O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


Trisemussning shifrlash jadvallari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Trisemussning shifrlash jadvallari.
1508 yil Germaniyalik abbat Iogan Trisemuss 
“Poligrafiya” deb nomlanuvchi kitobni yozdi. Bu kitobda birinchi marta taxminiy tartibda 
alfavit bilan to`ldiruvchi shifrlash jadvallarini qo`llashni tizimli tushuntirib berdi. Bunday shifrni 
olish uchun alfavit harflarini va kalitli so`zni (yoki iborani) yozish uchun jadvallar qo`llanilgan. 
Jadvalga qator bo`yicha kalitli so`z kiritiladi, bunda takrorlanuvchi harflar tashlab yuboriladi. So`ngra 
bu jadval tartib bo`yichaи alfavitning kiritilmagan harflari bilan to`ldiriladi. Kalitli so`z yoki iborani 
eslab qolish osonligi tufayli bunday yondashuv shifrlash va qayta ochish jarayonini soddalashtirar 
edi. [15] Bu shifrlashni misolda ko`rib o`tsak. Lotin alifbosi uchun jadval hajmini 6x5 deb olamiz. 
Kalitli so`z sifatida esa ANZURA so`zini olamiz. Agar kalitli so`zda harflar takrorlansa, navbatdagi 
takrorlanuvchi harf tashlab yuborilganligi uchun kalit so`z ANZUR ko`rinishni oladi. Kalitli so`z 
ANZUR ning harflarini jadvalning birinchi qatori, birinchi yacheykasidan boshlab joylashtirishni 
boshlaymiz.


























6
Shon Harris. ALL IN ONE CISSP. McGraw-Hill. 2013. 


29 
Agar birinchi qator to`lsa, harflarni ikkinchi qatordan boshlab joylashtirishni davom ettiramiz. 
Kalit so`z kiritilgach, alfavit harflarini boshdan boshlab jadvalga joylashtirishni boshlaymiz. Agar 
alfavit harfi kalit so`zda mavjud bo`lsa, u tashlab yuboriladi va navbatdagi harfni joylashtirish davom 
ettiriladi. Qator to`lgach navbatdagi qatordan joylashtirish boshlanadi. Shifrlashda bu jadvaldan 
ochiq matnni navbatdagi harfi topiladi va shu ustundagi pastda joylashgan harf shifrmatn harfi 
sifatida yoziladi. Agar matn harfi eng pastki qatorda bo`lsa, shifr matn uchun shu ustunning eng 
yuqorigi harfi olinadi.
Masalan, shu jadval yordamida quyidagi xabarni shifrlasak: 
BIZ BIR JAMOAMIZ 
Quyidagi shifr matnini olamiz: 
WPE WPG ECVWCVPE 
Bu shifr matni deshifrlash uchun jadvaldan shifr matnni navbatdagi harfi topiladi va shu 
ustundagi yuqorida joylashgan harf matn harfi sifatida yoziladi. Agar matn harfi eng yuqori qatorda 
bo`lsa, matn uchun shu ustunning eng quyi harfi olinadi. 
Matn deshifrlansa: 
BIZ BIR JAMOAMIZ 
Bunday shifrlash jadvallari ko`p grammali deyiladi, chunki shifrlash bir harfdan bajariladi. 
Trisemuss shifrlash jadvallari ikki harfdan shifrlay olishini birinchilardan bo`lib bilib olgan. Bunday 
shifrlashlar bigrammali shifrlashlar deyiladi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə