O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O’z o’zini nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

O’z o’zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Differensiasiyalashning iqtisodiy mazmuni va xususiyatlari
2.
Tuzilmaviy differensiasiya
3.
Tuzilmaviy-funksional differensiasiya 
4.
Funksional differensiasiya 
5.
Differensiallashuv natijasida bir turdagi tovar narxning tabaqalashuvini 
tushuntirib bering 
6.
Differensiallashuv natijasida bozordagi muvozanat holatini tushuntirib 
berning. 
7.
Oligopoliya sharoitida iste‘molchilarning o‘z-o‘zini segmentlashi qanday 
amalga oshadi? 
8.
Mahsulot va xizmatlar differensiasiyasi nima? 
9.
Differensiallash strategiyasi asosida raqobat ustunligiga erishish shartlarini 
izohlab berning. 
10.
Differensiasiya strategiyasining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat? 
11.
Differensiallash strategiyasini ishlab chiqish jarayonini tushuntirib 
bering. 


182 
12-BOB. RAQOBATNING BOZOR TAXMONLARI STRATEGIYASI 
12.1. Faoliyatning alohida iste’molchilar guruhiga ixtisoslashuvi 
12.2. Raqobatning bozor taxmonlari strategiyasi 
12.3. Iste’molchilarga yo’naltirilganlik asosida raqobat ustunligini 
yaratish 
12.1. Faoliyatning alohida iste’molchilar guruhiga ixtisoslashuvi 
Bugungi 
kunda 
korxonalarning 
ishlab 
chiqarishga 
ixtisoslashuvi, 
iste‘molchilar tanlov imkoniyatlarining ortib borishi kuchli raqobat sharoitida 
rivojlanishga asosiy to‘siqlardan biriga aylanib borishi korxonalarning asosiy 
e‘tiborini mijozlarga qaratishiga zarurat sezmoqda. Xorijiy korxonalar amaliyoti 
bugungi kunda mijozlarga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimidan samarali 
foydalanmoqdalar. P.Druker ―XX-asrda menejmentning vazifalari‖ nomli kitobida 
boshqaruv inqilobining asosiy sabablari sifatida rivojlangan mamlakatlarda 
tug‘ilish darajasining sezilarli darajada kamayishi; daromadlar taqismlanishining 
o‘zgarishi; raqobatning globallashuvi va boshqalarni keltirib o‘tadi
96
.
Mijozlarga yo‘naltirilgan korxona tushunchasining mohiyatini yoritib berish 
uchun avvalo mijozlarga yo‘naltirilganlik tushunchasini tahlil qilib o‘tish zarur.
Mijozlarga yo‘naltirilganlik – biznesning taraqqiyotini kafolatlovchi asosiy 
qadriyat.
Mijozlarga yo‘naltirilganlik – kompaniyaning sodiq mijozlarga ega bo‘lish va 
ular bilan aloqa o‘rnatish vositasidir. Mazkur vositani qo‘llash ayrim investisiyalar 
jalb qilishni talab etadi. 
Mijozlarga yo‘naltirilganlik 

kompaniyaning mijozlar bilan bitim tuzishi, 
takroriy bitim tuzishi va doimiy hamkorlik qilishi asosida foydani oshirishga 
qaratilgan strategiyadir.
Mijozlarga yo‘naltirilganlik 

mijozlar ehtiyojini qondirishni maqsad qilgan 
biznes strategiyasi. 
Mijozlarga yo‘naltirilganlik 

faoliyatni mijozlarning ehtiyojlarini anglash va 
qondirishga yo‘naltirishdir. Mijozlarga yo‘naltirilganlikning maqsadi foydaga 
qaratilishi lozim.
Mijozlarga yo‘naltirilganlik – mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni 
boshqarish vositasi bo‘lib muhim jihatlar, maqsadli mijozlar va teng mavqye 
asosida uzoq muddatli istiqbolda barqaror foyda olishga asoslanadi. 
F. Kotler
97
zamonaviy sharoitlarda ko‘pgina kompaniyalar tovarlar va 
sotuvlarga emas, balki xaridorlar va maqsadli bozorlarga yo‘naltirilgan. Faoliyatni 
mijozlarga yo‘naltirish jarayoni quyidagilarni talab etadi:
- korxona doirasida barcha jarayonlarning mijozlar bilan ijobiy aloqa 
o‘rnatishga qaratilishini rag‘batlantirish;
96
Друкер, П. Задачи менеджмента в XXI веке. - М.: Издательский дом «Вильямс», 2004. – 272 с 
97
Котлер, Ф. Маркетинг менеджмент: Анализ, планирование, внедрение, контроль (серия "Теория и 
практика менеджмента"). - СПб.: Питер, 2006, пер. с англ., 797 с. 


183 
- boshqaruvning mijozlarga yo‘naltirilgan tashkliy tuzilmasini shakllantirish;
- miqdor va sifat tadqiqotlari asosida mijozlarning ehtiyojlarini o‘rganish.
F.Kotler fikricha, kompaniyaning strategiyasi qanchalik 
mijozlarga 
yo‘naltirilgan bo‘lsa, mahsuldorlik shunchalik ortadi. Faoliyatni mijozlarga 
yo‘naltirgan kompaniyalar raqiblariga nisbatan 7% samaraliroq ekanligi 
aniqlangan. Ushbu yondashuv korxonada lavozim yo‘riqnomalari, rag‘batlantirish 
tizimi, mehnat motivasiyasi va o‘zaro aloqalarning qayta ko‘rib chiqilishini taqozo 
etadi. F.Kotler korxonaning barcha bo‘limlarida mijozlarga yo‘naltirilganlik 
darajasini baholashga imkon beruvchi marketing auditini o‘tkazish lozimligini 
ta‘kidlab o‘tadi. 
Marketing 
konsepsiyasi 
evolyusiyasi 
korxonaning 
mijozlarga 
yo‘naltirilganlik yondashuvi asosida qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini asoslab 
berdi. Buni quyidagi konsepsiyalar orqali ko‘rishimiz mumkin
98


marketing konsepsiyalari uning boshqaruvning zamonaviy falsafasi va 
tadbirkorlik faoliyatining asosi ekanligini ko‘rsatmoqda; 

marketing konsepsiyasi talab va taklif holatidan kelib chiqqan holda 
bozordagi vaziyatga moslashishning marketing vositalari va tadbirlarining o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatmoqda; 

marketing konsepsiyasi marketingning boshqaruv funksiyasi yoki 
menejment g‘oyasi sifatida talqin etilishi lozimligini ko‘rsatib bermoqda; 

marketing konsepsiyalari marketingning sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi 
kommunikasiya vositasi ekanligini ko‘rsatib bermoqda. 
O‘tkazilgan marketing tadqiqotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat tadqiqot 
usullarida so‘rovlar (70%), fokus-guruh (15%), ekspert intervyulari (10%) va 
―Yashirin xaridor (Mystery Shopping)‖ usuli (5%) qo‘llanilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan 
tadqiqotlarning iste‘molchilar ehtiyojlarini o‘rganish, iste‘molchi xulq-atvoriga 
qaratilmoqda. Bir qarashda bu munosabatlar marketingi mijozlarga emas, balki 
birinchi navbatda bozorga yo‘naltirilganligi haqida tassavur hosil qiladi. Bunda 
bozor korxona mahsulotiga munosabat bildirmagan va marketing stimullari 
o‘rganilmagan ko‘p sonli iste‘molchilar guruhidan iborat ekanligi ayon bo‘ladi. 
Aksincha, bozor korxona mahsulotiga ehtiyoj sezgan iste‘molchilar ekanligi 
to‘g‘risida ham fikr yuritishimiz mumkin
99
.
12.1.1-jadval 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə