O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Narx shakllanishining makro va mikroiqtisodiy shart sharoitlarini 
tushuntirib bering. 
2.
Narxli raqobat (oligopoliya) sharoitida bozordagi iqtisodiy muvozanat va 
uning tahlilini tushuntirib bering? 
3.
Davlatning narx siyosati raqobatli narx shakllanishida qanday ahamiyatga 
ega? 
4.
Harajatlar bo‘yicha peshqadamlikni tushuntirib bering. 
5.
Bertran paradoksi nima? 
6.
Eng maqbul javob qaytarish funksiyasi mazmuni nimadan iborat? 
7.
Kurno muvozanatining mazmuni nimadan iborat? 
8.
Nesh muvozanatining mazmuni nimadan iborat? 
9.
Shtakelberg muvozanatining mazmuni nimadan iborat? 
10.
Oligopoliya(duopoliya) sharoitida raqobatlashuv qanday amalga oshadi? 
11.
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qanday darajalarda olib 
boriladi?
12.
Narxlarni tartibga solishda jamoatchilik nazorati nima? 


126 
8-BOB: RAQOBAT USTUNLIGI VA UNGA ERISHISH KONSEPSIYASI 
Reja: 
 
8.1. Raqobat ustunligi metodologiyasi 
8.2. Korxonaning raqobat ustunligi tushunchasi, turlari va raqobat 
ustunligini belgilovchi asosiy omillar 
8.3. Raqobat ustunligi va strategiyasini shakllantirish mexanizmi. 
 
 
8.1. Raqobat ustunligi metodologiyasi 
Raqobat ustunligi tushunchasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyatning 
ilmiy-texnik taraqqiyoti, raqobat munosabatlarining kuchayishi bilan izohlanuvchi 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liqdir. 
O‘rta asrlarda ―merkantelizm‖ nomi bilan tanilgan iqtisodiy ta‘limotlar 
yo‘nalishi ijobiy savdo balansiga erishish maqsadida tovarlar importini cheklash, 
ichki ishlab chiqarishni subsidiyalashni ko‘zda tutardi. Ishlab chiqarishni 
subsidiyalashning eng asosiy usullaridan biri metropoliyadan turib boshqarish va 
o‘zlashtirilgan koloniyalarga turli tuman tovarlarni tashib keltirish edi. Buning 
uchun mustamlaka sifatida o‘zlashtirilgan koloniyalarda savdo faoliyati 
monopollashtirilar, xom ashyo, moddiy, ma‘naviy boyliklar arzon eksport qilingan 
va metropoliyadan tayyor mahsulotlar qimmat narxlarda tashib keltirilgan. Bu o‘z 
navbatida metropoliyalarning raqobat ustunligini ta‘minlab bergan. 
Adam Smit 1776 yilda chop etgan «Xalqlar boyligining sabablari va 
tabiatini tadqiqoti» degan kitobida merkatilizm tarafdorlari qarashlarini tanqid 
qildi. Uning fikricha, davlatning xaqiqiy boyligi uning fuqarolari foydalana 
oladigan mahsulot va xizmatlarda o‘z aksini topadi. Ayrim mamlakatlar 
boshqalariga nisbatan ayrim tovarlarni samarali ishlab chiqarishadi. Shu bois 
tovarlarni xorijdan ancha arzon narxlarda sotib olishlari mumkin bo‘lsa fuqarolar 
maxalliy tovarlarni sotib olishlari zarur emas. Bu nazariya A. Smitning mutloq 
ustunlik nazariyasi deb nomlanadi. Smitning isbotlashicha, agar savdo 
chegaralanmasa, har bir davlat raqobat ustunligiga ega bo‘lgan mahsulotlarni 
ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Har bir mamlakatning resurslari rentabelli 
soxalarga o‘tib ketadi, chunki mamlakat rentabelligi past bo‘lgan sohalarda 
raqobatlasha olmaydi. Ixtisoslashuv natijasida mamlakatning ishlab chiqarish 
samaradorligi ishchi kuchilarining malakasi ortishi va bir turdagi maxsulotdan 
ikkinchisiga o‘tishda vaqtni yo‘qotmaganligi sababli ortadi. Bunda bir xil 
mahsulotni uzoq muddat ishlab chiqarishning samarali usullarini joriy etish 
taminlanadi va rag‘batlantiriladi. Mamlakatlar o‘z tabiiy va nisbiy ustunliklarini 
hisobga olish hisobiga ma‘lum turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashishi kerak. 
1817 yilda D.Rikardo A.Smit nazariyasini rivojlantirib, nisbiy ustunlik 
nazariyasini ishlab chiqdi. Uning fikricha, agar mamlakat mutloq ustunlikni 
hisobga olmagan holda boshqa maxsulotlarga nisbatan samaraliroq ishlab 
chiqaradigan maxsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa savdodan foyda 
(yutishi) ko‘radi. Agar mamlakat o‘z resurslarini faqat samarali ishlab 


127 
chiqaradigan maxsulotga jalb etsa, u bundan albatta yutadi. Natijada u mana shu 
maxsulotni o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymagan davlatlardan xom 
ashyolarni tashib keltirib, ularga egalik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Iqtisodiy 
nazariyaning 
rivojlanishi 
mutloq 
va 
nisbiy 
ustunliklar 
nazariyasining yangi talqinda ko‘rib chiqilishini taqozo etadi. Chunki insoniyat 
o‘sha davrda bugungi kunga qadar tabiiy resurslarlardan keng va samarali 
foydalanmas edi. 
A.Smit va D.Rikardoning nisbiy, mutloq ustunlik nazariyalari, xalqaro savdo 
ta‘limotlari keyinchalik Nobel mukofot sovrindorlari Shvesiyalik Eli Xeksher
67
va 
Bertil Olinlar
68
tomonidan rivojlantirildi. 
B. Olin, E.Xeksher, P.Samuelson
69
lar xalqaro savdoda ―ishlab chiqarish 
omillarining xalqaro taqsimoti‖ nazariyasida har mamlakat iqtisodiyoti ishlab 
chiqarish omillari (kapital, yer, ishchi kuchi) bilan bir xil ta‘min etilmaganligi 
bilan, har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan ajralib 
turadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat (ishchi kuchi) asosiy omil (boshqasidan son 
jihatdan ko‘p) bo‘lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital 
mo‘l bo‘lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon 
bo‘ladi. Har bir mamlakat o‘zining nisbiy ustunligini realizasiya qilishga intiladi, 
jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo‘lgan yo‘l bilan 
tayyorlangan tovarlar ko‘proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi 
shunga olib keladiki, barcha davlatlar o‘ziga qulay va foydali bo‘lgan xo‘jalik 
tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo‘lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu 
nazariya 
ishlab chiqarishning chiqimlarini 
mutlaqlashtiradi va xalqaro 
ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi.
B.Olin (K.Iverson, R.Nurkse bilan birga) kapital chiqarish nazariyasini ham 
ishlab chiqqan. U o‘z ta‘limotida neoklassik marjinalizm konsepsiyasiga 
asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, ―kapitalning eng yuqori unumi‖ 
(foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu mamlakat kapitalining mo‘l-
ko‘lligining turlicha ekanligi bilan izohlanadi degan fikrga keladi. Kapitalning 
―mo‘l-ko‘lligi‖ yoki ―kamligi‖ uning migrasiya sababi qilib ko‘rsatiladi. Bu 
jarayon to kapital unumi har bir mamlakatda bir xil bo‘lguncha davom etadi. Bu 
esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o‘sishi, milliy daromadning ortishi, 
butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekislanishiga olib keladi. 
Yangi xalqaro savdo nazariyasiga ko‘ra, qiymatning mehnat nazariyasi 
(klassik iqtisodiy maktab) inkor etiladi. Xeksher-Olin qonuniga asosan erkin savdo 
sharoitida hamma mintaqalar va davlatlarda ishlab chiqarish omillarining narxi 
muvozanatlashadi, bu esa umumiy iqtisodiy muvozanatga olib keladi. Olin 
67
Хекшер Э. Влияние внешней торговли на распределение дохода// Вехи экономической мысли. Т.6. 
Международная экономика / под ред. А. П. Киреева. — М.: ТЕИС, 2006. с.154-173 — ISBN 5-7598-0439-1 
(англ. The Effect of Foreign Trade on the Distribution of Income, 1919) 
68
Bertil Gottxard Ulin (1899-1979) 

shvesiyalik iqtisodchi, xalqaro savdo va xalqaro kapital harakati nazariyasi 
bo‘yicha nobel mukofoti sovrindori.
69
Pol Entoni Samuelson (1915-2009) 

statik va dinamik iqtisodiy nazariya hamda iqtisodiy fanlarni tahlil qilish 
bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori (1970 y).



128 
ixtisoslashuv, nisbiy ustunlik bo‘yicha tadqiqot olib bordi, savdo tahlilida ―xarajat-
mahsulot chiqarish‖ (V.Leontyev) modelidan foydalandi. 
P. Krugman
70
va K. Lankaster
71
lar ―Miqyos samarasi‖ nazariyasini ishlab 
chiqdilar. 
Ushbu 
nazariyaning 
mohiyati 
shundan 
iboratki, 
muayyan 
texnologiyalarga asoslangan holda yirik ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida 
korxonaning o‘rtacha doimiy xarajatlari kamayib borish tendensiyasiga ega 
bo‘ladi. shu tarzda ommaviy ishlab chiqarish tesurslarning sezilarli tejalishini 
rag‘batlantiradi. Ushbu nazariyaga asoslanib ko‘pchilik mamlakatlarda ishlab 
chiqarish omillari va kuchlari ma‘lum proporsiyalarda o‘zlari uchun ko‘proq naf 
keltiruvchi tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan. Ushbu tarmoqlarda yirik ishlab 
chiqarish ko‘lami xarajatlarning tejalishiga olib keladi. 
Raqobat ustunligi tushunchasiga birinchi bo‘lib AQSh iqtisodchisi M.Porter 
to‘xtalib o‘tdi. U tadqiqotlari davomida xalqaro savdo va nisbiy ustunliklarning 
o‘zaro aloqadorligiga yangicha yondashuvni ishlab chiqdi.
M.Porter yirik transmilliy kompaniyalar va xorijiy investisiyalarni qabul 
qiluvchi mamlakatlarning strategiyasi mavjud raqobat ustunligidan foyda ko‘rishga 
asoslanganini isbotladi. U raqobat ustunligini to‘rt yo‘nalishga bo‘ladi: korporativ 
boshqaruv ustunliklari; ishlab chiqarish omillari ustunligi; mamlakatdagi talab 
hajmi; ko‘makchi va qo‘shimcha tarmoqlarga bog‘liq ustunlik. 
M.Porter ushbu omillar sintezini ―raqobat afzalliklari brillianti‖ deb 
nomlaydi va ular kapitalni chetga chiqarishning muvaffaqiyatini kafolatlashini 
nazarda tutadi
72
. Qo‘shimcha omillar sifatida esa davlatning oqilona siyosati va 
―omadli vaziyatlar‖ni keltiradi. Shuningdek, olim mamlakatda o‘zaro bog‘liq 
ishlab chiqarish tarmoqlari mavjudligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar 
qabul qiluvchi mamlakat uchun katta raqobat ustunliklari va imkoniyatlarini 
yaratishini isbotlaydi. Buning uchun davlat tarmoq va sohalar bo‘yicha klasterlarni 
rivojlantirishga turtki berishi kerakligini ta‘kidladi. 
M.Porterning izlanishlarida milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi masalasi 
diqqat markazida bo‘lib keldi. U raqobat ustunligiga oid zamonaviy 
nazariyalarning ko‘piga asos bo‘lgan fikrlarni yoritib berdi. M. Porter 
mamlakatning nisbiy yoki mutloq ustunligi uning resurslar bilan yaxshi 
ta‘minlanganligiga bog‘liq emasligini, raqobat ustunligini shakllantirish, ta‘minlab 
turish 
mumkinligini ko‘rsatib berdi va unga mamlakat firmalarining 
raqobatdoshligini ta‘minlash orqali erishiladi, degan fikrni ilgari surdi. 
Raqobatdoshlikni shakllantirish va rivojlantirishning M.Porter konsepsiyasiga 
ko‘ra, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari ―milliy romb‖ni tashkil etuvchi 
to‘rt elementdan iborat. Bular: 
70
Pol Robin Krugman (1953 y) 

AQSh iqtisodchisi, savdo modellari tahlili va iqtisodiy geografiya muammolari 
bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori.
71
Kelvin Djon Lankaster (1924-1999) 

AQSh iqtisodchisi, monopolistik raqobat, iste‘molchi xulq atvori va 
iqtisodiy matematika bo‘yicha taniqli olim.
72
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ―2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi‖ 
mavzusidagi ma‘ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot. - 2012. – 282 bet –492 betlar. 


129 
1. Mehnat, moddiy boyliklar, intellektual salohiyat, pul, bozor infratuzilmasi 
resurslari. Ushbu omillar bilan ta‘minlanganlik mamlakatning raqobatdoshligiga 
ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bu resurslarning ba‘zilari azaldan mavjud bo‘lsa, ayrimlari 
yaratiladi va rivojlantiriladi. 
2. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki va tashqi 
bozorlardagi talabning hajmi, tarkibi va ularning dinamikasi. Bu mahsulotlarga 
talab hajmining oshishi milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshiradi va 
aksincha. 
3. Bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlarning mavjudligi. Bu murakkab 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qimmat resurslarni mamlakat 
ichidan topish, mahsulot yetkazib beruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, 
yangiliklarni joriy qilishga ko‘maklashish imkonini beradi. Minglab butlovchi 
qismlarni talab etuvchi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda raqobatbardosh 
bo‘lish shu qismlarning aksariyatini mamlakatda ishlab chiqarilishini yo‘lga 
qo‘yish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston misolida olib qaraydigan bo‘lsak, 
birgina paxta xomashyosining mo‘l-ko‘lligi kimyoviy tolalar, sifatli bo‘yoqlar, ip 
yigiruv fabrikalari va tikuv korxonalar mavjud bo‘lmasa, to‘qimachilik sanoatining 
raqobat ustunligini ta‘minlash uchun yetarli bo‘lmaydi. 
4. Firmani boshqarishda raqobatning xususiyatlari e‘tiborga olinadi. Bunda 
turlicha strategiya va maqsadlar ishlab chiqiladi. Ichki bozorda keskin raqobatning 
mavjudligi firmalarni o‘z faoliyatini takomillashtirishga, ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun tashqi bozorlarga chiqishga undaydi. Kuchli ichki raqobat 
muhitida toblangan firmalar tashqi bozorlarda ham osonroq muvaffaqiyatga 
erishadi. Shu sababli hukumatning mamlakat ichida erkin raqobat muhitini 
yaratish, monopollashuvga qarshi kurashish kabi chora-tadbirlari muhim 
ahamiyatga ega. 
Ushbu to‘rt elementga hukumatning faoliyati va tasodifiy holatlar ta‘sir 
ko‘rsatadi. Tasodiy holatlar mamlakatni rivojlantirishning umumiy shart-sharoitlari 
bilan bog‘liq bo‘lmagan, yuzaga kelishiga firma ham, davlat ham ta‘sir ko‘rsata 
olmaydigan hodisalar kiradi.Ularga ixtirochilik, yirik texnologik yutuqlar, resurslar 
narxining keskin ko‘tarilishi, jahon moliyaviy bozorlari konyukturasi va valyuta 
almashinuvi kurslari, tashqi talabning keskin o‘zgarishi, chet el hukumatlarining 
siyosiy qarorlari, urushlar va tabiiy ofatlarni kiritish mumkin.


130 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə