O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


M.Porterning raqobat ustunliklari rombi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

M.Porterning raqobat ustunliklari rombi. 
 
1990-yillardan e‘tiboran raqobat ustunligi nazariyasiga resurs yondashuvi 
(Resource-Based Approach) rivojlana boshlandi. Ushbu yondashuv firmalarning 
raqobat ustunligi ularning tasarrufida mukammal moddiy va intellektual resurslar 
mavjudligi bilan izohlanadi. Tarmoqdagi o‘zgarishlar qanchalik izchil bo‘lmasin, 
bunday resurslarning mavjudligi firmaning mavqyeini saqlab qolishga imkon 
beradi. 
Raqobat ustunligining resurs konsepsiyasining rivojlanishiga B. Vernerfelt, 
K. Praxalad va G. Hamel
73
, E. Penrouz, R.M. Grant, keyinchalik S.Montgomeri
74

D.Barney
75
, D.Aaker, R.Amit, Dj.Deyem, A.Diriks, K.Kul, tomonidan 
rivojlantirildi
76
.
1990 yilda K. Praxalad va G. Hamellarning ―Korporasiyaning muhim 
sohalari‖ ilmiy tadqiqot xulosasi yetakchi kompaniyalarning muhim ustunlik 
jihatlarini tahlil qilib, raqobat ustunligi ularning investision jozibadorligi, biznes 
turlarining jozibadorligiga emas, balki ularda faoliyatning turli sohalarini samarali 
boshqarishga ham bog‘liqligi ko‘rsatib berildi. K. Praxalad va G. Hamellarning 
fikriga ko‘ra kompaniyaning texnologik va ishlab chiqarish malakalarining 
samarali boshqaruvi (sifatni boshqarish, miniatyurizasiya, tizimli integrasiya) 
tashqi muhit sharoitlariga tezda moslashish va raqobat ustunligini namoyon qilishi 
73
Hamel G., Prahalad C.K. Competing for the Future. – Harvard Business School Press. Boston (Mass.): 1994. 
74
Collis D. J., Montgomery C. A., Competing on Resources, Harvard Business Review, 2008, July-August, pp. 
140—150. 
75
Barney J. B., Firm Resources and Sustained Competitive Advantage, Journal of Management, 1991, 17, (1), pp. 
99-120. 
76
Акмаева Р.И. Стратегический менеджмент: учебное пособие/Р.И.Акмаева.

М: 

Волтерс Клувер, 2010. 

432 стр 
O‘zaro bog‘liq va bir-birini 
to‘ldiruvchi tarmoqlar
Firmalar strategiyasi, 
tarkibi va raqobatchilik 
muhiti
Omillar bilan 
ta‘minlanganlik 
Talab 
parametrlari 


131 
mumkin. 
K. Praxalad va G. Hamellar raqobat ustunligining muhim elementi sifatida 
firma personali va ularning bilim, malaka va ko‘nikmalarini olib qarashadi. 
Shuningdek mijozlar bilan ishlash, ularning sodiqligini oshirish, iste‘molchi 
kapitalini rivojlantirish ham muhim jiatlar sifatida olib qaraladi. 
Raqobat ustunligining resurs konsepsiyasi ―resurslar‖, ―qobiliyat‖, ―renta‖ 
va ―eskilik sarqitlari‖ tushunchalari bilan to‘ldirildi. Shuningdek ushbu konsepsiya 
R.M. Grant tomonidan ―mehnat – yer - kapital‖ uchligi bilan boyitildi. R.M. 
Grantning fikriga ko‘ra resurslar ishlab chiqarish omillari sanaladi. Ammo ayrim 
resurslar o‘z holicha samaradorlikni yoki ustunlikni belgilab bera olmaydi. Ishlab 
chiqarish jarayoni uchun bunday resurs guruhlarining birlashishi va uyg‘unlashuvi 
muhimdir. Resurs guruhlarining muayyan vazifani bajara olish imkoniyati yoki 
faoliyati qobillik deb qaraladi, ya‘ni bunday resurs guruhi firmaning qobiliyati deb 
qaraladi. Bu qobillik firmaning raqobat ustunligida namoyon bo‘ladi. Resurs 
konsepsiyasi asosida R.M.Grant raqobat ustunligining barqarorligini ta‘minlashda 
resurslarning to‘rtta asosiy xususiyati va qobiliyatini belgilab beradi. bular: 
chidamlilik, ―shaffoflik‖, harakatchanlik va tiklanuvchanlik. 
Resurslar va qobiliyatlarning chidamliligi ularning uzoq muddat amal 
qilishini ta‘minlaydi. Shu asosda firmalar ularning eskirishi va chiqib ketishini 
ko‘zda tutgan holda yangilariga almashtirishni amalga oshiradi. Resurslarning 
―shaffofligi‖ raqiblarning ushbu resurs va qobiliyatlarning haqiqatan ham 
mukammal ekanligiga ishonch xosil qilishlari uchun muhim. Resurslar va 
qobiliyatlarning harakatchanligi shuni anglatadiki, aksariyat resurslarning bir 
firmadan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishi qiyinchilik bilan amalga oshadi, shuningdek, 
ularni raqib firmalarning o‘zlashtirib olish imkoniyati ham shunchalik sekin 
amalga oshadi. O‘z navbatida resurslar va qobiliyatlarning qayta tiklanuvchanligi 
firmalarning uzoq davr raqobat ustunligini ta‘minlashga xizmat qiladi, va aksincha. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə