O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

davlat boshqaruvi 
organlari va maqalliy davlat qokimiyati organlarining hujjatlari va harakatlari 
ustidan nazorat
 
hisoblanadi.
 
Respublikamizda amalda bo‘lgan monopoliyaga qarshi qonun xujjatlariga 
muvofiq, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat xokimiyati organlariga quyidagilar 
taqiqlanadi: 

biror-bir faoliyat sohasida yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil 
qilishga cheklashlar joriy etish, shuningdek ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish 
yoki muayyan bir tovarlarni ishlab chiqarishni taqiqlash (qonun xujjatlarida 
belgilangan istisno holatlardan tashqari); 

xo‘jalik yurituvchi subyektga shartnomalar tuzishda kimgadir ustunlik 
berish, iste‘molchilarning muayyan doiralariga tovarlarni birinchi navbatda 
yetkazib berish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; 

ba‘zi bir xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ayni bir tovar bozorining o‘zida 
ishlaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ustunlik beruvchi 
solik yoki boshqa imtiyozlarni, lisenziyalash bo‘yicha huquqlarni asossiz ravishda 
berib qo‘yish; 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish 
(qonun xujjatlarida nazarda to‘tilgan hollar bundan mustasno); 

ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa 
kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlarni belgilash; 
Shu bilan birgalikda, boshqaruv organining boshqa bir boshqaruv organi bilan 


210 
yoxud xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan bozor me‘yorida faoliyat ko‘rsatishiga, 
raqobatni rivojlantirishga tuskinlik qiluvchi va iste‘molchilarning qonuniy 
manfaatlariga zarar yetkazuvchi bitimlariga (kelishib qilingan harakatlariga), shu 
jumladan: 

narxlar yoki tariflarni oshirish, pasaytirish, saqlab turishga; 

bozorni xududiy tamoyil bo‘yicha, sotuvlar va haridlar hajmi, tovar xillari 
yoxud sotuvchilar yoki haridorlarning, buyurtmachilarning doirasi bo‘yicha 
taqsimlab olishga; 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni 
bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlariga (kelishib qilingan harakatlariga) yo‘l 
qo‘yilmaydi va ular belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb 
topiladi. 
Mamlakatda iqtisodiyotni erkinlashtirish, monopoliyadan chiqarish hamda 
raqobatni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan bir qator 
yutuqlarga erishildi. Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda iqtisodiyotni 
erkinlashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarga mos ravishda ayrim 
muammolarning bartaraf etilishi lozimligi dolzarb bo‘lib qolmoqda. 
Xususan, ―Raqobat to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 
mukammal ishlab chiqilgan bo‘lsada, bugungi kundaxizmatlar bozorida, moliya 
bozorlarida ham monopollashish, raqobatning cheklanishi va ustunlik mavqyeini 
suiiste‘mol qilish holatlari uchramoqda. 
Shu sababli, yuqoridagi kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida 
monopoliyaga qarshi qonunchilikning moliya bozorlarini ham qamrab oladigan 
yangi taxriri ishlab chiqildi va amalda qo‘llash joriy etildi. 
Shu bilan birgalikda, tabiiy monopoliya subyektlari sohasida doimiy 
ravishda narxlar (tariflar)ni asossiz oshirish hisobiga daromad olishga intilish, 
tabiiy monopoliya subyektlarini o‘z bozorlarini potensial raqobatchilar uchun 
ochib berishdan manfaatdor emasligi, ularni bozorga kirishi uchun tuskinliklarni 
vujudga keltirish kabi holatlarni kuzatish mumkin. 
Tabiiy monopoliya subyektlarining ustunlik mavqyelarini suiiste‘mol kilgan 
holda o‘z shartlarini iste‘molchilarga o‘tkazishi iste‘molchilarning masalan, 
kommunal xizmat ko‘rsatish (ichimlik suvi ta‘minoti va maishiy chiqindilarni 
tashish) bo‘yicha namunaviy va amalda foydalanilayotgan shartnomalarga 
iste‘molchilarning huquqlarini cheklaydigan shartlar kiritilishi xozirgi kunga qadar 
davom etib kelmoqda. 
Yana shuni ta‘kidlash lozimki, davlat tasarrufidan chiqarish raqobat muhitini 
yaratish uchun avvalo monopollashgan tarmoqlarni xususiylashtirishga e‘tibor 
berish muhimroq. 
Bundan tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
borasida bir qator yutuklarga erishilganligi bilan birgalikda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik subyektlari va tadbirkorlarda bozor kon‘yunkturasi haqidagi 
ma‘lumotlarning yetarli emasligi kabi muammolar haligacha mavjud. 
Amaldagi me‘yoriy xujjatlarga muvofiq, monopolist korxonalar o‘zlarining 
mahsulot yoki xizmatlari uchun narxlar, tariflar va rentabellikning cheklangan 
darajasini 
moliya 
organlarida 
deklarasiya 
qaydnomasidan 
o‘tkazishlari 


211 
belgilangan. Monopolist korxonalar o‘z narx tariflarini deklarasiyadan o‘tkazish 
uchun tayyorlagan kalkulyasiyalarini va ularni tasdiqlovchi xujjatlarni moliya 
organlariga taqdim etmoqdalar va moliya organlari ular taqdim etayotgan xujjatlar 
asosida (ularning to‘g‘ri ekanligiga ishongan holda) o‘rganib chiqib, aksariyat 
hollarda korxona tomonidan keltirilgan kalkulyasiyalarni tasdiqlab bermoqdalar. 
Narxlar, tariflar va rentabellikning cheklanganlik darajasini tasdiqlash 
moliya organlariga yuklatilgan bo‘lsa, ularning shakllanishini va qo‘llanilishini 
nazorat qilish esa monopoliyaga qarshi davlat organi zimmasiga yuklatilgan. 
Mazkur organ tomonidan o‘tkazilayotgan tekshirishlar davomida shu narsa ma‘lum 
bo‘lmoqdaki, aksariyat monopolist korxonalar narxlar, tariflarni deklarasiya 
qaydnomasidan o‘tkazish jarayonida moliya organlariga noto‘g‘ri axborot taqdim 
etmoqdalar va buning natijasida ularning narxi sun‘iy ravishda oshib bormoqda. 
Bu esa nafaqat monopolist korxonalar iste‘molchilari uchun, balki monopolist 
korxonaning o‘zi uchun ham zararlidir. Chunki, narxlar, tariflar va rentabellikning 
cheklangan darajasini belgilashda moliya organlariga noto‘g‘ri axborot berish 
oqibatida ularning sun‘iy ravishda oshirilishinatijasida olgan daromadlari asossiz 
daromad bo‘lib, ushbu daromad monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan sud 
qaroriga muvofiq tegishli jamg‘armalarga olib qo‘yiladi. 
Bundan tashqari, monopoliyaga qarshi qonun xujjatlariga muvofiq xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar aksiya yoki ulushlarining 35 foiz va undan ortig‘iga egalik 
qilish ustidan ham davlat nazorati olib borilishi belgilangan. Amalda aksiyalarni 
sotib olishda guruxlar holida, o‘z qarindosh-urug‘lari yoki o‘z tarafdorlari bilan 
kelishgan holda aksiyalar paketlarini sotib olinishi holatiga juda ko‘p duch 
kelinmoqda. Amaldagi me‘yoriy xujjatlarga muvofiq bunday guruh ―bir guruh 
shaxslar‖ deb yuritilsada, bir guruh shaxslar kimlar bo‘lishligi to‘g‘risida 
qonunchiliklar da aniq izoh keltirilmagan. Shu sababli, bunday bitimlar bir gurux 
shaxslar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda ham ularning bir guruh 
ekanliklarini isbotlash imkoniyati yo‘q. Shuningdek, mahalliy davlat boshqaruvi 
organlari tomonidan tovar bozoridagi ayrim subyektlarga imtiyoz berish holatlari 
ham ko‘plab uchramoqdaki, bu monopoliyaga qarshi qonun xujjatlariga zid bo‘lish 
bilan birga ushbu tovar bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarining kirish 
imkoniyatlarini cheklamoqda va imtiyozga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ushbu sohada ustunlik mavqyeini suiiste‘mol qilishiga sharoit 
yaratilmoqda.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə