O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


-rasm. Simmetrik kalit yordamida shifrlash tizimi



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

7.1-rasm. Simmetrik kalit yordamida shifrlash tizimi 
Foydalanuvchi A o‘zining maxfiy kaliti bilan xabarni shifrlaydi va xabarni tarmoq orqali 
jo‘natadi, qabul qiluvchi V (xuddi shunday maxfiy kalitdan foydalanib) xabarni qayta tiklaydi. 
Rasmda sxemaning simmetrik ekanligi ko‘rinib turibdi. Chap va o‘ng tomondagi foydalanuvchilar 
bir xil (simmetrik) kalitlardan foydalanishmoqda, shuning uchun bunday turdagi shifrlash simmetrik 
kalit yordamida shifrlash deb yuritiladi. 


28 
Kriptosistemada simmetrik kriptografiya ishlatiladi. Xabar jo‘natuvchi va qabul qiluvchi 
incryption va decryption ikkita bir xil namunali kalit ishlatadi. Kalitlarning ikkita vazifasi bor. Bular 
incryption va decryptionni ko‘zatish yoki boshqarish bo‘lishi mumkin. 
Simmetrik kalitlar maxfiy kalitlar ham deyiladi. Chunki bular foydalanuvchi tomonidan maxfiy 
va himoyalangan bo‘lishiga asoslangan. Agar buzib kiruvchi kalitlarga ega bo‘lganida u xabarni 
deshifrlay olardi. Simmetrik incryption kaliti ma’lumot almashuvchi har bir juft foydalanuvchi ikkita 
bir xil namunali kalitga ega bo‘lishi kerak. Bu shuni bildiradiki, A va B ma’lumot almashishni 
xoxlasa ularning ikkalasi ham ikkita bir xil kalitga ega bo‘lishi shart. Agar A- B va C bilan ham shu 
usulda muloqat qilmoqchi bo‘lsa, ularning barida ikkita bir xil kalit bo‘lishi kerak.Bu qisqa vaqt 
ichida yuzlab do‘stlar bilan muloqat qila olish imkoniyatini kamaytiradi. Kerakli odamga zarur 
kalitlarni saqlash qiyin vazifa to‘g‘diradi
6

Agar 10 ta odam bir-biri bilan maxfiy muloqat qilmoqchi bo‘lsa, ularning har biri 45 tadan 
kalitga ixtiyoj sezadi. Agar bu 100 ta odamni tashkil qilsa, bu ko‘rsatkich 4950 taga yetadi. Bu 
raqamlarni quyidagi formula bilan topish mumkin
1

N= n *(n-1)/2. 
An’anaviy (klassik) shifrlash usullariga o‘rinlarini almashtirish shifrlari, oddiy va murakkab 
almashtirish shifrlari va ularning kombinatsiyalari va modifikatsiyalari kiradi. Ta’kidlash joizki, 
o‘rinlarini almashtirish shifrlari va almashtirish shifrlarining kombinatsiyalari amaliyotda 
qo‘llanilayotgan har xil turdagi simmetrik shifrlarni tashkil etadi. 
O‘rinlarini almashtirish shifrlarida shifrlanadigan matnning harflari shu matn bloki ichida 
ma’lum qoidalar bo‘yicha o‘rin almashtiriladi. O‘rinlarini almashtirish shifrlari eng sodda va eng 
qadimiy hisoblanadi. 
Shifrlovchi jadvallar.
Tiklanish (XIV asr oxirlari) davrining boshlarida o‘rinlarini almashtirish 
shifrlarida shifrlovchi jadvallardan foydalanilgan. Shifrlovchi jadvallarning kaliti sifatida: jadvalning 
o‘lchami; o‘rin almashtirishni belgilovchi so‘z yoki jumla; jadval tuzilishining xususiyati

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə