O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Pleyferning bigrammali shifri
. Pleyfer shifri 1854 yil ixtiro qilingan bo`lib,almashtirishning 
eng mashhur bigrammasi hisoblanadi. U birinchi jahon urushida Buyuk Britaniyada qo`llanilgan. 
Pleyferning shifri asosida birlamchi xabarda taxminiy joylashagan alifbo harflari shifrlovchi jadvali 
yotadi. [15] Xabarni uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonidan shifrlanadigan jadvalni eslab qolish 
qulayligi uchun kalitli so`z (yoki iborani) jadvalni boshlang’ich qatorlarini to`ldirishda ishlatish 
mumkin. Umuman olganda Pleyfer shifrlash jadvali strukturasi Trisemussning shifrlash jadvallariga 
o`xshash. Shuning uchun shifrlash va qayta ochish protseduralarini tushunish maqsadida Pleyfer 
tizimida oldin ko`rib o`tilgan Trisemuss shifrlash jadvalidan foydalanamiz: 
Shifrlash protsedurasi quyidagi qadamlarni o`z ichiga oladi: 
1. Berilgan xabar ochiq matni harflar jufti (bigramma) ga bo`linadi. Matn juft harflar sonidan 
iborat bo`lishi va unda ikkita bir xil harfdan bigramma bo`lmasligi kerak. Agar bu shartlar 
bajarilmasa, matn ba`zi orfografik xatolarga qaramasdan o`zgartiriladi. 
2. Ochiq matn ketma – ket bigrammalari shifrlash jadvallari yordamida quyidagi 






















































30 
qoidalar bo`yicha shifr matn bigrammalariga o`tkaziladi: 
a. Agar ochiq matn bigrammasining ikkala harfi ham bir qator yoki ustunga joylashmasa 
(masalan, yuqoridagi jadvaldagi A va F harflari singari) unda aniqlanadigan harflar jufti uchun 
to`rtburchak burchaklari harfi topiladi. (Bizning misolda bu AF CU harflari AF harflar juftligi CU 
juftida akslanadi. Shifrmatn bigrammasida harflar ketma-ketligi ochiq matn bigrammasi harflar 
ketma- 
ketligida oynali munosabatda joylashgan bo`lishi kerak). 
b. Agar ochiq matn bigrammalari harfi jadvalning bir ustunida joylashsa, unda shifr matn harfli 
deb ular tagida joylashgan harflar olinadi. (Masalan, NJ bigrammasi DQ shifr matnni beradi). Agar 
bunda ochiq matn harfi quyi qatorda joylashgan bo`lsa, unda shifrmatn uchun shu ustunning yuqori 
qatori harfi olinadi. (Masalan, IZ bigramma OX shifrmatn bigrammasini beradi). 
c. Agar ochiq matnning bigrammasi ikkala harfi bitta qatorda joylashgan bo`lsa, unda shifrmatn 
harflari sifatida ulardan o`ngda joylashgan harflar olinadi. (Masalan, CV bigramasi UW shifr matn 
bigrammasini beradi). Agar bunda ochiq matn harfi eng o`ng ustunda joylashgan bo`lsa, shifr uchun 
shu qatorning chap ustuni harfi olinadi. (masalan, UP bigrammasi TA shifrmatn bigrammasini 
beradi). Ochishda ya`ni deshifrlashda harakatlar teskari tartibda omalga oshiriladi. Shuni ta`kidlash 
lozimki, bigrammalar bo`yicha shifrlash shifrlar chidamligini tezkor oshiradi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə