot nazorati, ya`ni Markaziy bank tomonidan. 

Mustaqil tashkilot tomonidan – auditorlik tashkiloti va boshqalar. 

         

O`zbekiston  Respublikasining  «Banklar  va  bank  faoliyati 

to`g`risida»gi qonunning birinchi moddasida ta`kidlanganidek «Bank – bu tijorat 

muassasasi bo`lib jismoniy va xuquqiy shaxslarning bo`sh turgan pul mablag`larini 

jalb qilish va ularni o`z nomidan to`lovlilik, muddatlilik, qaytarib berish sharti 

asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi». 

         

Tijorat  banklari  bank  tizimining  muhim  bo`g`ini  bo`lib  kredit 

resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig`iladi va bu banklar xuquqiy va 

jismoniy shaxslarga xizmatlarni ko`rsatadi. 

         O`zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy 

bankdan keyingi pog`onasi hisoblanadi. Xozirgi kunda Respublikamizda 2007 

yilni 1iyul holatiga 28 turdagi, shundan 3 ta davlat mulkiga asoslangan, 11 ta 

aksioner - tijorat, 9 ta xususiy va 5 ta chet el  sarmoyasini hissasi bilan tijorat 

banklari mavjud. 

         Respublika xududida tijorat banklari o`z faoliyatlarini Markaziy bank 

tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 

         

Banklarga  litsenziya  berish  O`zbekiston  Respublikasining 

«O`zbekiston Respublikasining  Markaziy bank to`g`risida»gi, «Banklar va bank 

faoliyati to`g`risida»gi, «Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini ximoya 




qilish to`g`risida» gi va boshqa qonunlari hamda banklar bo`yicha tegishli 

me`yoriy xujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi. 

         Tijorat banklarini tashkil qilish 1999 yilni 11 – fevralida qabul qilingan 

«Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g`risida»gi 630 – 

sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu Nizomga asosan tijorat banklari ochiq 

yoki yopiq aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. 

         Bankni davlat ro`yxatidan utkazish uchun Markaziy bank tomonidan 

belgilangan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida, filiallar 

ro`yxatga olinayotganda esa ushbu mablag`ning yarmi miqdorida xaq to`lanishi, 

ustav kapitalining 30 foizidan ortig`i xorijiy shaxslarga tegishli bo`lgan banklar va 

shu`ba banklarini ro`yxatdan o`tkazishda 5000 AQSH dollariga teng so`mmada 

xaq to`langanligini tasdiqlovchi va boshqa  xujjatlar taqdim etilishi lozim. 

         

O`zbekiston  Respublikasi  «Banklar  va  bank  faoliyati  to`g`risida»gi 

qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari, 

jamoa birlashmalari, jamoa fondi mablag`lari, shuningdek kreditga va garovga 

olingan mablag`lardan foydalanish man etiladi. 

         

«Banklarni  ro`yxaga  olish  va  ularga  litsenziya  berish  tartibi 

to`g`risida»gi Nizomga  asosan har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ulushi 

2002 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 7 foizidan 

oshmasligi kerak. Shuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida 

ishtirokiga ruxsat etilmaydi. (shu`ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Har 

bir bank o`z ustavi asosida faoliyat kursatadi. 

                   

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007  yil  7  – 

noyabrdagi «Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo`sh pul mablag`larini bank 

aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qaroriga ko`ra tijorat banklari 

o`z kapitallarini bir maromda usib borishini ta`minlash, kredit portfeli sifatini 

yaxshilash, loyihalarini moliyalashni takomillashtirish va boshqa vazifalar 

qo`yilgan. 

         Jumladan, qarorda ko`zda tutilishicha 2008 yilni 1 yanvaridan yangi 

tashkil etiladigan tijorat banklarining ustav kapitali 5 mln Yevrodan, xususiy 



banklarni ustav kapitali 2,5 mln Yevrodan kam bo`lmagan miqdorga yetkazish 

ko`zda tutilgan. 

      Banklar kapitalini ortib borishini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi 

Prezidentining 2007 yil 12 iyuldagi 670-sonli “Banklarning kapitallashuni yanada 

oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning 

ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroridan kelib chiqadi. 

         

Bank  faoliyatini  tuxtatish  va  banklarni  tugatish  «Banklar  va  bank 

faoliyati to`g`risida»gi qonun ham Markaziy bankning 240 – sonli «Banklarni 

tugatish tartibi to`g`isida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. 

         

O`z  faoliyatini  tuxtatgan bank  Markaziy bank  tomonidan banklarni 

Davlat  ro`yxatiga  olish daftaridan chiqariladi.  Uni  faoliyati tuxtatilganligi  

matbuotda e`lon qilinadi. 

 

        



Yüklə 447,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə