268
Odamlar ijtimoiy birlashmasi rivojlanishining yuqori shakli - jamoadir.
Jamoa
- bu kishilar faoliyatining umumiy maqsadga erishish yo‗lida
psixologik jipsligi va umumiy foydali motivlar bilan tavsiflanuvchi guruhidir.
Jamoaning muhim belgisi - maqsad va vazifalarning ijtimoiy ahamiyatga ega
ekanligidir. Agar bu belgi bo‗lmasa, guruh jamoa deb atalishi mumkin emas.
Faoliyat macsadiga ko‗ra:
a) kasbiy jamoalar - ishlab chiqarish jamoalari, ijodiy, harbiy, o‗quv
jamoalari;
b) ijtimoiy
tashkilotlar - kasaba uyushma, turli hil partiyalar, yoshlar
tashkilotlari;
v) ko‗ngilli jamiyatlar - ilmiy, ilmiy-tashviqot, harbiy sport tashkilotlari.
g) havaskorlik jamoalari - badiiy havaskorlik jamoalari,
kollekcionerlar jamiyati kabilar farqlanadi.
Boshqa jamoalar tizimida tutgan o‗rni va aloqalariga qarab,
birlamchi va
asosiy jamoalar ajratiladi.
Guruhlar va jamoalarda shaxs ikki hil munosabatda - xizmat yuzasidan
bo‗ladigan va shaxsiy munosabatlarda bo‗ladi. Xizmat yuzasidan bo‗ladigan
munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy
munosabatlar esa simpatiya, bog‗liqlik, do‗stlik, o‗rtoqlik, simpatiya asosida
vujudga keladi. Xizmat yuzasidan bo‗ladigan
va shaxsiy munosabatlar
shaxslararo munosabatlar tizimini tashkil etadi.
Guruh a‘zolari bir-birlariga nisbatan bir hil holatda bo‗la olmaydilar.
Guruhning har bir a‘zosi o‗zining shaxsiy va ishga taalluqli bo‗lgan sifatlariga,
o‗zining mavqeiga ko‗ra guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan
holatni egallaydi. O‗tkazilgan tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, ayrim kishilar
boshqalariga nisbatan ko‗proq obro‗ga ega bo‗ladilar. Eksperiment
ma‘lumotlariga ko‗ra, sinf jamoasida, ya‘ni 30-40 o‗quvchi ichida eng mashhur,
obro‗lisi 3-4 o‗quvchi bo‗lishi mumkin. Ularning mashhurligi nimaga bog‗liq?
Birinchidan, buning sababi o‗quvchilarning guruhning boshqa a‘zolari
bilan aloca o‗rnata olish malakalaridir.
Ikkinchidan, shaxs o‗zining bilim va malakalari tufayli, bu bilimlar bilan
o‗rtoqlashish, boshqa kishilarga beg‗araz yordam ko‗rsatishga
intilishi sababli
mashhur bo‗lishi mumkin.
Uchinchidan, tashqi ko‗rinish omili tufayli ham shaxs guruhda avtoritet
qozonishi mumkin. Bu omilga jismoniy kuch ko‗rsatkichini ham kiritish
mumkin.
Guruh yoki jamoadagi ba‘zi a‘zolar shaxsiy o‗zaro munosabatlardan chetda
qoladilar. Ular bunday aloqalar o‗rnatish uchun o‗zlariga sherik tanlaydilar.
Biroq, bu ushbu shaxs jamoa tomonidan hohlanmaydi, degan so‗z emas, bu
shaxs bilan ish yuzasidan bo‗ladigan munosabatlarga kirishadilar. Jamoadagi bu
a‘zoning shaxsiy o‗zaro munosabatlari jamoadan tashqarida yahshi o‗rnatiladi.
269
Guruhda shaxs yana shunday holatda ham bo‗lishi mumkin, bunda uni
guruhdoshlari do‗stlikda, shaxsiy munosabatlarda rad etadilar.
Guruhdagi
yakkalab qo‗yish (izolyatsiya) va rad etish sabablari ham turlicha bo‗lishi
mumkin:
Birinchidan, rad etiluvchi o‗quvchilarning o‗cishga befarc munosabatda
bo‗lishi. Ikkinchidan, ba‘zi o‗quvchilarning sinfdoshlari tomonidan rad etilishi
ular bilan bo‗ladigan muloqotning qiziqarli emasligi bilan ham tushuntiriladi.
Uchinchidan, ajralib qolganlik guruhdoshlari bilan aloqa o‗rnata olmaslikka
ham bogliq bo‗lishi mumkin.
Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy rollar nazariyasi keng o‗rin egallagan. Unga
ko‗ra har bir shaxs ijtimoiy munosabatlar sub‘ekti sifatida o‗z faoliyatida turli
ijtimoiy rollarni bajaradi. Masalan, universitet talabasi
ustozlari oldida talaba,
ota-onasi oldida farzand, akasi oldida uka, ukasi oldida aka, bobo-buvisi oldida
nevara va o‗rtoqlari oldida esa tengdosh rolida faoliyat ko‗rsatadi. Ijtimoiy rol -
ijtimoiy faoliyatning zaruriy turi, ijtimoiy munosabatlar sistemasidagi shaxsning
o‗rni bilan belgilab berilgan shaxs hatti-harakatining usulidir. Ijtimoiy rolni
bajarishda turli usullarning "shaxsiy" bo‗lish imkoniyatlari mavjud.
Guruhlar yoki jamoalarda o‗ziga boshchilik rolini oluvchi shaxs farqlanadi.
Psixologiyada bunday shaxs lider deyiladi. Lider guruhni tashkil etish va
boshqarish uchun tayinlanishi yoki belgilanishi mumkin.
Lider
quyidagi vazifalarni bajaradi:
• guruhda maqsadga erishishning usul va yo‗llarini
rejalashtirish;
• guruh a‘zolari o‗rtasida javobgarlikni taqsimlash;
• muayyan muhitni tashkil etish;
• guruh a‘zolarining faolligini oshirish.
O‗zaro munosabatlar sohasi bo‗yicha liderlarning ikki turi farqlanadi:
•
Dostları ilə paylaş: