O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122
5-rasm 
Telomerlarning 
tuzilishi. 
Markazda xelatlangan metall ioni 
yashil rangda ko„rsatilgan.
 


[31] 
takrorlanishlaridan tashkil topgan. Bu ketma-ketliklarda yuqori miqdorda guanin 
asoslari uchraydi, ular xromosoma uchlarini stabillashtiradi, va g‘ayrioddiy 
strukturalar – G-kvadruplekslar hosil qiladi, ular o‗zaro ta‘sirda bo‗lgan ikkita emas, 
balki to‗rtta asoslardan tashkil topgan bo‗ladi. To‗rtta guanin asoslarining atomlari, 
bitta tekislikda joylashadi, asoslar o‗rtasidagi stabillashgan vodorod bog‘lari 
yordamida markazda metal ioni-ko‗pgina hollarda kaliy bilan xelatlangan plastinka 
hosil qiladi. Ushbu plastinkalar bir-birining ustiga joylashtirilgan bo‗ladi. 
Xromosomalarning uchida boshqa tuzilmalar ham paydo bo‗lishi mumkin: asoslar 
bir zanjirda yoki turli parallel zanjirlarda joylashgan bo‗lishi mumkin. Bunday 
strukturalardan tashqari
telomerlar, T-halqalar yoki telomer halqalar deb ataladigan 
halqasimon tugunli strukturalar hosil qilish xususiyatiga egadir. Bularda bir zanjirli 
DNK stabillashgan telomer oqsillari yordamida keng halqa shaklida joylashadi. T- 
tugun oxirgi uchida bir zanjirli telomer DNK ikki zanjirli DNK ga qo‗shiladi, va 
ushbu molekulada zanjirlar qo‗shilishini buzadi, va bog‘ar faqat bir zanjir bilan 
bog‘langan holda qoladi. Bunday uch zanjirli tuzilma D-tugun den ataladi, ingliz 
tilidan 
displacement loop
ma‘nosini anglatadi. 
DNK-biologik funktsiyasi.
DNK genetik ma‘lumot tashuvchisi bo‗lib, 
nukleotidlar 
ketma-ketligi 
genetik 
kod 
yordamida 
qayd 
etilgan. 
Tirik 
organizmlarning ikkita asosiy xususiyati DNK molekulalari bilan bog‘liq- irsiyat va 
o‗zgaruvchanlik. DNK replikatsiyasi jarayonida hujayralar bo‗linishi paytida qiz 
hujayralar tomonidan nasldan-naslga o‗tganda DNK zanjirning ikki nusxasi hosil 
bo‗ladi, natijada hosil bo‗lgan qiz hujayralarda irsiy ma‘lumot genetik jihatdan ota-
ona irsiy ma‘lumotiga o‗xshash bo‗ladi. Genetik ma‘lumot gen ekspressiyasi
transkripsiya- DNK matritsasida RNK molekulalarining sintezi va translyatsiya- 
RNK matritsasida oqsillarning sintezi jarayonida amalga oshiriladi. 
Nukleotidlar ketma-ketligi turli xil RNK turlari to‗g‘risidagi ma‘lumotlarni 
kodlaydi: informatsion yoki axborot- mRNA, ribosomal-rRNK va transport- tRNK. 
Ushbu turdagi RNKlarning barchasi transkripsiya jarayonida DNKdan sintezlanadi. 
Ularning oqsil biosintezidagi roli turlicha, m-RNK oqsil tarkibidagi aminokislotalar 
ketma-ketligi haqidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi, ribosomal RNK ribosomalar 


[32] 
uchun asos bo‗lib xizmat qiladi, murakkab nukleoproteinlar bo‗lib, ularning vazifasi 
m-RNK asosida aloxida olingan aminokislotalardan oqsillarni shakllantiradi, t-RNK 
aminokislotalarni oqsil shakllanadigan manzilga-ribosomalar faol markaziga 
yetkazib berishda ishtirok etadi.

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə