O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

 
I BOB. RAQAMLI  IQTISODIYOTNI 
RIVOJLANTIRISHNING  ZAMONAVIY  
KONSEPSIYALARI 
 
1.1. Raqamli  iqtisodiyot tushunchasi, ta’rifi  
va rivojlantirish modellari  
1.1.1. Raqamli iqtisodiyot atamasining paydo bo‘lishi
     
 
Raqamli iqtisodiyotning paydo bo‘lishi  zamonaviy axborot-
kommunikatsiya  texnologiyalari  (AKT)  va  Global  Internet  tar-
mog‘isiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  «Raqamli  iqtisodiyot»,  AKT  
va Internet tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. 
Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan Internet dastavval  1995-yilda 
vujudga kelgan. O‘sha paytdan boshlab Internet orqali taqdim eti-
ladigan  turli  xil  xizmatlar  - fayllarni  uzatish,  masofadan  kirish 
(TELNET ), elektron  pochta, qidiruv  tizimlari,  forumlar,  ijtimoiy 
tarmoqlar  va  boshqalar bilan  to‘ldirilgan "virtual  dunyo"  ning 
paydo  bo‘lishi  haqida  gapirish  mumkin. Bugungi  kunda  Internet 
ulkan ko‘ngilochar, ta’lim, savdo, moliyaviy va siyosiy sohadir.     
«Raqamli  iqtisodiyot»  atamasi   ikki  olimning  nom-lari bi-
lan bog‘liq-kanadalik  iqtisodchi Don Tapskott   va  amerikalik  ax-
borot texnologiya (IT)  mutaxassisi Nicholas Negroponte . 
1995-yilda "Being Digital"  kitobida Nikolas Negroponte "ra-
qamli  iqtisodiyot"  atamasini  qo‘llagan. Ilmiy  asarida  uchta  kesi-
shidagan  media  tarmoqlarga  (ommaviy  axborot  vositalar,  (OAV) 
aloqa  vositalari  va  kompyuterlar)  asoslangan  konvergentsiya  mo-
delini taklif etgan. Bunday birlashish  natijasida  
yangi (raqamli) 
media
 shakllandi. 
O‘sha 1995-yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapscottning “The 
Digital 
Economy» [4,13,22] kitobi 
nashrdan 
chiqadi. Unda 
Don Tapskot rivojlangan  mamlakatlardagi  jamiyatning  evolyut-
sion tendensiyalarini tahlil qilish natijalarini bayon qildi. Axborot 



muhitni yangi iqtisodiyotga, ya’ni raqamli iqtisodiyotga aylantira-
digan 12 muhim belgilarni keltirgan.  
1.  Bilimlar – 
biznesda  va  umuman  iqtisodiyotda  asosiy 
e’tibor inson kapitali – 
bilimdan 
foydalanishga qaratiladi. Raqamli 
iqtisodiyotda 
Bilim
 harakatlantiruvchi 
kuch 
bo‘lib, 
boshqa 
an’anaviy  manbalar  ikkinchi  darajali. Bilim  bilan  yangi  imkoni-
yatlar  tufayli  kuch  va  hayotni  yaxshi  tomonga  o‘zgartirish  yo‘li 
keladi. Bu  shuni  anglatadiki,  tashkilotlar  xodimlar  to‘g‘risidagi 
fikrlarini o‘zgartirishga majburlanadi va ishchilarningaqliy qobili-
yatini saqlab qolish va rivojlantirishga harakat qiladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə