O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   165
pul va banklar

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
(YeKTTB) 1990 yilning 25 mayida 
Fransiya Prezidentining tashabbusi bilan dastlab Parijda tashkil topdi. F.Mitteran 
yevroparlamentning 1989 yil 25 oktyabridagi yig‘ilishida-«Men boshqalarni ham 
roziligiga ishonib shuni aytamanki, Yevropa uchun, balki butun jahon uchun ham 
ikkinchi jahon urushidan keyin Sharqiy Yevropada nimalar bo‗layotganini, 
Yevropada nimalarga erishish mumkin?, Bundan ko‗proqga? Nima uchun 
Yevropa bankini tuzish mumkin emas» - degan edi. Bank 1991 yilni 28 martidan 
o‗z faoliyatini boshlagan.
O‗zbekiston YoKTTB ga 1992 yilning 30 aprelidan a‘zo hisoblanadi. 1994 
yilda Toshkentda bankning vakolatxonasi ochilgan. 
Bankning 
asosiy 
maqsadi 
sobiq 
sotsialistik 
mamlakatlarga 
rejali 
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‗tishga xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
tarkibiy va tarmoq islohatlarini amalga oshirish, ularni jahon hamjamiyati 
integrasiyasiga ko‗maklashish. Bankning harakat miqyosi Markaziy Yevropadan 
Markaziy Osiyogacha bo‗lgan o‗tish iqtisodiyotdagi mamlakatlar. Bankning 
yordami o‗tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarga zayom, kafolat va texnik yordam 
sifatida. Shu kabi yuqoridagi mamlakatlarning xususiy sektoriga kredit, 
mikrokredit va investitsiyalar orqali yordam ko‗rsatish. 
ETTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor munosabatlarini 
rivojlantirish va jahon iqtisodiy integraciyasini chuqurlashtirish uchun tashkil etish 
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ETTBning asosiy vazifasi Markaziy va Sharqiy 
Yevropa mamlakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali 
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‗tish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat. 
Bugungi kunda ETTB loyihalari Yevropa va Osiyoning 27 davlatida amal 
qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli o‗laroq, bank nizomiga 
asosan loyiha amalga oshirilayotgan davlatlarda ko‗p partiyaviylik, plyuralizm va 
bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal qilishi shart. 
ETTB ning investiciya loyihalari orqali: 
1. sanoatda tarkibiy islohatlar o‗tkazish; 
2. raqobat, hususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish; 
3. moliyaviy tashkilotlar faoliyati va huquqiy tizimni barqarorlashtirish; 
4. hususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo‗llab quvvatlash; 
5. korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni muhofaza 
qilish masalalari moliyalashtiriladi. 
ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi,direktorlar 
kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi ETTBning 
yuqori organi bo‗lib, bankning har bir a'zosidan ikkitadan shahsni boshqaruvchi va 
uning muovinini o‗z ichiga oladi. ETTBga a'zo mamlakatlar hohishiga qarab, bu 
shahslar istalgan vaqtda o‗zgartirilishi mumkin. 


189 
Direktorlar kengashining 23 a'zosi bo‗lib, uning ikkitasi EI va EIB tomonidan; 
6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Franciya, Gyermaniya, Italiya va Yaponiya 
tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil davlatlarga to‗g'ri keladi: 4 
tasi donor mamlakatlar, 5 tasi istisno tariqasida loyiha amalga oshirilayotgan 
mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga oshirilayotgan davlatlar 
kelishuviga ko‗ra saylanadi. 
ETTBni yig'ilishlarida ovoz berish tartibi akciyalar ulushiga qarab belgilanadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə