O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 O’zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishning



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

14.2. O’zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishning 
strategik yo’nalishlari 
Xozirgi zamondagi raqobat siyosatining huquqiy jihatlari va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 iyundagi 105-son qarori bilan 
tasdiqlangan, qonunchilikni yanada takomillashtirish hamda tovar bozorlarida 
raqobatni himoya qilish va monopolistik faoliyatni cheklash, iste‘molchilar 
huquqlari va reklama faoliyatini himoya qilish bo‘yicha ishlarning samaradorligini 
oshirish chora-tadbirlari Rejasi talablarini ijro etish maqsadida ―Raqobat 
to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqilgan. 
Davlat tomonidan samarali raqobat siyosatini amalga oshirilishi natijasida, 
tovarlar va xizmatlar bozorlarida monopollashish darajasi sezilarli ravishda 
pasaydi. Erishilgan natijalar asosan tovarlar va xizmatlar bozorida erkin 
raqobatlashadigan yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlik subyektlari 
tashkil etish uchun eng ko‘p qulay shart-sharoitlar yaratilishida namoyon bo‘ldi. 
Bu pirovardida sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. Oxirgi 10 yil ichida 
133
O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti 
parametrlari to‘g‘risida 9,9-1,9-2 ilovalar. 
134
―2014 yil yuqori o‘sish sur‘atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan 
islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi‖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 
mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi.


218 
monopolist-korxonalar soni deyarli 75,2% kamaydi, faqat 2004-2009 yillar 
mobaynida monopol mahsulotlarning respublika YaIM umumiy hajmidagi ulushi 
26 dan 20,8% ga pasaydi, bu esa raqobatning yanada rivojlanganligi hamda tovar 
bozorlarida ustunlik mavqyeini egallab turgan korxonalar sonini sezilarli darajada 
qisqarganligidan dalolat beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi ―Tovar bozorlarida monopolistik 
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida―gi Qonuni 1996 yilda qabul qilingan 
bo‘lib, uning bir qator qonunosti me‘yoriy hujjatlari mamlakatning iqtisodiy 
rivojlanish darajasiga yetarli darajada muvofiq emas edi. Qonun moliyaviy 
xizmatlar bozorlaridagi raqobatni tartibga solish masalalarini o‘z ichiga olmagan, 
bu esa mazkur sohada raqobatga qarshi va raqobatni cheklovchi harakatlarga yo‘l 
qo‘ymaslik yuzasidan choralarni amalga oshirishga imkon bermaydi. Shuningdek, 
―bozor‖, ―bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar―, ―insofsiz raqobat‖, ―kamsituvchi 
shartlar‖, ―noto‘g‘ri taqqoslash‖, ―monopol yuqori narxlar‖, ―monopol past 
narxlar‖, ―shaxslar guruhi‖, ―ustun mavqye‖ kabi asosiy tavsiflarning bir-biridan 
aniq ajratish va toifalash tartibi mavjud emas. Amaliyotda bu qonunga sharh 
berishda farqlanishga va uni tatbiq qilishda muammolarni yuzaga keltiradi. 
Shuningdek, mazkur Qonunda keltirilgan umumiy tavsiflarni aniqlashtirish bilan 
bir qatorda yangi tushunchalar ham kiritildi, bundan tashqari ―ustunlik mavqye‖ni 
tavsiflash prinsipini, subyektning tovar va xizmatlar bozoridagi ustunlik mavqyeini 
o‘rnatish mezonlarini aniq va puxta beligilash, hamda bozor ulushi hajmini 
qisqartirish yo‘li bilan o‘zgartirish ko‘zda tutilgan. 
Monopoliyaga qarshi qonunchilikning yo‘nalishlaridan biri, bu bozor 
subyektining xo‘jalik faoliyatini yuritishiga ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan tovar 
bozorlarini monopollashuviga va raqobatni cheklashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 
xo‘jalik subyektining ustav kapitalidagi 35% ortiq bo‘lgan aksiyalar (ulushlar)ni 
sotib olish bo‘yicha bitimlarni tuzish ustidan nazorat olib borishdan iborat. 
Aktivlarning boshlang‘ich balans qiymati pastligi sababli bitimlarni kelishish 
maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, bundan tashqari xo‘jalik subyekti va monopoliyaga 
qarshi organ resurslarini boshqa maqsadlarga qaratilishiga sabab bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Iqtisodiyot real sektori 
korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida‖gi 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053-sonli Farmoni bilan aksiyadorlik 
jamiyatlari ustav fondlarining hajmi 10 barobardan ziyodga ko‘tarildi, bu ular 
aktivlarining hajmida aks etdi va shu bilan birga, aksiya va ulushlar sotib olish 
bo‘yicha bitimlarda qatnashuvchi investor va emitent aktivlarining jami qiymati 
amaldagi qonunda belgilangan eng yuqori me‘yordan sezilarli darajada ortadi. 
Yangi qonunning ishlab chiqilishi, yuqorida ko‘rsatilagan kamchiliklarni 
bartaraf etishga, raqobatni himoya qilish bo‘yicha munosabatlarni huquqiy tartibga 
solishni takomillashtirishga, ushbu sohadagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini 
aniqlashga, tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni bartaraf etish va oldini olish 
bo‘yicha huquqiy vositalarni yangilashni ko‘zda tutadi. 
Yuqori likvidli, jumladan, tovar bozorida ustun mavqyega ega korxona 
tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning birja savdolari rivojlanishi bilan 


219 
monopol yuqori narx tavsifiga yondashuv ham o‘zgardi. Qonunda birja savdolari 
natijasida vujudga kelgan narx monopol yuqori hisoblanmasligi nazarda tutilgan. 
Qonunda iqtisodiy jamlanish bo‘yicha davlat nazoratini ta‘minlash 
maqsadida, shaxs yoki shaxslar guruhining ustunlik darajasini oshishiga olib 
keluvchi qo‘shilish, qo‘shib yuborish, aksiyalarni, mulkiy huquqlarni sotib olish va 
boshqa bitimlarni (harakatlarni) tartibga soluvchi yangi bob kiritildi. Shuningdek, 
xo‘jalik subyektlariga nisbatan ma‘muriy yuklarni og‘irliklarni qisqartirish 
maqsadida, aktivlarning balans qiymati oshirildi. 
Investision vositachilar sifatidagi qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari 
tomonidan amalga oshiriladigan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzilishi 
hamda aksiya va ulushlarni ishonchli boshqaruvga topshirish yuzasidan nazoratni 
amalga oshirish maqsadga muvofiq emas deb topildi, chunki mazkur bozor 
qatnashchilari raqobat rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. 
Yangi qonunning qabul qilinishi, raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga 
soluvchi hozirgi kunda ko‘pgina alohida qonunosti hujjatlaridan iborat bo‘lgan 
me‘yorlarning jamlanishini ta‘minlab beradi, bu esa mazkur sohadagi 
munosabatlarni huquqiy tartibga solishning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini 
oshiradi hamda qonuchilikda mavjud bo‘sh joylarni va monopoliyaga qarshi 
tartibga solish sohasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi hamda tadbirkorlik 
subyektlari faoliyati uchun teng shart-sharoitlarni, tovarlarning erkin aylanishini, 
iqtisodiy faoliyatning erkinligini ta‘minlab beradi, bu esa raqobat rivojlanishining 
hamda uning tovar va xizmatlar bozorlarida himoya qilinishining eng asosiy jihati 
hisoblanadi. 
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning bozorda monopollikka intilishi 
va yuqori foyda olishga intilishi obyektiv hodisa. Shu sababli raqobat muhitini 
bozor mexanizmlari va makroiqtisodiy o‘zgarishlar orqali amalga oshmaydi. Ko‘p 
ukladli iqtisodiyot, boshqaruvning nomarkazlashuvi, narxlarning erkinlashuvi va 
davlat tomonidan iqtisodiyotning tartibga solib turilishi raqobat muhitining mavjud 
bo‘lishiga yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun bozor subyektlarining xulq-atvorini 
tartibga soladigan, raqobatni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan kompleks 
chora-tadbirlar ishlab chiqilishi zarur. Bu chora-tadbirlar raqobatni qo‘llab-
quvvatlash siyosatida o‘z aksini topadi. 
Raqobat siyosatining mukammal yo‘nalishlaridan biri bu ―Raqobat 
to‘g‘risida‖gi qonundir. Ushbu qonunning maqsadi monopolistik faoliyat, raqobat 
va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bozor munosabatlarini shakllantirish
antimonopol qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdir. Raqobat to‘g‘risidagi 
qonun erkin raqobat va tadbirkorlik muhitini obyekt sifatida emas, balki raqobat 
muhitini yaratishning dastagi sifatida olib qaraydi. 
Mamlakatimizda raqobat siyosatining strategik yo‘nalishlari quyidagilarda 
o‘z aksini topadi: 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə