280
Hattoki, ayrim yondashuvlarni o‗rganish esa o‗nlab yillarni taqozo etadi.
Shaxs psixologiyasi esa mazkur masalalarga javob topishga intiladi.
Ongni o‗rganish. Shaxs muammosini o‗rganishga yondashuvning bir
jihati uning ongini o‗rganishga yo‗nalganligidir. Psixologiya shaxsning ushbu
jihatini o‗rganishda tabiiy fanlarning metodlarini modifikatsiya qilish
asosida erishdi. V.Vund va boshqa psixologlar inson tabiatini o‗rganishda
tabiiy-ilmiy fanlar ta‘sirida uni insonning aqlini o‗rganishda foydalandilar.
Ushbu tadqiqotlarda psixik jarayonlar eksperimental o‗rganilgan bo‗lsa-da,
ammo ularda cheklanishlar bor edi.
Xulq-atvorni o„rganish.
20-asrning dastlabki o„n yilligida amerikalik
olim
Djon B. Uotson biologik masalalarni o‗rganishga e‘tibor qaratdi va bu
esa shaxs xulq-atvorini o‗rganishga qaratilgan bo‗lib,
Vilgelm Vundtning
qarashlariga zid edi. Uotsonning bu harakatlari bixeviorizm deb nomlandi. U
psixologiya inson tabiatining moddiy jabhalarini o‗rganishga qaratilgan
bo‗lishi kerak degan g‗oyani ilgari surdi. Uning g‗oyasicha, tashqi xulq-
atvor psixologiyaning o‗rganish asosi bo‗la oladi. Bu esa xulq-atvorni
o‗rganishga ehtiyoj tug‗diradi. Bixeviorizm
esa inson tabiatini mexanik
tasvirini o‗zida ifoda etdi. Keyinchalik bu g‗oyani Skinner boyitdi.
Shaxs psixologiyasining metodologik masalalarini boshlang‗ich bo‗g‗inidan
biri sifatida Freyd faoliyatini qayd etish mumkin. Venalik vrach Freyd
psixoanalizga asos soldi. Bu esa uning vrachlik faoliyatida emotsional
buzilishlardan aziyat chekkan insonlarni o‗rganish orqali o‗zining ilmiy
yondashuviga asos soldi. U o‗zining uzoq vaqtli
seanslari asosida uning
hayotiy to‗g‗risidagi ijodiy talqinlari taqdim etdi. Uning yondashuvi
eksperimental o‗rganishdan keskin tafovut qildi. Freydning psixoanalitik
yondashuvi inson tabiati haqidagi noyob qarashlarni ishlab chiqishga sabab
bo‗ldi.
G.Olportning xizmatlari hisobida o‗tgan asrning 30-yillariga qadar
Garvard universitetida shaxs psixologiyasi
amerika psixologiyasida bir
tizimga keltirishga erishildi. Buning uchun tadqiqot ishlari, o‗quv kurslari va
ilmiy jurnallar nashr etishga erishildi.
Shaxsni baholash metodlari. Shaxsni nazariy o‗rganish oqibatda uni
baholash metodlari shakllantrildi. Ushbu metodlar o‗zining ob‘ektivligi,
ishonchliligi va aniqligi bilan farq qiladi. Metodlar o‗z navbatida shaxsni
o‗rganish nazariyalariga muvofiqdir.
Bugungi kunda shaxsni baholashda asosiy
yondashuvlar quyidagi
tadqiqot metodlariga tayanadi:
O‗zi haqida hisob berish yoki ob‘ektiv materiallar orqali
baholash;
proektiv metodlar;
klinik intervyu;
281
xulq-atvorni baholash vositalari;
Dostları ilə paylaş: