29
ongi va bilishi- to‗g‗ridan-to‗g‗ri ma‘lumot borligi‖. O‗z
qarashini ong va
o‗z-o‗zini anglash muammosida ximoya qilib Rubenshteyn, o‗z-o‗zini
anglash o‗z ichiga, o‗z-o‗ziga munosabatni kiritadi, lekin to‗g‗ridan-to‗g‗ri
emas, balki shaxsning butun xayoti va sub‘ektning xayotiy ko‗rinishlari
vositachiligida, deb ta‘kidlaydi. Ong o‗z-o‗zinianglashdan emas, balki o‗z-
o‗zini anglash sub‘ektning aktivligidan shakillanadi. ―O‗z-o‗zini
anglash va
o‗z-o‗zini bilishning ob‘ekti ―toza‖ ong emas, balki ong insonning real
material mavjudligida aloxida , insonning o‗zi esa o‗z borlig‗ining o‗zluksiz
butunligida‖.
O‗z-o‗zini anglashni jarayon va maxsulot sifatida ajralishini U.Djems
tomonidan kiritilgan. U Men-angluvchi(I) va Men-ob‘ektkabi(Me) ajratgan.
Men-angluvchi
toza
tajriba,
o‗z-o‗zini
anglashning
protsessual
xarakteristikasi. O‗z-o‗zini anglashning
bu ikki aspektni biz faqat
nazariyasiga nisbatan avtonom sifatida tasavvur qilishimiz mumkin, chunki
ular real xolatda bir-birisiz mavjud emas.
O„z-o„zini anglash jarayon sifatida
Bilish jarayoni bir necha parametrlar ko‗rinishida ko‗rsatilishi mumkin.
K.Yasperga ko‗ra, bunday parametrlar 4ta: 1) o‗zini
aktiv shaxsiyat sifatida
anglash, 2) o‗zining birligini anglash, 3) o‗zining o‗xshashligini anglash, 4)
o‗zinig boshqa dunyodan farqliligini anglash(ob‘ektlar dunyosi va boshqa
odamlar).
O‗z-o‗zini o‗xshashligini anglash, vaqtda o‗z xaqida barqaror qarashlar
nuqtai nazaridan bu jarayonni ifodalaydi. Boshqa so‗zlar bilan, inson xayoti
davomida bo‗lib o‗tadigan o‗zgarishlar suratida, u o‗z-o‗ziga sodiq bo‗lib
qoladi. Xar doim kim bo‗lsa o‗sha ekanligini xis etgan xolda. O‗xshashlik
xisini buzilishi, o‗zini o‗tmishda ra qilishi, o‗tmish va zozir o‗rtasidagi Men
suratlarini uzilishi bilan bog‗liq. O‗zini
atrofidagi dunyodan aloxida
ekanligini anglash, Men va Men-emas tushunchasini aniq tushunilishida
namoyon buladi, o‗zining shaxsiyati o‗rtasida ko‗rinmas chegara borligini va
atrofdagi ob‘ktlarni farqini borligini xis qiladi. Chegaralarni buzilishi, o‗zini
boshqa odamlar bilan, yoki xatto jonsiz ob‘ektlar bilan taqqoslashida, xamda
yaqinlashish va uzoqlashish konfliktida namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: