O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


  Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning aralash vositalari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

6.3. 
Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning aralash vositalari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar

Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning texnik vositalari. Kompyuter 
ma'lumotlarini himoyalashning dasturiy vositalari. Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning 
aralash vositalari.
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni muhofaza qilish 
funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish, resurslardan 
foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) 
bajaradigan (mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus 
dasturlardir. 
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini ta’minlashga 
mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir. 
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter 
tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan 
hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari uchun jiddiy 
salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining xavfsizligi 
bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun 
tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin. 
Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun 
«tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan 
foydalaniladi. 
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari deganda, faqatgina axborotlar 
xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga 
kiritilgan maxsus dasturlar tushuniladi. 
Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy dasturiy vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
– kompyuter tizimlarida foydalanuvchilarni identifikatsiyalovchi va autentifikatsiyalovchi 
dasturlar; 
– kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlarini cheklovchi dasturlar; 
– axborotlarni shifrlovchi dasturlar; 
– axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni, ma’lumotlar bazalarini, ta’limning 
kompyuter tizimlarini va hokazo) noqonuniy o‘zgartirishlardan, foydalanishlardan va 
ko‘paytirishlardan himoyalovchi dasturlar. 
Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga taalluqli ma’noda identifikatsiyalash 
atamasi kompyuter tizimlari sub’ektining unikal nomini bir qiymatli tanib olishni bildiradi. 
Autentifikatsiyalash esa taqdim etilgan nomni ushbu sub’ektga mosligini tasdiqlashni anglatadi 
(sub’ektning aslligini tasdiqlash). 
Axborotlarni muhofaza qilishning yordamchi dasturiy vositalariga misol qilib quyidagilarni 
keltirish mumkin: 


24 
– qoldiq axborotlarni (tezkor xotira blokidagi, vaqtinchalik fayllardagi va hokazo) yo‘q qiluvchi 
dasturlar; 
– kompyuter tizimlarining xavfsizligi tizimiga bog‘liq bo‘lgan turli voqea va hodisalarni tiklash 
hamda shunday voqea va hodisalar ro‘y berganini isbotlash uchun foydalaniladigan audit dasturlari 
(qayd qilish jurnallarini yuritish); 
– qoidabuzar bilan ishlashni imitatsiyalovchi dasturlar (qoidabuzarni go‘yoki yopiq 
axborotlarni olgan deb chalg‘itish); 
– kompyuter tizimlarining himoyalanganligini sinovdan o‘tkazuvchi nazorat dasturlar va 
boshqalar. 
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining afzalliklariga quyidagilar kiradi: 
– ko‘paytirishning osonligi; 
– moslanuvchanlik (turli sharoitlarda qo‘llaniladigan muayyan kompyuter tizimlarini, axborot 
xavfsizligiga tahdidning o‘ziga xosligini hisobga olib, sozlash imkoniyati); 
– qo‘llashning qulayligi – bir xil dasturlar, masalan shifrlovchi dasturlar «shaffof» 
(foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan) rejimda ishlaydi, boshqalari foydalanuvchidan hech qanday 
qo‘shimcha yangi (boshqa dasturlari bilan taqqoslaganda) ko‘nikmalar talab qilmaydi; 
– ularni axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar hisobini yuritish uchun o‘zgartirishlar kiritish 
yo‘li 
bilan 
takomillashuvining 
amaldagi 
chek-chegarasiz 
imkoniyatlari 
mavjudligi. 
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 
– himoyalovchi dasturlarning faoliyati kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanish hisobiga 
bo‘lgani uchun bu tizimlar samaradorligining susayishi
– juda past unumdorlik (xuddi shunday vazifani bajarayotgan apparat vositalar bilan 
taqqoslaganda, masalan shifrlovchi qurilma); 
– axborotlarni himoyalovchi ko‘pgina dasturiy vositalarning kompyuter dasturiy ta’minotiga 
bevosita o‘rnatilmagani (quyidagi rasmlar), bu holat qoidabuzarning ushbu dasturlarni chetlab 
o‘tishiga prinsipial imkoniyatlar yaratadi; 
– kompyuter tizimlaridan foydalanish jarayonida axborotlarni himoyalashning dasturiy 
vositalarini qasddan o‘zgartirish imkoniyati. 
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, 
kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil 
yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning 
axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Viruslarning ta’sir 
mexanizmlarini, ularga qarshi kurash usullari va vositalarini bilish viruslanishga qarshi harakatlarni 
samarali tashkil etish, ularning ta’siridan zararlanish ehtimolligini va talafatlarni minimumga keltirish 
imkonini beradi. 
Kompyuter viruslari – bu kompyuter tizimlarida tarqalish va o‘zini o‘zi ishlab chiqish 
xususiyatiga ega bo‘lgan kichik hajmdagi bajariluvchi dasturlar. Viruslar kompyuter tizimlarida 
saqlanayotgan dasturiy vositalar yoki ma’lumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘chirib yuborishi mumkin. 
Tarqalish 
jarayonida 
viruslar 
o‘zini 
modifikatsiyalashi 
mumkin. 
Viruslarning ommaviy tarqalib ketishi va ularning kompyuter tizimlari resurslariga ta’siri 
oqibatlarining jiddiyligi, maxsus antivirus vositalarini va ularni qo‘llash usullarini yaratish va 
foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Antivirus vositalari quyidagi masalalarni hal etish uchun 
qo‘llaniladi: 
– kompyuter tizimlarida viruslarni topish; 
– virus – dasturlar ishini blokirovka qilish; 


25 
– viruslar ta’sirining oqibatlarini bartaraf qilish. 
Viruslarni topishni, ularni joylashib olish bosqichida yoki hech bo‘lmaganda virusning 
buzg‘unchilik funksiyalarini boshlagunga qadar amalga oshirgan maqsadga muvofiq. SHuni 
ta’kidlash joizki, barcha turdagi viruslarni topishni kafolatlovchi antivirus vositalar mavjud emas. 
Virus topilgan holatda, uning tizimga keltirishi mumkin bo‘lgan zararli ta’sirini minimallashtirish 
maqsadida darhol virus-dasturning ishini to‘xtatilish lozim. 
Virusning ta’sir oqibatlarini bartaraf qilish ikki yo‘nalishda olib boriladi: 
– virusni o‘chirish; 
– fayllarni, xotira sohalarini tiklash. 
Tizimni qayta tiklash virus turiga, uni aniqlangan hamda zararlovchi ta’sirini boshlagan vaqtiga 
bog‘liq. Viruslar tizimga kirish jarayonida, o‘zini saqlaydigan joydagi ma’lumotlarni o‘chirib 
yuborsa hamda zararlovchi ta’siri natijasida ma’lumotlarni o‘zgartirish nazarda tutilgan bo‘lsa, 
zaxiraga 
olingan 
ma’lumotlarsiz 
yo‘qolgan 
ma’lumotlarni 
tiklab 
bo‘lmaydi. 
Viruslarga qarshi kurashda aniq bir ketma-ketlik va kombinatsiyada qo‘llaniluvchi, viruslarga qarshi 
kurashish usullarini hosil qiluvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi. 
Kompyuter tizimining xavfsiz ishlashining asosiy shartlaridan biri, amalda sinovdan o‘tkazilgan va 
o‘zining yuqori samara berishini ko‘rsatgan bir qator qoidalarga rioya qilish hisoblanadi. 
Birinchi qoida – qonuniy rasmiy yo‘l bilan olingan dasturiy mahsulotlardan foydalanish. 
Dasturiy ta’minotning qaroqchilik yo‘li bilan ko‘paytirilgan nusxalarida, rasmiy yo‘l bilan 
olinganlariga nisbatan viruslarning mavjudlik ehtimoli juda yuqori. 
Ikkinchi qoida – axborotlar zaxirasini hosil qilish. Avvalo dasturiy ta’minotning distributivlari 
yozilgan tashuvchilarni saqlash zarur. Bunda tashuvchilarga ma’lumotlarni yozish imkoni berilgan 
bo‘lsa, imkon qadar uni blokirovka qilish zarur. Ishga taalluqli ma’lumotlarni saqlanishiga jiddiy 
yondashishi zarur. Muntazam ishga taalluqli fayllarning zaxira nusxalarini yaratib borish va ularni 
yozishdan himoyalangan echib olinuvchi tashuvchilarda saqlash kerak. Agar bunday nusxalar echib 
olinmaydigan tashuvchilarda yaratilayotgan bo‘lsa, ularni butunlay boshqa kompyuterning doimiy 
xotirasida yaratish maqsadga muvofiq. Bunda yoki faylning to‘liq nusxasi yoki kiritilayotgan 
o‘zgarishlarning nusxalari saqlanadi. 
Uchinchi qoida – antivirus vositalaridan muntazam foydalanish. Antivirus vositalari muntazam 
yangilanib turilishi lozim. 
To‘rtinchi qoida – yangi echib olinadigan axborot tashuvchilardan va yangi fayllardan 
foydalanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish. YAngi echib olinadigan tashuvchilar olinganda, albatta, 
yuklanuvchi 
va 
fayl 
viruslari 
mavjudligiga, 
olingan 
fayllar 
esa 
fayl 
viruslari 
mavjudligiga tekshirilishi lozim. Tekshiruv, skanerlovchi – dasturlar va evristik tahlilni amalga 
oshiruvchi dasturlar yordamida amalga oshirilishi kerak. Olingan hujjatlar va jadvallar bilan 
ishlashda, ushbu fayllar to‘liq tekshirilgunga qadar, matn va jadval muharrirlariga o‘rnatilgan 
makrokomandalarning bajarilishini taqiqlash zarur. 
Beshinchi qoida – tizimga, ayniqsa taqsimlangan tizimlarga yoki jamoa bo‘lib foydalaniladigan 
tizimlarga, kiritilayotgan fayllarni va echiladigan axborot tashuvchilarni maxsus ajratilgan 
kompyuterlarda tekshirish. Uni tizim administratori yoki ma’lumotlar xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan 
shaxsning avtomatlashtirilgan ish joyidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Disk va fayllarni har 
tomonlama antivirus tekshiruvidan o‘tkaziluvidan so‘ng ularni tizimdan foydalanuvchilarga taqdim 
etish mumkin. 
Oltinchi qoida – agar axborotlarni tashuvchilarga yozish nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday 
amallarni bajarilishini blokirovka qilish. 


26 
YUqorida keltirilgan tavsiyalarga doimiy rioya qilinishi virus dasturlar bilan zararlanish 
ehtimolini ancha kamaytiradi va foydalanuvchini axborotlarni qaytib tiklab bo‘lmaydigan 
yo‘qotishlardan saqlaydi. 
Kompyuter tarmog‘idan foydalanish bosqichlarida tizimdagi axborotlarning butunligi va 
ulardan foydalanish huquqi quyidagilar orqali ta’minlanadi: 
– kompyuter tizimlarida mavjud axborotlarning butunligi; 
– kompyuter tizimlarining rad etishga barqarorligini oshirish; 
– tizimning qayta yuklanishi va «osilib qolishi»ni bartaraf etish; 
– axborot zaxiralarini yaratish; 
– qat’iy belgilangan dasturlar majmuidan foydalanish; 
– texnik xizmat ko‘rsatish va kam-ko‘stini to‘ldirish jarayonlarining o‘ziga xos tartibiga rioya 
qilish; 
– antivirus tadbirlari kompleksini o‘tkazish. 
Axborotning butunligi va foydalanishga qulayligi apparat vositalar zaxirasini yaratish, 
foydalanuvchilarning xato harakatlarini blokirovka qilish, kompyuter tizimlarining ishonchli 
elementlaridan va barqaror ishlovchi tizimlardan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tizim 
elementlarini qasddan ortiqcha ishlatish tahdidlari bartaraf etiladi. Buning uchun bajariladigan 
dasturlarga buyurtmalarni kelib tushish intensivligini o‘lchash mexanizmlaridan va bunday 
buyurtmalarni berishni cheklash yoki blokirovka qilish mexanizmlaridan foydalaniladi. Bunday 
hollarda ma’lumotlarni uzatish yoki dasturlarni bajartirishga bo‘lgan buyurtmalar oqimining 
birdaniga keskin oshib ketishini aniqlash imkoni ham oldindan nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 
Kompyuter tarmog‘ida axborotlarning butunligi va foydalanishga qulayligini ta’minlashning asosiy 
shartlaridan biri ularning zaxiralarini hosil qilishdan iborat. Axborotlar zaxirasini yaratish strategiyasi 
axborotning muhimligini, kompyuter tizimlarining uzluksiz ishlashiga bo‘lgan talablarni, 
ma’lumotlarni 
tiklashdagi 
qiyinchiliklarni 
hisobga 
olgan 
holda 
tanlanadi. 
Himoyalangan kompyuter tizimlarida faqatgina ruxsat etilgan dasturiy ta’minotdan foydalanilishi 
lozim. Foydalanishiga rasman ruxsat etilgan dasturlarning ro‘yxati, ularning butunligini nazorat 
qilishning usullari va davriyligi kompyuter tizimlarini ekspluatatsiya qilinishidan oldin aniqlanishi 
kerak. 
Dasturlar butunligini nazorat qilishning sodda usullaridan biri nazorat yig‘indilari usuli 
hisoblanadi. Nazorat yig‘indisi – ma’lumotlar blokining oxiriga yoziladigan bitlar ketma-ketligi. 
Nazoratdagi faylga kiritilgan o‘zgartirishni, nazorat yig‘indini tuzatib qo‘yish bilan, berkitishni 
istisno qilish maqsadida nazorat yig‘indini shifrlangan holda saqlash yoki nazorat yig‘indini 
hisoblashning maxfiy algoritmidan foydalanish zarur. 


27 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə