Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#138583
1   2   3   4   5   6   7
10.00.01-Ўзбек тили

 
Sensomotor alaliya. Nutqning 
fiziologik markazlari. Broka markazi. Vernike zonasi. Shizofreniyada nutq tashkil 
qilishning xususiyatlari.
 
Ijtimoiy psixolingvistikaning predmeti va vazifalari. 
Lisoniy shaxs strukturasi. Olamning lisoniy manzarasi. Geshtaltlar va belgilar

Bilingvizmning mohiyati. Bilingvizm turlari. Interferensiya. “Lakuna” tushunchasi. 
Lakunalarning turlari. Ijtimoiy-madaniy lakunalar. Lakunalarni bartaraf qilish 
yo‘llari.
 
LINGVOKULTUROLOGIYA
fani bo’yicha
:
Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari. 
Lingvokulturologiyaning asosiy tushunchaviy-terminologik apparati va ularning 
yuzaga kelishi. Lingvokulturologiya metodologiyasi va metodlari. Antroposentrik 
paradigma va uning lingvokulturologiyadagi oʻrni. Til va inson, ularning oʻzaro 
aloqasi. Madaniy antropologiya va lingvokulturologiya, ularning oʻzaro aloqasi. 
Jamiyatda inson, til va madaniyatning oʻrni. Madaniyat va uning oʻrganilishi, 
jumladan, 
lingvokulturologiyaning 
vujudga 
kelishi. 
Frazeologizmlarning 
lingvomadaniy jihatlari. Oʻxshatishlar – obrazli madaniy tafakkur mahsuli. Metafora 
– madaniyatning ko‘rsatkichi. Ramz – inson ruhi madaniyatining tili. Milliy 
madaniyatning stereotiplari. Lingvomadaniyatda lakuna muoammosi. Insoniy til va 


madaniyat. Til va etnos (inson)ning o`zaro aloqasi, nutq madaniyati masalalari.
Madaniyatshunoslik va lingvokulturologiya tushunchalarining oʻzaro aloqasi, 
ularning boshqa fanlar orasidagi maqomi. Paradigmalarning qiyosiy-tarixiy, sistem-
struktur va antropotsentrik turlari. Milliy mentalitet va lisoniy shaxs 
 
MATN TILSHUNOSLIGI 
fani bo’yicha

Matn tilshunosligi fanining predmeti va tadqiqot obyekti, maqsad-vazifalari, 
nazariy-metodologik asoslari, manbalari. Matn va uning tilshunoslikda o‘rganilish 
tarixi. Jahon tilshunosligida matn kategoriyasining o‘rganilishi; Chex 
tilshunosligida, nemis, polyak matn lingvistikasi muammolari; Rus tilshunosligida 
matn lingvistikasi fanining paydo bo‘lishi; Matn turlari va uni o‘rganish 
muammolari. O‘zbek tilshunosligida matn va uni o‘rganish muammolari. Matn 
atamasi va uning mazmun ifodasi; matnning murakkabligi va hajmi, kommunikativ 
vazifasi, muayyan janr talablariga mosligi hamda matn qismlarining xarakteri 
masalalari haqida o‘zbek tilshunoslarining qarashlari; o‘zbek tilshunosligida matn 
nazariyasining kirib kelishi. Matn tilshunosligida nutq derivatsiyasi muammolarini 
o‘rganish. Nutq va nutqiy faoliyat haqida F.de Sossyur ta’limoti. XX asrning 50-
yillarida nutq lingvistikasiga e’tibor. V.Skalichka, E.Koseriunning fikrlari. Nutq 
derivatsiyasi va uning matnni shakllantirishsh masalasidagi nuqsonlar. Matn 
tarkibida so‘z birikmasi sintaktik derivatsiya jarayondagi o‘rni. Matnda sintaktik 
aloqani ta’minlovchi leksik vositalar. Matn komponetlarining o‘zaro sintaktik 
bog‘lanishidagi omillar (leksik takror; sinonimik munosabat; olmoshlar; kirish so‘z 
va birikmalar; bog‘lovchilar). Matn komponentlarining semantik va pragmatik 
munosabatlari. Tilshunoslikda semantik munosabatlarning turi (radikal va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat). Til bilan mantiqning o‘zaro bog‘liqligi va A.A. 
Potebnyaning fikri. Matn va murakkab sintaktik qurilmaning o‘zaro munosabati. 
Matn va uning tarkibiy qismlari. Gap, qo‘shma gap, murakkab qurilmali gaplar, 
period, abzats tushunchalari. Matn birliklarini kengaytirish usullari. Matn 
tarkibidagi birliklarning bir-biriga munosabati. Matn tarkibida noodatiy 
birikmalarning grammatik strukturasi. So‘z birikmalari va ularning turlari, undagi 
tobe-hokim bo‘laklarning munosabati formasi; bu munosabat formasi nodatiy so‘z 
birikmalarning shakllanish jarayoniga, ya’ni tobe-hokim bo‘laklarning munosabati 
formasiga mos kelishi va farqlari; noodatiy birikmalarning grammatik jihatdan 
o‘ziga xos xususiyatlari. Rus tilshunosi P.A.Lekantning nodatiy birikmalar ning 
haqidagi fikri. Matn komponentlarining pog‘onali munosabati. Matn 
komponentlariaro semantik va grammatik munosabatlar. Matn komponentlarining 
pogʻonali munosabati, matn komponentlari oʻrtasidagi semantik va grammatik 
munosabatlarning turi va ularning yuzaga chiqishi. Matn tarkibida ichki va tashqi 
sintagmatik munosabatlar. Matn tarkibida funksional pragmatik munosabatlar. 
Matnda modallikning ifodalanishi. Matnda sintagmatik munosabatning namoyon 
boʻlishi, ichki va tashqi sintagmatik munosabat, matnning pragmatik xususiyatlari, 
matnda modallik yuzaga chiqishi. Matn va uslub munosabati. Matnning funksional 
tasnifi masalalari. Matnning jonli so‘zlashuv uslubi-ga munosabati. Adabiy nutq 
uslublari va ularning matnga munosabati. Rasmiy, ilmiy, publisistik matnlar tuzish 


ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari. Olmoshlarning deyktik xususiyatlari, 
gumon olmoshlarining semantik xususiyatlari, gumon olmoshlarining badiiy 
matndagi funksional-uslubiy xususiyatlari. Matnda jamlovchi olmoshlarning ayrim 
funksional-uslubiy xususiyatlari. Badiiy matn va uning shakllantiruvchi vositalar. 
Badiiy matnning ko‘rinishlari, ularning umumiy va farqli belgilari, badiiy matnda 
individual so‘z qo‘llash me’yorlari. Badiiy matnlarda laqablarning ayrim uslubiy 
xususiyatlari haqida. Badiiy matnda laqablarning qoʻllanilishi va bundagi maqsad, 
laqablarning funksional-uslubiy, pragmatik xususiyatlari, badiiy matnni tahlil va 
tahrir qilish muammolari. O‘zbek tilining badiiy tasvir vositalari va ularning matn 
turlari tarkibidagi ishtiroki masalalari. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda 
me’yor masalalari. O‘zbek badiiy matnida metafora, epitet va o‘xshatish tasviriy 
vositalarining qo‘llanishi. Matn tilshunosligida kognitiv va pragmalingvistik 
imkoniyat-lardan foydalanish. Kognitiv, konsept, ssenariy, skript, freym, geshtalt, 
pragmatika” tushunchalarining ma’no-mohiyati va ularning matn bilan aloqadorligi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə