O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Ta’sir doirasi yoki korxonaning faoliyat doirasiga ko’ra



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Ta’sir doirasi yoki korxonaning faoliyat doirasiga ko’ra. 
– mahalliy raqobat ustunligi(mintaqa); 
– milliy raqobat ustunligi(mamlakat); 
– xalqaro raqobat ustunligi (jahon bozori). 
Amal qilish davriga ko’ra: 
– uzoq muddatli raqobat ustunligi; 
– qisqa muddatli raqobat ustunligi. 
Raqobat ustunligining quyidagi uch asosiy xususiyati mavjud: 
Birinchidan, raqobat ustunligining nisbiyligi. Bunda raqobat ustunligi 
raqiblarga nisbatan yoki iste‘molchilar uchun afzalliklar bo‘yicha taqqoslash orqali 
aniqlanadi. 
Ikkinchidan raqobat ustunligining mahalliy chegaralanganligi. Bunda 
raqobat ustunligini aniqlashda muayyan tanlab olingan bozor segmentlari yoki 
bozorning geografik chegarasi olinishi kerak.
Uchinchidan, raqobat ustunligining davriyligi. Bu shuni anglatadiki, 
korxonaning raqobat ustunligi o‘zining hayotiylik davriga ega bo‘lib, muayyan 
vaqt oralig‘ida aniqlanadi. 
Raqobat ustunligining davriyligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, korxona 
faoliyat ko‘rsatib boshlagan davrdan e‘tiboran boshlanib, toki ushbu ustunlik 
omillaridan korxona voz kechmagunga qadar amal qiladi. 
3.1-jadval 
Raqobat ustunligining asosiy tasniflari
Raqobat ustunligining asosiy 
tasniflari 
Asosiy turlari 
Erishish mumkinligi yoki 
qo‘llash imkoniyatiga ko‘ra: 
–potensial raqobat ustunligi; 
–real raqobat ustunligi 
Barqarorligi bo‘yicha; 
– barqarorligi past raqobat ustunligi; 
– barqarorligi o‘rtacha raqobat ustunligi; 
– barqarorligi yuqori raqobat ustunligi 
Ta‘sir doirasi yoki 
korxonaning faoliyat doirasiga 
ko‘ra. 
– mahalliy raqobat ustunligi(mintaqa); 
– milliy raqobat ustunligi(mamlakat); 
– xalqaro raqobat ustunligi (jahon bozori) 


134 
Amal qilish davriga ko‘ra: 
– uzoq muddatli raqobat ustunligi; 
– qisqa muddatli raqobat ustunligi 
Korxona muhitiga 
bog‘liqligiga ko‘ra: 
– tashqi raqobat ustunligi 
– ichki raqobat ustunligi 
Raqobat ustunligining mahalliy jihatdan chegaralanganligiga keladigan 
bo‘lsak, ushbu ma‘lum geografik hudud, bozorning aniq segmentlarida amalga 
oshirilishi muhim hisoblanadi. Chunki milliy bozorlarda ustun mavqyega yoki 
raqobat ustunligiga ega bo‘lgan firma jahon bozorida o‘zining ustunligini namoyon 
qila olmaydi. 
―raqobat‖, ―raqobatbardoshlik‖, ―raqobat ustunligi‖ va ―raqobat strategiyasi‖ 
kategoriyalari yaxlit tizimni tashkil etadi. Ushbu tushunchalarning turlicha 
tariflanishi, o‘zaro bog‘liqligini ularning turli darajada olib qaralishi bilan 
izohlashimiz mumkin. Ushbu elementlar birgalikda korxonalarning muayyan bozor 
segmentlarida o‘zaro raqobat kurashida ishtirok etishini ta‘minlaydi(8.2.1-rasm). 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə