O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
ko‘p tomonlama
 
munosabatlar tizimi darajasi ―mamlakat-
tashkilot‖ ushbu darajada monopoliyaga qarshi qonunchilik va raqobatni qo‘llab-
quvvatlash soddalashtirilgan va ular o‘zaro antidemping va antimonopol 
qonunchilikni hamkorlikda olib boradilar
130

Yuqoridagi uch daraja va erkin savdo tarafdorlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni 
tahlil qilgan holda quyidagi asosiy muammolarini aniqlashimiz mumkin. 
Birinchidan, monopoliyaga qarshi qonunchilik ayrim rivojlangan mamlakatlarda 
128
Masalan, Kanadada 1984 yilda ―Antidemping to‘g‘risida‖gi akt bekor qilingan. Ammo bu dempingga qarshi 
tadbirlarning mavjud emasligi yoki qonunchilikda ko‘zda tutilmaganligini bildirmaydi. Aksincha monopoliyaga 
qarshi siyosatning ma‘lum vositalari orqali tartibga solishni anglatib, milliy bozorlarni xorijiy kompaniyalar 
tomonidan diskriminasiya qilinishiga qarshi turadi. 
129
( http://www.dfait-maeci.gc.ca/tna-nac/cda-chile/chap-m26-en.asp)
130
Dempingga qarshi siyosat dastlab Kanada (1904 y), Yangi Zelandiya (1905 y), Avstraliya (1906 y), Janubiy-
Afrika Ittifoqi tomonidan qabul qilingan. Biroq, ushbu siyosatning keng targ‘ib etilishi 1947 yilda GATT (Savdo va 
tariflar bo‘yicha Bosh Bitim) qabul qilingandan so‘ng boshlandi. Ushbu bitimning VI-moddasi dempingga 
bag‘ishlangan edi. Dastlab ushbu bitimda demping umumiy xolda bo‘lib alohida sharoitlar uchun moslashtirilmagan 
va bunday holatlarni ko‘zda tutmagan edi. Shu sababli 13 iyul 1967 yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan muzokaralar 
paytida demping alohida muhokama etildi va ayrim ishtirokchilar tomonidan ma‘qullandi. Bugungi kunga qadar 
uning ishtirokchilari soni muntazam kengayib bordi va hozirda barcha a‘zo-davlatlar tomonidan ma‘qullangan. Bu 
mamlakatlar XST (Xalqaro Savdo Tashkiloti)ning a‘zo-mamlakatlaridir. 


213 
tashqi savdo biznesini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ikkinchidan, monopoliyaga 
qarshi qonunchilik va raqobat siyosati ko‘pgina sohalar tabiiy monopoliya 
bo‘lganligi bois, xalqaro savdo infratuzilmalariga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. 
(transport, yoqilg‘i, aloqa va axborotlashtirish ). Uchinchidan, monopoliyaga 
qarshi qonunchilik va raqobat siyosati milliy bozorlarga xorijiy kompaniyalarning 
kirishiga to‘sqinlik qiladi va proteksionizmni rag‘batlantiradi. To‘rtinchidan, 
mamlakatlarning xalqaro munosabatlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik 
me‘yorlarini majburiy qabul qilish va qabul qildirish amaliyoti schrab turadi. Shu 
sababli ko‘pgina mamlakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka nisbatan 
egiluvchan siyosatni amalga oshiradilar.
Shubhasiz, e‘tibordan qoldirmaslik kerakki ko‘pgina mamlakatlarda 
monopoliyaga qarshi qonunchilik mavjud emas. Bu esa ushbu qonunchilik 
tarafdorlarining monopoliyaga qarshi qonunchilik faqatgina rivojlangan davlatlar 
uchun xosligini isbotlashga urinishlariga asos bo‘ladi. Ammo shuni ta‘kidlash 
joizki milliy iqtisodiyotlarning ko‘pchiligi juda kichik bo‘lib ular o‘z milliy ishlab 
chiqaruvchilarining raqobatbardoshligini saqlab qolish maqsadida yirik biznes 
subyektlarining paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishadi. 
O‘rtacha kattalikdagi milliy iqtisodiyotlar uchun esa monopoliyaga qarshi 
qonunchilik yirik kompaniyalarning paydo bo‘lishiga va ularning birlashishiga va 
dunyo miqyosidagi yirik kompaniyalar darajasiga chiqishlariga to‘siq bo‘ladi. Bu 
esa kompaniyalarning xorijiy kompaniyalar bilan raqibatlashuviga to‘sqinlik 
qiladi. Ayrim hollarda monopoliyaga qarshi qonunchilikka asosan ayrim 
kompaniyalarning qo‘shilishiga ruxsat berish orqali xalqaro bozorda yirik 
raqobatbardosh kompaniya tashkil etilishiga ham imkoniyat paydo bo‘ladi.misol 
uchun Tak, 1987 yilda Buyuk Britaniyaning monopoliya Komissiyasi (Monopolies 
and Mergers Commission, MMC) British Airways va British Caledonian 
aviakompaniyalarining qo‘shilishi ayrim kichik milliy aviakompaniyalar 
faoliyatiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsada, kelgusida ularning qo‘shilishi 
kelgusida xalqaro miqyosda raqobatlashuv imkoniyatiga ega mamlakatda eng yirik 
kompaniyaga aylanishini ko‘zda tutgan holda ruxsat berdi
131
.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə