O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə345/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

 
O‘zbekiston Respublikasi  
Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 
Toshkent sh.,  2018-yil 21-noyabr, PQ-4022-son 
 
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2018-y., 
07/18/4022/2199-son) 
 
 
 
 
 
 
 


360 
Ilova 6 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
FARMONI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT 
BOSHQARUVIGA RAQAMLI IQTISODIYOT, ELEKTRON 
HUKUMAT HAMDA AXBOROT TIZIMLARINI JORIY 
ETISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR 
TO‘G‘RISIDA 
Mamlakatimizda 
ma’muriy 
tartibotlardan 
o‘tishni 
soddalashtirish,  aholi  turmushi  sifatini  oshirish,  investitsiya  va 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, 
shu jumladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini modernizatsiya 
qilish va rivojlantirish borasida izchil choralar ko‘rilmoqda. 
Shu  bilan  birga,  raqamlashtirishni  ta’minlashga  va  raqamli 
iqtisodiyotga  o‘tishga  to‘sqinlik  qilayotgan  qator  hal  qilinmagan 
muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. 
Xususan,  davlat  axborot  tizimlarini  rivojlantirishning  yagona 
prinsiplari  ishlab  chiqilmagan,  ushbu  sohadagi  tadbirlar  esa  o‘zaro 
va boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bog‘lanmagan holda amalga 
oshirilmoqda. 
“Elektron  hukumat”  tizimi  infratuzilmasi  lozim  darajada 
rivojlanmayapti,  bu  davlat  xizmatlarini  ko‘rsatishda  va  idoralararo 
elektron  hamkorlik  qilishda  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng qo‘llashga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. 
“Elektron  hukumat”  tizimini  joriy  etishda  ta’sirchan 
muvofiqlashtiruv  va  yagona  texnologik  yondashuvning  mavjud 
emasligi  resurslarning  nooqilona  foydalanilishiga  olib  kelmoqda 
hamda tadbirlarning samaradorligini pasaytirmoqda. 
Raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  “Elektron  hukumat” 
tizimining  joriy  etilishini  ta’minlash,  aholi,  biznes  va  davlat 
o‘rtasida  samarali  o‘zaro  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yish  uchun 
qo‘shimcha  shart-sharoit  yaratish  maqsadida,  shuningdek,  2017  — 
2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq: 
1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston 
Respublikasida  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  chora-tadbirlari 


361 
to‘g‘risida”  2018-yil  3-iyuldagi  PQ-3832-son qaroriga muvofiq 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Loyiha  boshqaruvi 
milliy  agentligi  (keyingi  o‘rinlarda  —  Agentlik)  raqamli 
iqtisodiyotni  joriy  etish  va  rivojlantirish  sohasida  vakolatli  organ 
etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
2. Belgilab qo‘yilsinki: 
“Elektron  hukumat”  tizimini  joriy  etish  raqamli  iqtiso-
diyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi
Agentlik  elektron  hukumat  sohasidagi  hamda  davlat 
boshqaruvida  axborot  tizimlarini  joriy  etishda  vakolatli  organ 
hisoblanadi, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va 
amalga  oshirish  hamda  davlat  organlari  va  tashkilotlarining 
faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’uldir; 
Agentlikning  elektron  hukumat  sohasida,  shuningdek,  davlat 
boshqaruvida  axborot  tizimlarini  joriy  etish  bo‘yicha  o‘z  vakolati 
doirasida  qabul  qilgan  qarorlari  ijrosini  ta’minlash  respublikaning 
barcha  vazirliklari,  idoralari  va  tashkilotlari  uchun  majburiy 
hisoblanadi; 
davlat  boshqaruvida  axborot  tizimlari,  resurslari  va  boshqa 
dasturiy  mahsulotlarini  yaratish  va  joriy  etish  bo‘yicha  loyihalar, 
shuningdek, bunday loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan 
normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalari  Agentlikda  ekspertizadan 
o‘tkazilishi shart; 
Agentlik raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha vazifalarni 
amalga  oshirish  doirasida  xalqaro  moliyaviy  institutlar  va  xorijiy 
hukumat  moliyaviy  tashkilotlar  bilan  bevosita  o‘zaro  hamkorlik 
qilish huquqiga ega. 
3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 
kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  manfaatdor  idoralar 
bilan birgalikda: 
hozirgi  kunda  “Elektron  hukumat”  tizimi  doirasida  amalga 
oshirilayotgan 
idoralararo 
va 
idoraviy 
axborot 
tizimlari, 
ma’lumotlar  bazalari,  dasturiy  mahsulotlarni yaratish  va  joriy  etish 
loyihalarining  hamda  axborot-kommunikatsiya  sohasidagi  boshqa 
loyihalarning (keyingi o‘rinlarda 

 loyihalar) amalga oshirilishi va 
moliyalashtirilishini to‘xtatib qo‘ysin; 


362 
bir  oy  muddatda  loyihalarni  to‘liq  xatlovdan  o‘tkazsin  va 
yakuniy natijalari bo‘yicha Agentlikka axborot kiritsin. 
4. Agentlik: 
a)  2019-yil  1-aprelga  qadar  amalga  oshirilayotgan  loyiha-
larning  tanqidiy  ko‘rib  chiqilishini  hamda  maqsadga  muvofiq,  dol-
zarb,  respublikada  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  maqsad  va 
vazifalariga  mos  keladigan  loyihalarning  davom  ettirilishini 
ta’minlasin; 
b)  2019-yil  1-mayga  qadar  quyidagilarni  nazarda  tutadigan 
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasining 
ishlab  chiqilishi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin: 
elektron  hukumatning  davlat,  aholi  va  biznesning  samarali 
o‘zaro  hamkorligini,  shuningdek,  jahonning  raqamli  makoniga 
integratsiyalashuvini  ta’minlash  bo‘yicha  yagona  milliy  tizim 
sifatidagi maqsadli ahamiyatini belgilash; 
“Elektron  hukumat”  tizimining  tarkibi  va  tuzilmasini,  uni 
yaratish  shartlari  va  arxitekturasining  konseptual  asoslarini, 
jumladan  tashkiliy,  funksional,  texnik  tuzilmasini,  shuningdek, 
asosiy raqamli aktivlar ro‘yxatini aniq belgilash; 
elektron  hukumatni  yaratishning  asosiy  prinsiplari  va 
funksional 
vazifalarini, 
elektron 
hukumat 
imkoniyatlaridan 
foydalangan  holda  raqamli  transformatsiyaga  erishishning  aniq 
ko‘rsatkich va indikatorlarini belgilash
elektron  hukumatni  yaratishning  huquqiy  va  tashkiliy-texnik 
choralarini,  jumladan  raqamli  transformatsiya  jarayonlarini  tadqiq 
etish  metodologiyasiga,  ularning  o‘zaro  muvofiqligiga,  axborot 
sohasida  birgalikdagi  hamkorlik,  ma’lumotlar  almashish  protokol-
lari va formatining o‘zaro mosligiga doir talablarni belgilash; 
shaxsiy  ma’lumotlarni  himoya  qilish  bo‘yicha  talablarni 
hisobga  olgan  holda  axborotni  yig‘ish,  qayta  ishlash,  to‘plash, 
saqlash va uzatishda axborot xavfsizligini ta’minlash; 
“Elektron  hukumat”  tizimini  yaratish  va  joriy  etish  bo‘yicha 
loyihani  amalga  oshirish  mexanizmlari  va  bosqichlarini  nazarda 
tutish; 
“Elektron hukumat” tizimini joriy etishda uning samaradorligi 
va  shaffofligini  oshirishni  ta’minlaydigan,  jumladan  loyihalar 


363 
bo‘yicha  yagona  milliy  distribyutorni  tashkil  etish  orqali  yaxlit 
jarayonni  (ishlab  chiqish,  loyihalashtirish,  kelishish,  loyihalar 
bo‘yicha  tovarlar,  ishlar,  xizmatlar  xarid  qilish,  shuningdek,  ularni 
foydalanishga topshirishning yagona tizimini) barpo etish; 
Agentlik  negizida  boshlang‘ich  loyiha  sifatida  elektron 
raqamli  imzo  infratuzilmasining  namunaviy  elementini  ishlab 
chiqish va amaliyotga joriy etish. 
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining  “Raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  maqsadida 
raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”  2018-yil  21-noyabrdagi  PQ-4022-son qaroriga muvofiq 
Agentlik  tomonidan  “Raqamli  ishonch”  raqamli  iqtisodiyotni 
rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlash  jamg‘armasi  bilan  birgalikda 
barcha davlat xizmatlari faqatgina operatorning ma’lumotlarni qayta 
ishlash  markazlari  orqali  ko‘rsatilishini  ta’minlashni  nazarda 
tutadigan  2019  —  2021-yillarda  “Universal  Mobile  Systems” 
MChJni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. 
Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-
mayiga  qadar  ma’lumotlarga  ishlov  berish  markazlariga  bo‘lgan 
ehtiyoj va ularning joylashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin. 
6.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Innovatsion 
loyihalarni  amalga  oshirish  va  idoraviy  axborot  tizimlarini  jadal 
integratsiyalashuvining  tashkiliy  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  2018-
yil 18-apreldagi PQ-3673-son qaroriga muvofiq Agentlik tomonidan 
aloqaning,  shu  jumladan,  xorijda  bo‘lish  vaqtida,  maxfiyligi, 
tezkorligi,  xavfsizligi  va  telekommunikatsiya  xizmatlariga  sarfla-
nadigan  budjet  mablag‘larining  tejalishini  ta’minlaydigan  hukumat 
mobil aloqasi tizimini (keyingi o‘rinlarda  — tizim) ishga tushirish, 
sinash va undan tajriba tariqasida foydalanish ishlari bajarildi. 
Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab ushbu tizim 
davlat  organlari,  tashkilotlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati organlari, 
O‘zbekiston  Respublikasining  xorijdagi  diplomatik  vakolatxonalari 
xodimlari  uchun  o‘z  xizmat  vazifalarini  bajarishda  foydalanilishi 
majburiy hisoblanadi. 
7. Agentlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki 


364 
oy  muddatda  davlat  organlari,  tashkilotlari,  mahalliy  davlat 
hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplo-
matik  vakolatxonalarining  o‘z  xizmat  vazifalarini  bajarishda 
tizimdan  foydalanishi  majburiy  bo‘lgan  xodimlari  ro‘yxatini 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin. 
8.  Belgilab  qo‘yilsinki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Preziden-
tining “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy 
etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  2017-yil  24-iyuldagi  PF-5120-
son Farmoniga muvofiq 
yaratiladigan 
Loyiha 
boshqaruvining 
yagona  milliy  axborot  tizimi  Agentlik  tomonidan  tasdiqlanadigan 
ro‘yxat  bo‘yicha  ushbu  tizimning  barcha  ishtirokchilari  tomonidan 
foydalanilishi majburiy hisoblanadi. 
Ro‘yxatga  kiritilgan  vazirlik  va  idoralar  huquq  egalarining 
tegishli  litsenziyalarisiz  dasturiy  mahsulotlardan  foydalanishga 
yo‘lga qo‘ymasdan, ma’lumotlarning belgilangan protokol bo‘yicha 
platforma  formatida  taqdim  etilishi  va  tizimga  kiritilishini 
ta’minlasin. 
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 
ikki  hafta  muddatda  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat 
budjetining  aloqa  bilan  ta’minlashga  2018-yilgi  va  2019-yilga 
mo‘ljallangan  xarajatlari  to‘g‘risida  vazirlik  va  idoralar  kesimidagi 
axborotni Agentlikka taqdim etsin
ushbu  Farmondan  kelib  chiqqan  holda  O‘zbekiston  Respub-
likasi  Davlat  budjetining  xalqaro  aloqa  uchun  2019-yilga 
mo‘ljallangan xarajatlarining qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin; 
har  yili  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  parametr-
larida  ushbu  Farmonni  amalga  oshirish  doirasidagi  tadbirlarni 
moliyalashtirishga mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin. 
10. 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi Agentlik bilan birgalikda: 
bir  hafta  muddatda  —  “Elektron  hukumat”  tizimidan  foyda-
lanish  maqsadida  foydalanuvchilarning  majburiy  tartibda  identi-
fikatsiya  qilinishini  nazarda  tutgan  holda  Internet  tarmog‘idan 
simsiz  foydalanish  bo‘yicha  ommaviy  nuqtalar  to‘g‘risidagi  nizom 
loyihasini; 
bir  oy  muddatda  —  ushbu  Farmon  talablarini  hisobga  olgan 
holda 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 


365 
rivojlantirish 
vazirligining 
elektron 
hukumat 
sohasidagi 
vakolatlarini,  shuningdek,  uning  tuzilmasini  qayta  ko‘rib  chiqish 
bo‘yicha 
takliflarni 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasiga kiritsin. 
11.  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona  qo‘mitasi  ikki 
oy  muddatda  “Elektron  hukumat”  tizimini  joriy  etish  doirasida 
tovarlar  kiritish  uchun  alohida  bojxona  ombori  tashkil  etilishini 
ta’minlasin. 
12.  Agentlik  Adliya  vazirligi  va  boshqa  manfaatdor  idoralar 
bilan  birgalikda  ikki  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga  ushbu 
Farmondan  kelib  chiqadigan  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar 
to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga 
takliflar kiritsin. 
13.  Mazkur  Farmonning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston 
Respublikasining 
Bosh  vaziri  A.N.  Aripov,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Bosh  prokurori  O.B.  Murodov,  O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. 
Mavlonov  va  Agentlik  direktorining  birinchi  o‘rinbosari  D.R.  Li 
zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə