O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Milliy va xalqaro antimonopol organlar faoliyatining integrasiyalashuvini



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

10. Milliy va xalqaro antimonopol organlar faoliyatining integrasiyalashuvini 
kuchaytirish:

integrasiyalar doirasida monopoliyani cheklash va raqobatni qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari, maqsad va vazifalarini muvofiqlashtirish, antimonopol 
qonunchilikninguyg‘unlashuvini ta‘minlash, raqobatni qo‘llab-quvvatlashning 
iqtisodiy hamkorlik va jst ga chiqishda moslashuvini ta‘minlash;
 

integrasiyalar doirasida antimonopol qonunchilik va iste‘molchilar 
xuquqlarini ximoya qilish bo‘yicha qonun buzilishlariga qonuniy choralar qo‘llash 
amaliyotini mustahkamlash va xuquqiy-shartnomaviy bazasini mustahkamlash; 

xalqaro antimonopol organlar hamkorligini kuchaytirish 
Tovar bozorlarida monopoliyani cheklash va raqobatni qo‘llab-quvvatlash, 
sog‘lom raqobat va tadbirkorlik muhitini yaratishga qaratilgan ushbu konsepsiya 
nafaqat mamlakatimiz miqyosida , balki xalqaro miqyosda ham raqobat muhititni 
yaratish va mustahkamlashga e‘tibor qaratadi, mahalliy boshqaruv organlarining 
raqobat 
muhitini 
yaxshilash 
va 
tadbirkorlik 
faolligini 
jadallashtirishda 
mas‘uliyatini yanada oshiradi. 
Konsepsiyaning ko‘pgina yo‘nalishlari bugungi kunda u yoki bu darajada 
amalga oshirilgan. Ammo bu mamlakatimizda sog‘lom raqobat va tadbirkorlik 
muhitining samarali xuquqiy tizimi yaratildi degani emas. buning uchun 
mamlakatimizda antimonopol organlar faoliyatini uzluksiz takomillashtirib borish, 
raqobatni rivojlantirish, tovar bozorlariga kirib borishdagi g‘ovlarni bartaraf etish 
zarur. Ayniqsa bugungi kunda iste‘molchilar xuquqlarini ximoya qilish, reklama, 
reklamani joylashtirish, tabiiy monopoliyalarning tarif siyosatining xuquqiy bazasi 
takomillashtirishga muhtoj. Shuningdek, bu sohalarda sud amaliyotini yanada 
takomillashtirish bugungi kunda dolzarb bo‘lib bormoqda. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə