O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

15.1.1-jadval 
Jamiyat taraqqiyoti natijasida raqobat nazariyasining zamonaviy 
tendensiyalaridagi o’zgarishlar
Jamiyat taraqqiyoti 
bosqichlari 
Nazariya vakillari 
Nazariyaning bosh g’oyasi 
Postindustrial 
jamiyat 
A.N. Brandenburger, 
B.Dj. Neylbaff (1996 g.) 
Hamkorlik 
Dj. Mur (1996 g.) 
Tadbirkorlik tizimlarining 
Koevolyusion aloqasi
G. Xemel, K. Praxalad 
(1994 g.) 
Bilimlar iqtisodiyoti, muhim 
ko‘nikmalar 
Industrial jamiyat 
M. Porter (1981 g.) 
Iste‘mol zanjirining muhim 
bo‘g‘inlarini boshqarish
Y. Shumpeter (1942 g.) 
Mavjud manbalardan yangicha 
uslubda foydalanish, innovasiya 
Klassik jamiyat 
Dj. Mil (1848 g.) 
Miqyos samarasi 
D. Rikardo (1817 g.) 
Nisbiy ustunliklardan foydalanish 
A. Smit (1776 g.) 
Kapital, mehnat, yer 
E‘tibor beradigan bo‘lsak A.Smit ilmiy ishlarida aks etgan raqobat 
nazariyasi neoklassik maktab namoyondalari bo‘lgan K. Manger, F. Vizer, 
A.Marshalllar raqobatni makrodarajadan mikrodarajaga o‘tkazish orqali tahlil 
qildi. E.Chemberlin, Dj.Robinsonning ilmiy tadqiqotlari natijasida raqobatning 
monopoliya bilan uzviyligiga doir muammolar yechimi birinchi o‘ringa chiqdi. XX 
asr boshlarida iqtisodiy o‘sish sur‘atlarining pasayishi va iqtisodiy inqiroz 
kuzatildi. Bu esa mavjud raqobat nazariyasini tanqidiy ko‘rib chiqish, bozor 
munosabatlarini tartibga solishda davlat aralashuvini cheklash bilan bog‘liq 


231 
nazariyalarning o‘z tasdig‘ini topmaganligini ko‘rsatdi. 
Ushbu yakuniy xulosa angliyalik iqtisodchi, J.M. Keyns
142
tomonidan ishlab 
chiqildi. U bozor munosabatlarining o‘z-o‘zini tartibga solish nazariyasini tanqidiy 
baholadi va iqtisodiyot va raqobat jarayonlarini tartibga solishda davlatning faol 
aralashuvi bo‘lishini asoslab berdi. Raqobat jarayonlariga iqtisodiy subyekt sifatida 
davlatning ham kiritilishi kelgusida raqobat nazariyasining tadqiqot doirasini 
yanada kengaytirdi. Tadqiqotchilarning asosiy diqqat-e‘tibori raqobatning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotning turli sohalariga ta‘sirini o‘rganishga qaratildi.
Keyinchalik ushbu nazariya Y.Shumpeter tomonidan innovasion rivojlanish 
nazariyasi kiritilishi bilan yanada rivojlantirildi.
Biroq raqobat kurashi olib borish, raqobat afzalliklari, , samarali raqobat 
strategiyalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalar o‘z yechimini topmasdan 
qoldi.
Bu esa asrning ikkinchi yarmida raqobat nazariyasining zamonaviy 
yondashuv va yo‘nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Raqobat nazariyasining rivojlanishiga XX asr o‘rtalarida J. Stigler
143
, ulkan 
hissa qo‘shdi. U birinchilaridan bo‘lib mikroiqtisodiy nazariyalarga sanoat 
tashkilotlari to‘g‘risidagi bilimlarni keng qo‘llash g‘oyasini ilgari surdi. Masalan, u 
raqobat va monopoliyaning klassik modellarini real bozor jarayonlarini baholashda 
qo‘lladi. 
J.Stigler 1964 yili oligopoliya nazariyasini o‘ziga xos tahlil qildi, unga bir 
necha sotuvchisi bo‘lgan bozorlar tahliliga mumtoz kartel nazariyasini qo‘lladi. 
Uning ta‘kidlashicha, ishlab chiqaruvchilarning kelishuvi ichki jihatdan beqaror va 
uning barqarorligi ishlab chiqarishni cheklashdan chetga chiqishning aniqlanish 
ehtimolligi va kelgusida jazolanishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Dj. Stigler birinchilardan bo‘lib iqtisodiy axborotlarni raqobat ustunligini 
ta‘minlash va raqobat kurashi olib borishda qo‘lladi. J.Stigler raqobat kurashida 
muvaffaqiyatga erishish uchun bugungi kunda dolzarb hisoblangan axborotlarga 
ega bo‘lishlik talab etiladi, bu axborotlar har doim ularni olish uchun sarflangan 
xarajatlarni qoplaydi deb ta‘kidlaydi.
Bu olim iqtisodiyotning turli sohalari bo‘yicha sermahsul ijod qildi. Dastlab 
D.Rikardoning qiymat nazariyasi, Marshallning naflik va talab masalalariga o‘z 
munosabatini bildirdi. Uning ko‘p tadqiqotlari naf, talab nazariyalari tarixiga 
bag‘ishlanadi. Kapitalning roli, ishlab chiqarishda avvalgi davrdagi xizmatlar roli 
muhim masala sifatida qaraladi.
J.Stigler iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish masalalariga ham katta 
e‘tibor beradi. U xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tartibga solish, xususan, 
elektroenergetika sohasini o‘rganib, shunday xulosaga keladiki, tartibga solish 
nihoyatda samarasizdir, uni qo‘llash soha mahsuloti narxining pasayishiga hyech 
ham ta‘sir etmas ekan. Tartibga solish butun jamiyat manfaatlariga emas (aslida 
shunday maqsad qo‘yilgan), balki ayrim korxona yoki kasbegalari yoki 
142
Джон Мейнард Кейнс (1883-1946) 

англиялик иқтисодчи, иқтисодий назарияга ―кейнс назарияси‖ни 
киритган. ―Бандлик, пул ва фоизнинг умумий назарияси‖ китоби муаллифи. 
143
Стиглер Дж. Дж. Совершенная конкуренция: исторический ракурс //Вехи экономической мысли. Том 2. 
Теория фирмы/Под ред. В. М. Гальперина 

СПб.: Экономическая школа, 2000. С. 299-328 


232 
guruhlarigagina yordam berar ekan. Agar tartibga solish qo‘yilgan maqsadlarga 
javob bermasa, unda boshqarish tashkilotlarining mavjudligi masalasi ko‘tariladi, 
ular o‘z-o‘zini oqlaydimi, yo‘qmi, degan savol tug‘iladi. 1971 yili yozilgan 
―Iqtisodiy tartibga solish nazariyasi ‖da shu savolga javob beriladi va unda 
boylikni siyosiy vositalar yo‘li bilan maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda hal 
etish kerak, deyiladi.
J. Stigler (1911-1991) AQShning Chikago universitetidagi ilmiy faoliyati, 
―industrial tuzilmalar, bozorlar faoliyati va davlat boshqaruvi oqibatlarini tadqiq 
etganligi uchun ‖ 1982 yilgi Nobel mukofotiga loyiq deb topildi. 
R.Solou
144
g‘oyalari yangi keynschilik ta‘limotini tanqid qilish asosida 
yuzaga keladi. Neokeynschilik nazariyasining bo‘sh g‘oyalari quyidagicha 
izohlanadi: 1) bu modellarda ishlab chiqarishning o‘sishi faqat yangi kapital 
qo‘yilmalar funksiyasi sifatida qaraladi, vaholanki bu o‘sish yangi ishchi 
kuchlarini jalb qilish orqali mavjud, ammo foydalanilmayotgan jarayon ishlab 
chiqarish kuchlarini ishga solish bilan ham ta‘minlanishi mumkin; 2) modellarda 
ishlab chiqarishdagi kapital hajmi o‘zgarmas deb qabul qilinadi, bu esa ishlab 
chiqarishda turli kapital hajmlarini tanlab olishga imkon bermaydi. R.Solou va 
ingliz olimi J.Mid iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasini rivojlantirdilar. 
Unga ko‘ra, erkin raqobat saqlangan holda ishlab chiqarish omillari (kapital, yer, 
mehnat) egalari chegaraviy (eng yuqori ) mahsulot olish bilan taqdirlanadilar. 
Ishlab chiqarishning asosiy omillaridan to‘la foydalinaladi. Bunga erkin raqobat 
mexanizmi imkon yaratadi va omillar narxiga ta‘sir etadi. Masalan, agar kapital 
qo‘yilmalar sur‘ati juda yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish vositalarining narxi 
ko‘tariladi. Bu esa ishbilarmonlardan kapital hajmini kamaytirish yo‘lini 
axtarishga undaydi, oqibatda kapital narxi pasayadi. Bu nazariyada boshqa 
komponentlar, ya‘ni mehnat, tabiiy resurslar, texnika progressi ham hisobga 
olinadi. 
Jon Nesh
145
(1928 y ) o‘yin nazariyasi va muvozanatlik nazariyasiga 
bag‘ishlangan ishlari bilan tanilgan. U umumiy o‘yin nazariyasiga nokooperativ 
o‘yinlar konsepsyasini kiritdi. Bu konsepsiya raqobat, oligopoliya, shuningdek, 
iqtisodiy siyosatni tahlil qilishning makroiqtisodiy nazariyasida keng qo‘llaniladi. 
1960 yillarda zamonaviy raqobat nazariyasi rivojlanishining institusional 
yo‘nalishi raqobatning industrial sohadagi muhim jihatlariga e‘tibor qaratdi. D.K. 
Gelbreyt
146
raqobat rivojlanishining zamonaviy jarayonlarini yirik korporasiyalar 
doirasida tahlil qildi. Uning fikricha bugungi kundagi yirik korporasiyalar narx, 
xarajatlar va mijozlar soni bilan o‘z xukmronligini o‘rnatgan bo‘lsa, mayda 
firmalar esa ukumat siyosatiga va narx darajasiga ta‘sir ko‘rsata olmaganliklari 
bois bozor tizimini tashkil etadilar. Bu esa o‘z-o‘zidan bozor munosabatlarini 
144
Методологические аспекты управления конкурентоспособностью бизнес-систем. Часть 1. Стратегическая 
конкурентоспособность, конку- рентоспособность компаний-лидеров, конкурентоспособность на рынке 
электроэнергии: моногр. / В.А. Андреев [и др.]; под общ. ред. д-ра экон. наук, проф. С.А. Баронина. – Пенза: 
ПГУАС, 2013. – 252 с. 
145
Дж.Нэш. АҚШ математик, ўйинлар назарияси ва дифференциал геометрия бўйича профессор. 1994 йилда 
―Нокооператив ўйинлар назариясида мувозанат таҳлили‖ бўйича Нобел мукофоти совриндори 
146
Гэлбрейт Дж. Новое индустриальное общество: Пер. с англ. / Дж. Гэлбрейт. — М.: ООО «Издательство 
АСТ»: ООО «Транзиткнига»; СПб.: Terra Fantastica, 2004. — 602, [6] с. 


233 
davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi. D.K.Gelbraytning fikricha 
yirik korporasiyalar mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda erkin raqobat amal qilmaydi. 
Bozor hukmronligini o‘zida aks ettirgan korporasiyalarni boshqarish maqsadida u 
―texnostruktura‖ tushunchasini kiritdi. Texnostruktura – maxsus bilimlarga ega, 
jamoaviy qarorlar qabul qila olish qobiliyati va ko‘nikmalariga ega bo‘lgan 
malakali kishilar guruhidir. Zamonaviy sharoitlarda hukmron biznes subyektlari 
texnostrukturalar yoki yirik korporasiyalarda namoyon bo‘ladi. ular sanoat 
texnikasi va texnologiyasini murakkablashtiirsh va sanoat rejalashtirishning 
samarali usullarini joriy etish orqali raqobat ustunligini namoyon qiladilar. 
O.Uilyamson, 
R.Kouz, 
D.Nort, 
M.Olsonlar 
neoinstitusionalizm 
namoyondalari sifatida sivilizasiyalashgan raqobat nazariyasini ishlab chiqdilar. 
Ularning 
fikricha, 
firmalarning 
vertikal 
birlashuvi 
monopol 
mavqyeni 
mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, firmaning bozor munosabatlari sharoitida tirik 
qolishini ta‘minlaydi va transaksion xarajatlarning tejalishiga olib keladi. 
R.Kouz ―Firma tabiati‖ va ―Sotsial xarajat muammolari‖ nomli 
maqolalarida, bozor sharoitida xo‘jalik yuritish ―transaksion‖ (lotincha-kelishuv, 
bitim) deb nomlanadigan o‘ziga xos xarajatlarni vujudga keltirishi, bularga, 
masalan, narxlar, iste‘molchilar nimani ko‘proq xush ko‘rishi va raqobatchilarning 
maqsadlari to‘g‘risidagi informasiyani to‘plashga ketadigan xarajatlar, muzokara 
olib borish, bitim tuzish, uni yuridik jihatdan hal etish xarajatlari va boshqalar 
kirishini nazariy asosladi
147
.
Agar neoklassik iqtisodiy nazariyaga asosan tovar ishlab chiqaruvchi istagan 
vaqtda bitim bo‘yicha sherigini almashtirishi mumkin bo‘lsa, haqiqatda, amalda 
iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar turli muddatdagi shartnomalar 
asosida olib boriladi, uni bekor qilish va qayta tuzish ma‘lum xarajat talab etadi. 
Bitim tuzish qiymati hisobga olinadigan bo‘lsa, firma turli korporativ birlashmalar 
mavjudligi, bitimlar varianti va boshqalarni tushuntirish hiyla osonlashadi.
R.Kouz ko‘p yillar davomida davlat monopoliyalari (pochta aloqasi, tele va 
radio kommunikasiyasi va boshqalar)ni o‘rgandi. Shular natijasi o‘laroq ―Sosial 
xarajat muammolari‖ maqolasi yuzaga keldi. Unda, xususan, ―radio eshittirish 
bozori‖ni barpo etish g‘oyasi ilgari suriladi. Ilgari bu sohada davlat nazoratsiz ish 
yuritish mumkin emas, deb o‘ylanardi, chunki bosh-boshdoqlik ro‘y berishi 
mumkin deb hisoblangan. R.Kouz esa turli chastotadagi eloktromagnit 
to‘lqinlariga xususiylashtirish huquqi joriy etishni taklif etdi va shunda davlat 
nazoratiga hojat qolmasligini isbotlab berdi. 
Shunday qilib, neoinstitusionalistlar tomonidan ishlab chiqilgan transaksion 
xarajatlar va sivilizasiyalashgan raqobat nazariyasi firmalarning raqobat kuchlarini 
jamiyat farovonligiga yo‘naltirish va uning vayronkor kuchlariga qarshi samarali 
ta‘sir ko‘rsatish imkonini beradi. 
147
Коуз Р. Фирма, рынок и право / Пер. с англ. М.: Новое издательство, 2007. — 224 с. — (Библиотека 
Фонда «Либеральная миссия») 


234 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə