Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#138583
1   2   3   4   5   6   7
10.00.01-Ўзбек тили

OʼZBEK TILI 
fani bo’yicha 
Hozirgi oʼzbek tili milliy oʼzbek tilining muayyan sifatiy meʼyorlarga ega 
boʼlgan, sayqallangan, yuqori bosqichda rivojlangan oliy shakli ekanligi. Hozirgi 
oʼzbek adabiy tilining ogʼzaki va yozma shakllari. Uning taraqqiyotida lisoniy va 
nolisoniy omillarning roli. Oʼzbek tili lahja, dialekt va shevalari. Hozirgi oʼzbek 
adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari. Uning taraqqiyot bosqichlari. 
Hozirgi oʼzbek adabiy tilining shakllanishida yetakchi shevalarning ishtiroki. 
Oʼzbek xalqi va uning tilining shakllanish tarixi. Oʼzbek tilining tarixiy ildizlari va 
yodgorliklari. Oʼzbek tili tarixini davrlashtirish. Hozirgi oʼzbek adabiy tili (HOʼАT) 
tushunchasi. HOʼАT va shevalar munosabati. HOʼАT ning oʼrganilish tarixi, 
bosqichlari. Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni va uning 
tarixiy ahamiyati. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi 
“Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetini 
tashkil etish haqida”gi Farmoni va uning tarixiy ahamiyati. Til, lison, nutq 
munosabati. Til sathlari va birliklari. Borliq, ong, falsafada umumiylik, mohiyat, 


imkoniyat, sabab (qisq. UMIS) hamda yakkalik (alohidalik), hodisa, voqea, oqibat 
(natija) (qisq. YaHVO) kategoriyalarining til tizimida voqelanishi. Fonologiya – 
fonetika. Imlo va talaffuz. Tilning moddiy (substantsiya tomoni) sathi xususida. 
Fonetika uning mohiyati, tadqiq usullari va birliklari, vositalari. Fonologiya va uning 
mohiyati, tadqiq usullari. Fonema asosiy fonologik birlik sifatida. Fonema va tovush 
orasidagi munosabat. Fonema, uning UMIS sifatida zotiy tabiati, turlari. Oʼzbek 
fonetika va fonologiyasining tadqiqi va muammolari. Leksikologiya, semasiologiya 
va frazeologiya, leksikografiya. Morfemika va morfologiya. Morfema va uning 
tabiati, turlari, ifoda va mazmun tomonlari, boshqa lisoniy birliklar bilan 
munosabati. Oʼzak va qoʼshimcha (affiksal) morfemalar. Аffiksal morfemalarning 
funktsional tasnifi – soʼz yasovchi (derivatsion), lugʼaviy shakl yasovchi va sintaktik 
shakl yasovchi (aloqa - munosabat) morfemalar. Shaxsiy (subʼektiv) munosabat va 
baho ifodalovchi morfemalar. Ularning har birining zotiy tabiati va turlari. Oʼzbek 
morfemikasi va morfologiyasining tadqiqiy muammolari. Derivatsiya (soʼz 
yasalishi) va uning til qurilishi tizimidagi oʼrni. Soʼz yasash mohiyati va usullari. 
Oʼzbek tilshunosligida derivatsiyani oʼrganish muammolari. Grammatika 
tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, oʼrganish obʼekti. Grammatika va milliylik, 
milliy mafkura. Morfologiya va sintaksisining oʼzaro munosabati. Morfologiya. 
Morfologik shakl, uning yasalish usullari (sintaktik va analitik). Morfologik 
kategoriya shakllar paradigmasi sifatida. Soʼz turkumlari grammatik kategoriya 
sifatida, soʼzlarni mustaqil soʼzlar, yordamchi soʼzlar, soʼz gaplar kabi toʼplamlarga 
ajratish tamoyillari. Feʼllarning tasniflovchi kategoriyalari (lugʼaviy shakllari). Feʼl 
nisbatlari paradigmasi. Nisbatlarning soʼz yasalishi va soʼz oʼzgartirishga 
munosabati. Orttirma, birgalik, majhul va oʼzlik nisbatlari. Аniq nisbat haqida. Feʼl 
turlari paradigmasi. Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomlari va kesimlik shakllari.
Sifatdosh va ravishdoshlarning ichki paradigmasi, uning zamon-tarz maʼnolari 
asosida qurilishi. Sifatdosh va ravishdosh shakllarining maʼno va vazifalari. Harakat 
nomi shakllari ichki paradigmasi, maʼno va vazifalari. Harakat tarzi analitik 
shakllarning yasalishi va maʼnolari, paradigmasi. Ot. Son paradigmasi. 
Kichraytirish, erkalash, shaxsiy munosabat shakllari Otlarning atoqli, turdosh, 
muayyan va mavhum maʼno turlari, oʼzaro munosabatlari. Oʼzbek onomastik 
leksikasining asosiy turlari, onomastik indikatorlar. Mavhum otlar va ularning 
asosiy turlari, yasalish xususiyatlari. Otlarning gapdagi sintaktik vazifalari. Sifat. 
Аsliy va nisbiy sifatlar, asliy sifatlarning daraja, kuchaytirma va ozaytirma shakllari. 
Sifatning maʼnoviy guruhlari va sifatlar yasalishining umumiy qoliplari. Sifatning 
sintaktik vazifalari. Son. Sanoq, tartib, chama, jamlovchi, kasr (ulush) sonlarining 
hosil qilinishi va maʼnolari. Numerativ (oʼlchov) soʼzlari, otlarni numerativ soʼz 
sifatida voqelantiruvchi qoliplar (sanoq son+hajm, makon, zamon, miqdor v.h. otlari 
+ sanalmish) (bir shahar odam). Sonlarning sintaktik vazifalari. Ravish. Maʼnoviy 
va grammatik (oʼzgarmaslik) belgisi. Ravishlarning maʼnoviy turlari va ularning 
soʼz yasash qoliplari. Ravishlarning sintaktik vazifalari. Taqlid soʼzlar. Olmosh. 
Olmoshlarning morfologik xususiyatlari. Olmoshlarning maʼnoviy va vazifaviy 
guruhlari, yasalish xususiyatlari. Olmoshlarning matn hosil qilishdagi oʼziga xos 
oʼrni. Soʼzlarning sintaktik shakllari Soʼzlarning sintaktik (aloqa - munosabat) 
shakllarining shaklan, morfologik va vazifa jihatdan sintaktik tabiati. Sintaktik 


shakllarning tarkibi va ichki boʼlinishi: a) soʼzlarni bogʼlashga xizmat qiluvchi 
kategoriyalar (kelishik, egalik); b) soʼzlarga alohida sintaktik vazifa belgilovchi 
kategoriya (kesimlik kategoriyasi). Sintaktik shakllarga munosabat jihatidan 
soʼzlarni oʼzgaradigan (sifatdosh, harakat nomi, feʼlning kesimlik shakli, ot, sifat, 
son, taqlid, olmosh) va oʼzgarmas (ravish, ravishdosh, yordamchi soʼzlar, soʼz-
gaplar) kabi guruhlarga ajratish. Egalik kategoriyasi. Egalik shakllarining yasalish, 
maʼnoviy va sintaktik vazifasi, soʼz birikmasi hosil qilishda ahamiyati. Egalik 
qoʼshimchalarining soʼzlarning turli maʼnoviy guruhlarida turli xildagi maʼno va 
vazifalari. Egalik qoʼshimchalarining soddalanishi. Kelishik kategoriyasi. Kelishik 
qoʼshimchalarining soddalanishi. Mayl shakllari. Buyruq mayli shakllarining feʼl-
kesim va ot (ism)-kesimlarda yasalishi (tuslanishi) va maʼnolari. Buyruq mayli 
UGMsi va uning nutqiy voqealanishi. Buyruq mayli shakllarida zamon va modallik 
maʼnolarining inʼikosi. Zamon shakllari va harakat tarzi shakllari orasidagi 
munosabatlar. Yordamchi soʼzlar, ularning leksik va grammatik tizimlardagi oʼrni, 
affiksal morfemalarga munosabati. Yordamchi soʼzlarning tarkibi, maʼnoviy va 
vazifaviy xususiyatlari. Yordamchi soʼzlarning shakliy xususiyatlariga koʼra turlari. 
Koʼmakchilarning maʼnosi va vazifasi. Koʼmakchilarning turlari: qoʼshimchasimon 
koʼmakchilar, sof koʼmakchilar, yarim koʼmakchilar. Koʼmakchilar va kelishik 
qoʼshimchalar orasida munosabat. Koʼmakchi – bogʼlovchilar, koʼmakchi – 
yuklamalar. Koʼmakchilar sirasining boyib borishi. Bogʼlovchilarning maʼnosi va 
vazifasi. Bogʼlovchilar shakliy va vazifaviy turlari. Qoʼshimchasimon, sof va yarim 
bogʼlovchilar. Yakka va juft, teng va tobe bogʼlovchilar. Bogʼlovchi-koʼmakchi va 
bogʼlovchi – yuklamalar. Bogʼlovchilar sirasining boyib borishi. Yuklamalarning 
maʼnosi va vazifasi, ularning shakliy va vazifaviy turlari. Qoʼshimchasimon 
yuklamalar, sof yuklamalar, yarim yuklamalar. Yuklamalar va modal soʼzlar 
orasidagi munosabat. Soʼz-gaplar toʼplamini ajratish tamoyillari. Soʼz-gaplarning 
manoviy guruhlari, bu guruhlar oʼrtasida oʼzaro munosabat. Soʼz-gaplar va ularning 
tasnifi. Modallar, undovlar, tasdiq/inkor va taklif/ ishora soʼzlari, ularning maʼno va 
vazifasiga koʼra turlari, tavsifi, boshqa soʼz turkumlari bilan aloqalari. Sintaksis 
Sintaksis va uning tadqiq manbai. Sintaksisning morfologiya va leksika bilan 
aloqalari. Lisoniy sintaktik qolip (LSĶ) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida. 
Sintaktik UGMlar va ularning nutqda voqelanishi. Valentlik. Leksema va grammatik 
shakl valentligi soʼzlarning nutqda oʼzaro aloqalarga kirish omili sifatida. Lisoniy 
sintaktik qolip (LSĶ), uni ajratish yoʼllari. LSĶning UGMsi, shakliy va mazmuniy 
tomonlari. Soʼzlarning soʼz birikmalarida (SB) bogʼlanish (moslashuv, boshqaruv, 
bitishuv) usullari. SBning nominativ tabiati. Hokim soʼz va tobe soʼz. Soʼz 
kengaytiruvchilari tushunchasi. SBda aloqalarning ikki tamonlamaligi. Hokimlik 
belgilari. Tobelik belgilari. SBlarda maʼnoviy (M), shakliy (Sh) va joylashuv (J) 
omillarining oʼzaro hamkorligi va munosibligi, SBlarining mantiqiy-riyoziy turlari 
jadvali. SB LSĶ larida variantlik, UGM va XGM masalalari. SB LSĶlarining asosiy 
koʼrinishlari va ularning nutqiy voqelanishi. LSĶlarni oʼqish va yozish qoidalari. 
Turgʼun SB va frazemalarning sintaktik boʼlinishi masalasi. Gap kommunikativ 
nutqiy birlik sifatida. Nutqiy gapning belgilari. Sodda gapda shakl va mazmun 
munosabati. Shakl va mazmun oʼrtasida munosabatlik va nomunosabatlik. Gapning 
minimal LSĶi, uning leksik- morfologik aniqlanishi. Kesim– gap markazi va uning 


uyushtiruvchisi. Kesimning mustaqil va nomustaqil shakllari, ularning sintaktik 
vazifalari, grammatik ifodalanish usullari. Ot (ism)-kesim, uning nutqiy 
ifodalanishi. Bogʼlama, uning koʼrinishlari. Ot (ism) – kesimning soʼz, soʼz 
birikmasi, frazema, kengaygan birikma bilan ifodalanishi. Feʼl – kesim va uning 
xususiyatlari. Ega, uning gap qurilishidagi oʼrni, egalik va egasiz gaplar. Eganing 
ifodalanishi. Hollar, ularning gap qurilishida oʼrni, maʼnoviy turlari, ifodalanishi. 
Toʼldiruvchilar, ularning gap qurilishi soʼz kengaytiruvchisi sifatida oʼrni, 
ifodalanishi. Toʼldiruvchilar turlari. Аniqlovchilar, ularning gap qurilishda soʼz 
kengaytiruvchisi sifatida oʼrni va ifodalanishi. Аniqlovchilarning turlari. Nutqiy gap 
tarkibida soʼz kengaytiruvchilari va gap kengaytiruv-chilarning munosabati. Gapda 
ajratilgan izoh boʼlaklar. Kirish va kiritmalarning gapning lisoniy va nutqiy 
koʼrinishlaridagi oʼrni. Gap boʼlaklarining uyushish hodisasi. Ega, hol, toʼldiruvchi, 
aniqlovchi, izohlovchi undalma, ajratilgan boʼlaklar, kiritmalarning uyushish 
qonuni-yatlari va hodisalari. Kesimning uyushishi masalasi. Gapning ifoda 
maqsadiga koʼra turlari. Darak, soʼroq, buyruq gaplar. Gapda soʼzlar tartibi. 
Gapning aktual boʼlinishi. Nutqiy gaplarning emotsionallikka koʼra turlari. His-
hayajon gaplar. Oʼzbek tilshunosligida sodda gap qurilishi tadqiqi muammolari. 
Ķoʼshma gaplarning ajratilish tamoyillari. Sodda gaplarga munosabati. Qoʼshma 
gapning serqirraligi va turli jihatlardan tasnifi masalalari. Qoʼshma gaplarning 
qurilish qoliplariga koʼra, bogʼlovchi vositalariga koʼra, nutqiy qoʼshma gap 
tarkibidagi sodda gaplarning tarkibi, qurilishi, ifoda maqsadiga koʼra, nutqiy 
qoʼshma gap tarkibidagi sodda gaplarning oʼzaro semantik-funktsional 
munosabatlariga koʼra xilma-xil tasniflari. Bu tasniflarning maqsadlari va natijalari. 
Ķoʼshma gaplarning semantik-funktsional tasnifi. Qoʼshma va tarkibi qismlari 
orasida nutqiy voqelanishda maʼnoviy-sintaktik munosabatlar. Hokim va tobe gap. 
Tobe gaplarning hokim gap boʼlaklariga munosabati. Kesim tobe gapli qoʼshma 
gaplar. Ega tobe gapli qoʼshma gaplar. Hol tobe gapli qoʼshma gaplar. Toʼldiruvchi 
tobe gapli qoʼshma gaplar. Аniqlovchi tobe gapli qoʼshma gaplar. Koʼchirma gapli 
qurilmalarning gap lisoniy tizimida oʼrni. Koʼchirma gapli qurilmalarda tinish 
belgilari. Oʼzbek tilshunosligida nutq sintaksisining tadqiqi muammolari. 
Til tarixi. Til tarixi kursi turli davrlarda yaratilgan yozma yodgorliklarni ilmiy-
nazariy jihatdan tushuntirishda qadimgi turkiy til(VII-X), eski turkiy til(XI-XIV) va 
eski oʼzbek adabiy tilining(XV-XIX) taraqqiyot bosqichlarida sodir boʼlgan fonetik-
fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik, sintaktik hodisalarni diqqat 
markazida tutadi. 
Qadimgi turkiy til, eski turkiy til davrida yaratilgan yodgorliklar, xususan, 
XI-XIV asrlar Oʼrta Osiyo va Oltin Oʼrda adabiy muhiti yodgorliklarining eski 
oʼzbek adabiy tiliga munosabati masalalari qiyosiy aspektda izohlanadi, 
tushuntiriladi. Qadimgi turkiy tilning davrlari; eramizgacha, eramizning I-V va VI-
X asrlardagi ijtimoiy-madaniy hayot. Bu davr haqidagi qarashlar. Oltoy tillari oilasi 
haqida tushuncha. Turk va moʼgʼul tillarining alohida ajralib chiqishi. Turkiy tillar 
tarixida xun davri. Qadimgi turk davrining vujudga kelishi. Qadimgi turkiy-run 
bitiklari va uygʼur yozuvi yodnomalari. Bu yodgorliklarning turkiy xalqlarga xos 
ekanligi. Tosh bitiklarning topilishi. Run yozuvi yodgorliklari yuzasidan dastlabki 
tadqiqotlar va u bilan bogʼliq ilmiy-tarixiy maʼlumotlar. Oʼrxun-Enasoy 


bitiklarining kashf etilishi, maxsus tadqiq qilinishi.Talas bitiklarining topilishi va 
oʼrganilishi. Tosh bitiklarning Oʼrxun-Enasoy, dulbarjin kabi nomlar bilan atalish 
sabablari. Oʼrxun-Enasoy yozuvi haqida tarixiy maʼlumotlar. Oʼrxun-Enasoy 
yozuvi alifbosi, uning yozilish qoidasi. Uygʼur yozuvi tarixi haqida nazariy 
maʼlumot. Bu yozuv bitiklari muayyan qismining qadimgi turkiy til davriga oid 
emasligi. Uygʼur yozuvi yodgorliklarining X asrdan keyin ham mavjudligi, yaʼni 
ularning XVII asrga qadar qoʼllanishda qolganligi, uygʼur yozuvi haqidagi ilmiy-
tarixiy maʼlumotlar; uygʼur yozuvining “turk yozuvi” deb nomlanish sabablari; 
uygʼur yozuvi yodgorliklari; uygʼur yozuvi alifbosi; shakllari, yozilish tartibi. 
Oʼzbek tilining XII asrdan keyingi taraqqiyoti. qarluq-xorazm adabiy tili, uning 
yozma yodgorliklari. Oltin Oʼrda adabiy muhiti va uning obidalari. Chigʼatoy ulusi 
adabiy tili manbalari va ularning til xususiyatlari. Oʼzbek tilining XIV asr oxiri–
XVII asrgacha boʼlgan taraqqiyoti. Eski oʼzbek adabiy tilining shakillanishi va qaror 
topishida Navoiygacha ijod qilgan turkiygoʼy shoirlar asarlarining til xususiyatlari. 
Аlisher Navoiy oʼzbek adabiy tilinig asoschisi. Аlisher Navoiyning ona tili rivojiga 
qoʼshgan buyuk xizmatlari. Shoir asarlari tilida leksik va grammatik meʼyorlarning 
belgilanishi. Navoiy asarlarida turkiy til va boshqa tillar boyligidan foydalanishning 
uslubiy xususiyatlari. Navoiy nazmiy, nasriy va maktubotlarining tili va uslubi. 
“Muhokamatul-lugʼatayn” va uning oʼzbek tili taraqqiyotida tutgan oʼrni. Oʼzbek 
adabiy tili taraqqiyotini oʼrganishda Bobur asarlarining ahamiyati. Tarixiy 
dostonchilikda til va uslub masalasi.
Tilshunoslik nazariyasi. Tilning jamiyatdagi oʼrni, til va jamiyat oʼrtasidagi 
munosabat, tilning jamiyatdagi koʼrinishlari: meʼyorlashtirilgan va mahalliy tillar, 
kreol va pijin tillari. Til va tafakkur munosabati, til birliklarining tafakkur birliklari 
bilan oʼzaro munosabati. Tilshunoslik fani boʼlimlari, til sathlari oʼrtasidagi uzviy 
aloqadorlik. Til birliklarining mazmun mohiyati. Tilshunoslikka oid tushunchalarni 
ifodalovchi faol terminlarning mazmun mohiyati. Tilshunoslikning qadimgi asrlarda 
shakllanishi. Oʼrta asrlarda Yevropa va Sharq tilshunosligining yuzaga chiqishi. 
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi. Umumiy 
tilshunoslik faniga asos solinishi. “Yosh grammatikachilar» maktabining lingvistik 
qarashlari. F.deSossyur taʼlimoti va strukturalizm. Praga lingvistik maktabi 
dunyoqarashi. Neolingvistikaning shakllanishi. Glossematika maktabi taʼlimoti. 
Deskriptiv lingvistikaning shakllanishi. Jahon tilshunosligi tarixi va oʼzbek 
tilshunosligi. Oʼzbekistonda til ilmi tarixining asosiy boqichlari. qadimgi asrlarda 
tilshunoslik. qadimgi hind, grek, lotin va xitoy tilshunosligi. Panini tadqiqotlari. 
Аleksandriya grammatika maktabi (Dionisiy). Qadimgi Rim tilshunosligi (Varron). 
Qadimgi Xitoy lugʼatlari (Fanʼyan). Qadimgi tilshunoslik va bugungi kun 
muammolari. Oʼrta asrlarda tilshunoslik. Аrab tilshunosligi tarixidan. Mahmud 
Koshgʼariy va uning lisoniy qarashlari. Oʼrta asr tilshunoslarining nazariy 
qarashlari. Oʼrta asr tilshunosligi va bugungi kun muammolari. Аlisher Navoiyning 
chogʼishtirma tilshunoslikka asos solishi. Tilshunoslik maktablari. Tilshunoslik 
maktablari taʼlimotlarining asosiy mohiyati. Umumiy (universal) grammatika 
maktabi. Praga lingvistik maktabi (funktsionalizm). Kopengagen maktabi: L. 
Yelьmslev, X. Ulьdall. Meʼyorning inkor etilishi, uzus va nutq faoliyati (akti)ning 
absolyutlashtirilishi. 
Neolingvistika. 
Bonfante, 
Bartoli, 
Pizani. 
Til 
va 


jamiyat.Tilning ijtimoiy tabiati. Muloqot ehtiyoji va til. Til taraqqiyotining jamiyat 
taraqqiyoti bilan bogʼliqligi. Yozuv va savodxonlik muammolari. Meʼyor masalasi. 
Tilning ijtimoiy differentsiatsiyasi. Ogʼzaki va yozma nutq. Аdabiy til. Jamiyatning 
tilga 
va 
tilning 
jamiyatga 
taʼsiri. 
Sotsiolingvistikaning 
bugungi 
masalalari.Sotsiolingvistika. Meʼyorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Til va 
ong. Til va tafakkur.Til fikr ifodasi va fikr manbai sifatida. Fikrning shakllanishida 
tilning roli. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarning oʼzaro munosabati. Til va 
tafakkur bogʼliqligi.
Tafakkur va terminologiya. Terminologiya tushunchaviy yukka ega ifoda. 
Lisoniy did. Psixolingvistika. Reklama tili. Til va mafkura. Til siyosati. Tilning 
semiotik tabiati. Semiotika nima? Ijtimoiy informatsiyaning moddiy tashuvchilari 
haqida maʼlumot. Tilga belgi sifatida yondashuvning F. de Sossyur taʼlimotida 
shakllanishi. Lisoniy belgi tushuncha va moddiy talaffuz birligi sifatida.Til sathlari. 
Tilning fonetik-fonologik sathi. Lugʼat sathi. Grammatik sath. Til birliklarning 
alohida tizim sifatida oʼzaro mutanosibligi. Til birliklari va nutq birliklari. Til 
umumiy, nutq xususiy hodisa sifatida. Nutqiy imkoniyatlar. Nutq faoliyati, ogʼzaki 
va yozma nutq. Psixologik tilshunoslik nutq faoliyati va soʼzlash jarayonini 
oʼrganuvchi soha sifatida. Til-tafakkur-nutq munosabati. Grammatika. Grammatika 
kategoriyalar. Grammatikaga oid zamonaviy taʼlimotlar. Semantika. Semantik 
kategoriyalar. Tillarning tipologik tasnifi. Til tiplari haqida maʼlumot. Til tiplarining 
asosiy belgilari. Morfologik shakllarining xilma-xilligi. Tillarning morfologik 
tipologiyasi. Morfologik tasnif. Izolyativ (ajratuvchi) tillar. Inkorporativ 
(polisintetik) tillar. Geneologik tasnif. Agglyutinativ tillar. Flektiv tillar. Qardosh va 
qardosh boʼlmagan tillar oʼrtasidagi munosabat. 
Oʼzbek dialektologiyasi.Dialekt va adabiy til. Umumxalq tili, adabiy til va 
mahalliy dialektlar. Dialektlar, ularning paydo boʼlishi, dialektlarni qabila tarixiga 
bogʼlab oʼrganish. Oʼzbek adabiy tilining dialektal asosi. Аdabiy tilning jonli xalq 
tili hisobiga boyishi. Аdabiy tilning shevalarga munosabati va ularning taʼsiri. 
Dialektologiya fanining xalq tarixi, til tarixi, xalq ogʼzaki ijodiyoti, joy nomlari, 
antroponimlar, etnografiya va nomshunoslik masalalarini oʼrganish;matbuotdagi har 
xil yozishlarning oldini olishda; orfografiya, orfoepiya, atamashunoslik masalalarini 
hal qilish; maktablarda ona tili oʼqitishda va oʼqituvchilar nutqida uchraydigan 
sheva xususiyatlarini bartaraf etishdagi ahamiyati. «Davlat tili haqida» va «Taʼlim 
toʼgʼrisidagi» qonunlarning ijrosida dialektologiya fanining oʼrni. Transkriptsiya. 
Transkriptsiya turlari. Xalqaro fonetik alfavit (MFА). Turkiy tillar va lahjalarni 
oʼrganishda rus turkologlari tomonidan qoʼllanilgan transkriptsion belgilar. Oʼzbek 
shevalarini oʼrganishda qoʼllanilgan transkriptsiyalar. Lotin alifbosiga asoslangan 
yangi oʼzbek yozuvidagi transkriptsiyaga xos xususiyatlar. Oʼzbek shevalarin 
tasniflash. Oʼzbek shevalarini tasniflashda yetakchi tamoyillar: hududiy, etnik, 
etnogenetik, lisoniy, lisoniy-hududiy (lingvoareal). Oʼzbek shevalari tasnifi (I. I. 
Zarubin, Ye. D. Polivanov, Gʼozi Olim Yunusov, K. K. Yudaxin, А. K. Borovkov, 
V. V. Reshetov tasniflari). Ularning yutuq va kamchiliklari. Shevalar fonetikasi. 
Oʼzbek shevalarining fonetik tomondan farqlanadigan belgilari: ye-lanish, je-lanish, 
o-lanish va a-lashish. Unli fonemalar. Singarmonizm, uning oʼzbek shevalarida 
uchrashi. Shevalarda undosh fonemalar va fonetik hodisalar talqini. Shevalar 


leksikasi va leksikografiyasi. Oʼzbek shevalarining adabiy tildan farqqiladigan baʼzi 
xarakterli lugʼaviy xususiyatlari. Shevalarda ayrim soʼz, soʼz shakllari va atamalarni 
adabiy tilga olib kirish masalasi. Shevalarda antonim, omonim, sinonim, koʼp 
maʼnoli, eskirgan, tarixiy soʼzlar va neologizmlarning oʼziga xosligi. Dialektal 
frazeologiya hamda uning shevalararo qoʼllanishi. Shevalarda onomastik birliklar. 
Oʼzbek shevashunosligida leksikografiya va uning muammolari. Shevalar 
morfologiyasi. Shevalarda ot va unga xos xususiyatlar. Shevalarda sifat hamda 
uning xususiyatlari. Oʼzbek shevalarida son va uning turlari. Oʼzbek shevalarida 
numerativlar. Shevalarda feʼl hamda uning xususiyatlari. Shevalarda ravish va uning 
turlari. Shevalarda koʼmakchi, bogʼlovchi, yuklamalar. Modal soʼzlar, undov hamda 
taqlid soʼzlarning shevalardagi koʼrinishlari. Shevalar sintaksisi. Sintaksis va 
shevalar sintaksisi. Dialektal soʼz birikmasi. Dialektal sodda gaplar. Gap boʼlaklari 
va ularning dialektal xususiyatlari. Shevalarda qoʼshma gap, oʼzga gap va dialog.
Lingvistik geografiya. Oʼzbek dialektologik atlasini tuzish va uning xususiyatlari. 
Oʼzbek shevalari tizimining ikki xil tashkili: Struktur hamda zonal. Oʼzbek tilining 
qarluq, qipchoq va oʼgʼuz lahjalari: tarqalishi, fonetik, grammatik, leksik 
xususiyatlari hamda adabiy tilga munosabati. Oʼzbek shevalarining atlaslarini 
tuzishtamoyillari. Xorijdagi oʼzbeklar nutqi: qoʼshni mamlakatlardagi va juda 
uzoqlikda joylashgan mamlakatlardagi oʼzbeklar nutqi. Lingvistik geografiya va 
geografik lingvistika. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə