O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


-MAVZU: SIMMETRIYALI KRIPTOTIZIM ASOSLARI



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

7-MAVZU: SIMMETRIYALI KRIPTOTIZIM ASOSLARI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 
7.1. 
Simmetrik shifrlash algoritmlari
.
 
7.2. 
Trisemuss va Pleyferning bigrammali shifri. 
7.3. 
Uinstonning ‘ikkililangan kvadrat’ shifri 
7.4.
Zamonaviy simmetrik shiflash algoritmlari 
Tayanch so‘z va iboralar:
Shifrlovchi jadvallar, 
Trisemuss shifri, Pleyfer shifri, ikkililangan 
kvadrat, bigramma haqida tushuncha, AES, DES, Gost 28147-89. 
Simmetrik shifrlash algoritmlari-
Xabarlarni shifrlash uchun foydalanilgan kalit shifrni 
ochish kalitidan olingan va aksi o‘rinli bo‘lsa, bunday kriptografik algoritmlar simmetrik deb 
nomlanadi. Ko‘pgina simmetrik algoritmlarda yagona kalitdan foydalaniladi. Bunday algoritmlar
 bir 
kalitli
yoki maxfiy kalitli algoritmlar deb ataladi hamda xabarni yuboruvchi va uni qabul qiluvchi 
qanday kalitdan foydalanishni kelishib olishlarini talab etadi. Bir kalitli algoritmlarning ishonchliligi 
kalitni tanlash bilan aniqlanadi. Agar jinoyatchiga kalit ma’lum bo‘lsa, hech qanday qarshiliksiz 
barcha tutib olingan ma’lumotlar shifrini ochish imkoni yaratiladi. Demak tanlangan kalitni 
begonalardan sir saqlash zarur. 
Shifrlashning simmetrik algoritmlari ikki turda bo‘ladi. Ulardan biri ochiq matnga bitlar 
bo‘yicha ishlov beradi. Ular
potokli algoritmlar
yoki 
potokli shifrlar
deb nomlanadi. Ikkinchisida 
esa, ochiq matn bir necha bitdan iborat bo‘lgan bloklarga bo‘linadi. Bunday algoritmlar
blokli 
algoritmlar
yoki
blokli shifrlar
deb nomlanadi. Blokli shifrlashning zamonaviy kompyuter 
algoritmlarida, odatda, blok uzunligi 64 bitni tashkil etadi. Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita 
muammo mavjud: 
1)
Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga 
uzatishlari mumkin? 
2)
Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi? 
Simmetrik kalit bilan shifrlash sxemasini quyidagi misolda ko‘rib 
chiqamiz. Ali (A) va Vali (V) nomli korrespondentlar bir-biri bilan xabar almashishmoqchi. 
Korrespondentlarning har biri o‘zining maxfiy kalitiga ega, bu kalitdan xabarni tarmoq orqali 
yuborishdan avval ma’lumotlarni shifrlashda foydalanishi mumkin. Shifrlash sxemasini ko‘rimliroq 
tasvirlash uchun, kalitni oddiy kalit, shifrlangan xabarni esa konvertga solingan hujjat ko‘rinishida 
tasvirlaymiz. Shifrlash va qayta shifrlash jarayoni quyidagi rasmda tasvirlangan. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə