O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-BOB: RAQOBAT NAZARIYASI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

15-BOB: RAQOBAT NAZARIYASI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY 
TENDENSIYALARI 
 
15.1. Raqobat nazariyasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari 
15.2. Raqobat nazariyasining evolyusion institusionalizm yo’nalishi 
15.3. Zamonaviy raqobat nazariyasining bozor konsepsiyasi 
15.1. Raqobat nazariyasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi, raqobatning zo‘rayishi va tashqi muhit 
omillarining tez o‘zgaruvchanligi zamonaviy bozor subyektlarining ichki va tashqi 
bozorlardagi raqobatbardoshligi, raqobat kurashi olib borish usullarini birinchi 
darajali masala sifatida qaralishini taqozo etmoqda. 
Globallashuv 
tendensiyalari 
zamonaviy 
iqtisodiyot 
rivojlanishining 
yo‘nalishlarini belgilab beradi, iqtisodiy nazariyaga bo‘lgan qiziqish, biznes 
ishtirokchilarining raqobatning mohiyati, uning amal qilish mexanizmi, 
shuningdek uni tahlil qilishga yangicha yondashishni kuchaytirdi. 
Zamonaviy raqobat nazariyasining raqobat, raqobatbardoshlik, raqobat 
ustunligi kategoriyalari I.Ansoff, Y.Shumpeter, M.Porter, E.Chemberlin, 
Dj.Robinson, P. Druker, J.-J. Lamben, R. Piter Dikson, Dj.Traut, E.Rays, M. Tresi 
va F. Virsema, A.M. Brandenburger, B.Dj. Neylbaff, G.Xemel va K.K. Praxalad, 
F. Kotler, K. Kleyton, I.A.Dyupyui
135
, U.Ch. Kim va R. Moborn
136

R.A.Fatxutdinov, 
G.L.Azoyev
137

M.I.Gelvanovskiy
138

I.M.Lifis
139

Ye.V.Malinina
140
va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan 
Bugungi 
kunda 
raqobat, 
raqobatbardoshlik, 
raqobat 
ustunligi 
kategoriyalariga bag‘ishlangan uchta ilmiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatishimiz 
mumkin. 
AQSh (Garvard biznes maktabi) maktabi
. M. Porter, A. Chandler, M. 
Enrayt, Dj. Makartur, A.M. Brandenburgerlar tomonidan alohida tarmoq yoki 
mahsulot raqobatbardoshligini baholash taklif filingan. 
Yaponiya maktabi (Tokio, Xitosubasi, Vaseda, Meydzi universitetlari)
raqobatning narxga bog‘liq bo‘lmagan jihatlari, mahsulotni ishlab chiqarish va 
sotishda kooperasiya, hamkorlik masalalari X. Takeuchi, X. Koboyasi, M.Suchiya, 
T.Noguchilar tomonidan keng o‘rganilgan
141

135
М.В.Лоскутова. Анализ теорий конкуренции и конкурентоспособности. \\Социально-экономические 
явления и процессы № 9 (031), 2011. 101-106 стр 
136
Ким У.Ч., Р.Моборн. Стратегия голубого океана. Как создать свободную нишу и перестать бояться 
конкурентов/пер. С англ. Изд-во: Hippo 2005 г. 272 с 
137
Азоев Г.Л., Челенков А.П. Конкурентные преимущества фирмы. М.: Типография «НОВОСТИ», 2000. 
138
М. И. Гельвановский ―Повышение конкурентоспособности российской экономики в условиях 
глобализации: концептуальные и правовые проблемы‖ Современная конкуренция 2007 / 1 (1) 
139
Лифиц И.М. Теория и практика оценки конкурентоспособности товаров и услуг. М.: Юрайт, 2001 
140
Малинина Е.В. Управление повышением конкурентоспособности промышленности и его научно-
практическое обеспечение: автореф. дис. ... д-ра экон. наук. М., 2009. 
141
Белякова Вера Анатольевна. Маркетинговое управление стратегической конкурентоспособностью 
предприятий: теория и методология: автореферат дис. ... доктора экономических наук: 08.00.05.- Пенза, 2013 

32 стр 


230 
Yevropa (Shveysariya, Shvesiya, Daniya, Avstriya, Italiya, Germaniya) 
maktabi
kompaniyalarning raqobatli hatti-harakatiga bag‘ishlangan bo‘lib, 
global raqobatni ko‘zda tutadi. 
Raqobat tushunchasining iqtisodiy fanga kiritilishi uch asrdan ko‘proq 
vaqtni bosib o‘tdi. Ushbu o‘tgan davrda eng samarali tadqiqotlar, nazariyalar XX 
asrning ikkinchi yarmidan e‘tiboran rivojlangan desak hyech qanday mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Chunki ushbu davrga kelib jahon iqtisodiyotida ekspansiyaga barham 
berish, mustamlakachilik harakatlarining batamom barham topishi, milliy 
iqtisodiyotlarning paydo bo‘lishi va ishchi kuchi, kapital va savdoning erkinlashuvi 
ro‘y berdi. Shuningdek, axborot tizimilari va texnologiyalarining taraqqiy etishi, 
tashkilotlarda inson omili (resurslari) ahamiyatining ortib borishi raqobat 
nazariyasi rivojlanishida keskin burilish yasadi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə