O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Korxona muhitiga bog’liqligiga ko’ra



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Korxona muhitiga bog’liqligiga ko’ra

– ichki raqobat ustunligi (mahsulot tannarxini pasaytirish bilan bog‘liq 
bo‘lib, mahsuldorlik, rentabellik, mehnat unumdorligi, ixtisoslashuv, ishlab 
chiqarish ko‘lami, joriy samaradorlik kabilar omillarda namoyon bo‘ladi);. 
– tashqi raqobat ustunligi (iste‘molchilar uchun muhim qimmatdorlik 
yaratish, korxonaning bozor potensialini oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, yuqori narx 
orqali sotishni amalga oshiradi. Tashqi raqobat ustunligi omillariga marketing 
uslublari, samarali sotish kanallarini tashkil qilish, iste‘molchilar talabini to‘g‘ri 
prognoz qila olish, iste‘molchilar xulq-atvorini bilish kabilar kiradi). 
Erishish mumkinligi yoki qo’llash imkoniyatiga ko’ra: 
– erishish mumkin bo‘lgan raqobat ustunligi, yoki potensial raqobat 
ustunligi; 
– korxonaning joriy raqobat ustunligi yoki real raqobat ustunligi. 
Barqarorligi bo’yicha; 
– barqarorligi past raqobat ustunligi – bunday ustunlik raqiblar tomonidan 
tezda o‘zlashtirib olinishi va qo‘llanilishi mumkin. Bunga arzon ishchi kuchi, 
zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar, yangi texnologiyalar kiradi; 
– barqarorligi o‘rtacha raqobat ustunligi – aniq muddat raqobat ustunligini 


133 
ta‘minlab turuvchi, kelgusida o‘z ahamiyatini va huquqiy muhofazasini yo‘qotish 
natijasida raqiblar tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan raqobat ustunligi 
bo‘lib, 
bunga 
patentlangan 
texnologiya, 
murakkab 
tovar(xizmat)lar 
differensiasiyasi, samarali distribusiya tarmoqlari va siljitishning zamonaviy 
uslublarini kiritish mumkin. Bunday raqobat ustunligiga erishish uchun ishlab 
chiqarish quvvatlariga qo‘shimcha kapital kiritish, ITTKI va marketing 
tadqiqotlarini muntazam olib borish, xodimlarni ixtisoslashtirilgan biznes 
kurslarida o‘qitish va qayta tayyorlash zarur bo‘ladi; 
– barqarorligi yuqori raqobat ustunligi – bu yirik kapital qo‘yilmalarni jalb 
qilish, ilmtalab va innovasion loyihalarni moliyalashtirish va qo‘llash orqali 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə