O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


Uinstonning ‘ikkililangan kvadrat’ shifri



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Uinstonning ‘ikkililangan kvadrat’ shifri 
1854 yil angliyalik Charl’z Uinston bigrammalarni shifrlashning yangi metodini o`ylab topdi 
va shu tariqa kriptografiya rivojiga o`z hissasini qo`shdi. U polibian shifrga o`xshash bo`lgani uchun 
‘ikkilangan kvadrat’ deb nomlanadi. Uinston shifri kriptografiya tarixida yangi bosqichni ochib berdi. 
Polibian shifridan farqli ravishda ‘ikkilangan kvadrat’ shifrlash usulida ikkita jadvaldan 
foydalanilgan. Bu jadvallar gorizontal joylashgan bo`lib, shifrlash Pleyfor shifri singari bigrammalar 
bo`yicha shifrlanadi. Murakkab bo`lmagan modifikatsiyalar orqali qo`lda shifrlash juda qulay bo`lib, 
kriptografiyada ishonchli yangi kriptografik tizimini dunyoga keltirdi. Bu usul 
juda ishonchli bo`lgani uchun undan Germaniyada hattoki ikkinchi jahon urushida ham 
foydalanilgan. [15] Axborotni shifrlash uchun kirill alfaviti harflari ixtiyoriy joylashgan ikkita jadval 
olingan. 
Shifrlash uchun matn harflarini juft-juft qilib bo`laklarga, ya`ni bigrammalarga 
bo`lingan. Har bir bigramma alohida shifrlangan. Har bir juft bo`lakning birinchi harfi uchun 
chap tomondagi birinchi jadvaldan, ikkinchi harf uchun esa o`ng tomondagi ikkinchi 
jadvaldan foydalanilgan. Shifrlashda juft bo`lakning birinchi harfini chap jadvaldan
ikkinchi harfini esa o`ng jadvaldan olingan. Shifrmatn harflarini olish uchun matn birinchi 
harfni chap jadvaldan, ikkinchisini esa o`ng jadvaldan topiladi, so`ngra shu harflar 
burchaklari bo`lgan xayolan to`rtburchak tuziladiki, burchaklarda tursin. Bu 
to`rtburchakning boshqa burchaklaridagi harflar shifr bigrammani ifodalashadi. Aytaylik
berilgan matnning ИЛ bigrammasi shifrlansin. И harfi birinchi, chap jadvalning 1-ustun va 
2-qatorida joylashgan. Л harfi jadvalning 5-ustun va 4-qatorida joylashgan. Bu to`rtburchak 
2 va 4 qatorlardan hamda chap jadvalning 1- va o`ng jadvalning 5-ustunidan tuzilgan. 


31 
Shunday qilib, shifrmatn bigrammasiga o`ng jadval 5-ustun va 2-qatorida joylashgan О harfi 
va chap jadval 1-ustun va 4-qatordagi В harflari kiradi. Shunday qilib berilgan matnning ИЛ 
bigrammasi uchun ОВ shifrmatn bigrammasini olamiz. 
Agar bigrammaning ikkala harfi ham bir qatorda joylashgan bo`lsa, unda shifrmatn 
harflari ham shu qatordan olinadi. Shifrmatn bigrammasi birinchi harfi chap jadvaldan xabar 
bigrammasi ikkinchi harfi ustuniga mos bo`lgan harf olinadi. Ikkinchisi esa o`ng jadvaldan 
xabar bigrammasi birinchi harfi joylashgan ustunga mos harfi olinadi. Shuning uchun ТО 
bigrammasi ЖБ shifrmatn bigrammasiga aylanadi. Xuddi shu tariqa xabar bigrammalari 
shifrlanadi. Misol. Quyida berilgan xabarni shifrlang: 
УИНСТОННИНГ ИККИЛАНГАН КВАДРАТ ШИФРИ 
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA 
Berilgan xabarni bigrammalarga bo`lamiz (Probel uchun _ belgi qo`yamiz): 
УИ НС ТО НН ИН Г_ ИК КИ ЛА НГ АН _К ВА ДР АТ _Ш ИФ РИ 
AM AL IY-M AT EM AT IK A- VA –I NF OR MA TI KA 
Berilgan xabarga Uitstonning ‘ikkilangan kvadrat’ shifrini qo`llasak quyidagi bigrammali 
shifrmatnni olamiz. 
ЪН ГФ ЖБ ГУ Ь: ДЛ ЖЗ ЪР ФО ГН УД :Ш :: НМ Щ_ ХЖ ТЖ 
Bigrammali shifrmatnni birlashtirsak quyidagi oddiy i shifrmatnni olamiz: 
ЪНГФЖБГУЬ:ДЛЖЗЪРФОГНУД:Ш::НМЩ_ХЖТЖ 
Ochishda ya`ni deshifrlashda harakatlar teskari tartibda omalga oshiriladi. Uitstonning 
“ikkililan kvadrat” shifrini kirill alfaviti uchun qo`llasak tanlangan jadval yacheykalari soni 35 ta 
bo`lishi kerak. Chunki unda nuqta, vergul va ikki nuqta singari tinish belgilar ham kiritilgan. Yozuv 
qatori 30 tadan kam bo`lmasliga kerak, shunda uni ochish uchun juda kata qiyinchiliklar tugdiradi. 
‘Ikkilangan kvadrat’ usuli shifrlanishi juda chidamli va qo`llashda sodda shifrlash hisoblanadi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə