O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Muammoning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə3/26
tarix26.05.2022
ölçüsü3,62 Mb.
#88035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Джалилов Акмал

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Raqamli valyutalar bozori kriptovalyutalarni shakllanishi va ularni samaradorligini ilmiy –metodologik jihatlari ko’plab horijlik olimlar, jumladan : Don Tapscott va Alex Tapscott1, Paul Vigna va Michael Casey2 , Melaniye Swane3, Roger Wattenhofer4, Phill Champagne5, Adler David6, Allen William7, Baker Michael8, Browne Ryan, Nikhlesh va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. O’zbekistonda kriptovalyutalar va blokcheyn bilan bog’liq muammolarni respublikamiz olimlari tomonidan chuqur o’rganilib kelinmoqda. Mazkur muammolar R.H.Ayupov, G.R.Boltaboyevalar tomonidan tadqiq qilingan. Bu ilmiy izlanishlarda kriptovalyutalarni joriy etish va ulardan foydalanish mohiyati, mazmunini, kriptovalyutalardan samarali foydalanish yo’llari va imkoniyatlari to’la ochib berilgan. Bu muammoning yo’llari yangicha iqtisodiy munosabatlari davrida ahamiyatliligi tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning maqsadi, asosiy vazifalarini to’g’ri aniqlashga imkon yaratadi.
Tadqiqot maqsadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida mamlakatimiz moliyaviy munosabatlar tizimiga kriptovalyutalarni joriy etish va samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
kriptovalyutalar tushunchasini ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berish;
kriptovalyutalarni shakllanishi va ulardan foydalanish yo’llarini aniqlash;
kriptovalyutalar bozori xususiyatlari o’rganish va ularni tahlil etish;
kriptovalyutalar bozorini rijvojlanishi va kelajak istiqbollarini aniqlash.
Tadqiqot obyekti sifatida mamlakatimiz moliyaviy munosabatlar tizimiga kriptovalyutalarni joriy etish tashkil etadi.
Tadqiqot predmeti bo’lib, raqamli iqtisodiyot sharoitida kriptovalyutalar va ularni respublikamiz moliyaviy munosabatlar tizimidagi o’rni hisoblanadi.
Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, mantiqiy, monitoring va boshqa tahlil usullaridan foydalanildi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə