|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan-MAVZU: SIMMETRIYALI KRIPTOTIZIM ASOSLARITermiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot 7-MAVZU: SIMMETRIYALI KRIPTOTIZIM ASOSLARI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
7.1.
Simmetrik shifrlash algoritmlari
.
7.2.
Trisemuss va Pleyferning bigrammali shifri.
7.3.
Uinstonning ‘ikkililangan kvadrat’ shifri
7.4.
Zamonaviy simmetrik shiflash algoritmlari
Tayanch so‘z va iboralar:
Shifrlovchi jadvallar,
Trisemuss shifri, Pleyfer shifri, ikkililangan
kvadrat, bigramma haqida tushuncha, AES, DES, Gost 28147-89.
Simmetrik shifrlash algoritmlari-
Xabarlarni shifrlash uchun foydalanilgan kalit shifrni
ochish kalitidan olingan va aksi o‘rinli bo‘lsa, bunday kriptografik algoritmlar simmetrik deb
nomlanadi. Ko‘pgina simmetrik algoritmlarda yagona kalitdan foydalaniladi. Bunday algoritmlar
bir
kalitli
yoki maxfiy kalitli algoritmlar deb ataladi hamda xabarni yuboruvchi va uni qabul qiluvchi
qanday kalitdan foydalanishni kelishib olishlarini talab etadi. Bir kalitli algoritmlarning ishonchliligi
kalitni tanlash bilan aniqlanadi. Agar jinoyatchiga kalit ma’lum bo‘lsa, hech qanday qarshiliksiz
barcha tutib olingan ma’lumotlar shifrini ochish imkoni yaratiladi. Demak tanlangan kalitni
begonalardan sir saqlash zarur.
Shifrlashning simmetrik algoritmlari ikki turda bo‘ladi. Ulardan biri ochiq matnga bitlar
bo‘yicha ishlov beradi. Ular
potokli algoritmlar
yoki
potokli shifrlar
deb nomlanadi. Ikkinchisida
esa, ochiq matn bir necha bitdan iborat bo‘lgan bloklarga bo‘linadi. Bunday algoritmlar
blokli
algoritmlar
yoki
blokli shifrlar
deb nomlanadi. Blokli shifrlashning zamonaviy kompyuter
algoritmlarida, odatda, blok uzunligi 64 bitni tashkil etadi. Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita
muammo mavjud:
1)
Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga
uzatishlari mumkin?
2)
Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?
Simmetrik kalit bilan shifrlash sxemasini quyidagi misolda ko‘rib
chiqamiz. Ali (A) va Vali (V) nomli korrespondentlar bir-biri bilan xabar almashishmoqchi.
Korrespondentlarning har biri o‘zining maxfiy kalitiga ega, bu kalitdan xabarni tarmoq orqali
yuborishdan avval ma’lumotlarni shifrlashda foydalanishi mumkin. Shifrlash sxemasini ko‘rimliroq
tasvirlash uchun, kalitni oddiy kalit, shifrlangan xabarni esa konvertga solingan hujjat ko‘rinishida
tasvirlaymiz. Shifrlash va qayta shifrlash jarayoni quyidagi rasmda tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|