O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

14.3. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini 
rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish 
Respublikada raqobat muhitini yaratish maqsadida bir qancha amaliy ishlar 
olib borilmoqda hamda ushbu ishlar orqali iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish 
va raqobat muhitini yaratishda dadil kadamlar tashlanganligini ko‘rish mumkin. 
Monopolist 
korxonalarning 
narxlari 
ustidan 
davlat 
nazorati 
monopollashganlik darajasi yuqori bo‘lgan va bozor munosabatlari mexanizmlari 
hali o‘z ta‘sirini unchalik ko‘rsatmagan respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning 
birinchi bosqichida o‘z samaralarini berib bo‘ldi. Bugungi kungi holat esa, mutlako 
boshqacha bo‘lib, endi monopolist korxonalar davlat reyestri va ularning narxlari 
(tariflari)ni deklorasiya kaydnomasidan o‘tkazish tartibidan bosqichma-bosqich 
voz kechib, birja va boshqa bozorlar orqali narxlarning shakllanishi tizimini yo‘lga 
qo‘yishni taqozo qiladi. Shuningdek tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirishda 


223 
davlat tomonidan korxonalarning monopolistik faoliyati nazorat qilinishi, ularning 
o‘z ustunlik mavqyelarini suiiste‘mol qilishlarining oldini olishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Respublikamizda raqobat muhitini himoya qilish va antimonopol siyosat 
olib borish Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish 
davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
6.1- O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining tashkiliy tuzilishi 
Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
– xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning ustav jamg‘armalaridagi davlatga tegishli aktivlarni hamda 
aksiyalar paketlari (ulushlari)ni xususiy mulkka sotish, davlat mulkining xususiy 
mulk egalariga sotilishida ochiqlik va oshkoralikni ta‘minlovchi davlat mulkidan 
chiqarishning yangi shakl va usullarini joriy etish, investorlar tomonidan qabul 
qilingan investisiya majburiyatlarining ular tomonidan bajarilishi ustidan 
monitoring olib borish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish; 
eng avvaalo, aksiyadorlik jamiyatlarining kapitallashuvi va rentabelligi 
o‘sishini rag‘batlantirish hisobiga fond bozorini, ayniqsa ikkilamchi fond bozorini 
rivojlantirish, tadbirkorlar va aholining xabardorligini kengaytirish, ularning birja 
operasiyalarida faol ishtirokini ta‘minlash bozor infratuzilmasini yanada 
takomillashtirish, savdolarni elektron shaklda o‘tkazishga to‘liq o‘tish chora-
tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirish; 
O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Davlat aktivlarini boshqarish markazi 
Qimmatli qog‘ozlar bozorini 
muvofiqlashtirish va rivojlantirish 
―Toshkent‖ Respublika fond birjasi 
Xususiylashtirish, raqobatni 
rivojlantirish va korporativ boshqaruv 
muammolari markazi 
―Respublika mulk markazi‖ AJ 
Respublika biznes maktabi 
Markaziy depozitariy 
―Biznes-Daily-Media‖ noshirlik uyi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hududiy boshqarmalari 


224 
– aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlarning va kuzatuvchi 
kengashlarning rolini tubdan oshirishga, minoritar aksiyadorlarning huquqlari 
himoya qilinishini ta‘minlashga, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari 
yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi mas‘uliyatini 
kuchaytirishga 
yo‘naltirilgan 
korporativ 
boshqaruv 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish; 
– monopoliyaga qarshi samarali tartibotlar o‘rnatish hamda tovar va moliya 
bozorlarida raqobat cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga 
oshirish, raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishini nazorat qilish borish; 
– raqobat muhitini rivojlantirish uchun qonun hujjatlarini yanada 
takomillashtirish va zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) bozorlarida, birinchi navbatda ichki iste‘mol bozorida va reklama 
sohasida insofsiz raqobatga chek qo‘yish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jamoat 
tuzilmalari bilan yaqindan muvofiqlashtirilgan holda iste‘molchilarning qonuniy 
manfaatlari va huquqlari himoya qilinishini ta‘minlash; 
– past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-
iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish, ularni, birinchi navbatda, yangi investorlarni 
jalb etish, modernizasiyalash va texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini 
pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, yangi raqobatbardosh 
mahsulot turlarini o‘zlashtirish hisobiga moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha 
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 
– iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va bankrort qilish 
borasidagi funksiyalarni bajarish, sudgacha va sud sanasiyasini o‘tkazish, bankrot 
korxonalarning tashqi boshqaruvi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. 
Monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy 
monopoliyalar 
subyektlari 
faoliyatini 
nazorat 
qilish 
sohasida 
quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: 
monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish, raqobatni 
rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlariga va xo‘jalik boshqaruvi 
organlariga yuboradi; 
raqobatga qarshi hatti-harakatlarni va tartibga solinadigan narxlar 
(tariflar)ning shuningdek Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab 
turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy 
xizmatlarga narxlar asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularning oldini oladi; 
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va 
xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhlarining ustunlik mavqyeini 
aniqlaydi, shaxslar guruhlari qatnashchilarining tarkibini aniqlaydi; 
tovar yoki moliya bozorida ustunlik mavqyeini egallab turgan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestrlarini 
shakllantiradi va yuritadi; 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, ularni qo‘shish yoki 
birlashtirishda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) 


225 
aksiyalarni (ulushlarni) sotib olishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
talablariga rioya qilish, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlarini tashkil 
etish, qayta tashkil etish va tugatishda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar 
va tariflarni tahlil qiladi hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan taqdim 
etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining asossiz oshirib yuborilishidan va 
sifati pasayishidan iste‘molchilarning huquqlarini himoya qiladi; 
tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ga va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga 
ustama narxlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
tabiiy monopoliyalar subyektlari va ustunlik mavqyeini egallagan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatini narxlarni shakllantirishda deklarasiya qilish 
(tasdiqlash) uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligi yuzasidan 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi; 
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
va davlat organlari reyestrini yuritadi va e‘lon qiladi; 
markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital 
qurilishda boshlang‘ich narxlar shakllanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz 
raqobatchilardan va davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor 
shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi hatti-harakatlaridan 
(harakatsizligidan) himoya qilishni ta‘minlaydi; 
o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va ustunlik mavqyeini egallab 
turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta‘minlash bo‘yicha qonun hujjatlari va 
boshqa hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi; 
mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida 
belgilangan tartibda qaror qabul qiladi; 
mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga 
qo‘yilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi; 
tanlov (tender) va birja savdolari o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi; 
tabiiy 
monopoliyalar subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar)ni 
realizasiya qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi va majburiy xizmat 
ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste‘molchilar ro‘yxatini aniqlash yuzasidan takliflar 
kiritadi; 
ustunlik mavqyeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy 
monopoliyalarning tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish 
bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; 
yuridik 
shaxsning 
individuallashtirilgan 
vositalariga 
va 
tovarni 
individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz 
raqobat holatlarini aniqlaydi; 
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar 


226 
yoki moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shaxslar guruhi tomonidan 
ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar narxlari ustidan monitoring olib boradi; 
iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi; 
iste‘mol tovarlariga narxlar va xizmatlarga tariflar monitoringini olib boradi, 
bozorda sifatsiz iste‘mol tovarlari va xizmatlar paydo bo‘lishining oldini olish 
choralarini ko‘radi; 
jamoat tuzilmalari bilan birgalikda iste‘molchilarning huquqlari va 
manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek aholining iste‘mol madaniyatini 
oshirish bo‘yicha ma‘rifiy ishlar olib borilishini amalga oshiradi; 
reklama sohasida insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik va noto‘g‘ri reklamaga 
barham berish maqsadida reklama bozorini tartibga solish chora-tadbirlarini 
ko‘radi; 
davlat organlari bilan birgalikda iste‘molchilarning huquqlarini himoya 
qilishga va reklama sohasida insofsiz raqobatning oldini olishga qaratilgan 
tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə