29
Agar birinchi qator to`lsa, harflarni ikkinchi qatordan boshlab joylashtirishni davom ettiramiz.
Kalit so`z kiritilgach, alfavit harflarini boshdan boshlab jadvalga joylashtirishni boshlaymiz. Agar
alfavit harfi kalit so`zda mavjud bo`lsa, u tashlab yuboriladi va navbatdagi harfni joylashtirish davom
ettiriladi. Qator to`lgach navbatdagi qatordan joylashtirish boshlanadi.
Shifrlashda bu jadvaldan
ochiq matnni navbatdagi harfi topiladi va shu ustundagi pastda joylashgan harf shifrmatn harfi
sifatida yoziladi. Agar matn harfi eng pastki qatorda bo`lsa, shifr matn
uchun shu ustunning eng
yuqorigi harfi olinadi.
Masalan, shu jadval yordamida quyidagi xabarni shifrlasak:
BIZ BIR JAMOAMIZ
Quyidagi shifr matnini olamiz:
WPE WPG ECVWCVPE
Bu shifr matni deshifrlash uchun jadvaldan shifr matnni navbatdagi
harfi topiladi va shu
ustundagi yuqorida joylashgan harf matn harfi sifatida yoziladi. Agar matn harfi eng yuqori qatorda
bo`lsa, matn uchun shu ustunning eng quyi harfi olinadi.
Matn deshifrlansa:
BIZ BIR JAMOAMIZ
Bunday shifrlash jadvallari ko`p grammali deyiladi, chunki shifrlash bir harfdan bajariladi.
Trisemuss shifrlash jadvallari ikki harfdan shifrlay olishini birinchilardan bo`lib bilib olgan.
Bunday
shifrlashlar bigrammali shifrlashlar deyiladi.
Dostları ilə paylaş: