O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

GOST 28147-89
shifrlash standarti - Rossiya shifrlash standarti bo‘lib, simmetrik 
shifrtizimlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Blok kattaligi 56 bit, kalit uzunligi 256, 512 bitga 
teng bo‘lgan bazaviy blokli shifrlash algoritmiga asoslangan. Shifrlashning 4 rejimiga ega. 
Ko‘p sonli turli ochiq kalitli kriptotizimlar ichida keng tarqalgani 1977-yilda ixtiro qilingan va 
uning mualliflari Ron Rivest, Ada Shamir va Leonard Yeydelman nomiga qo‘yilgan
RSA
kriptotizimidir. Ular, katta tub sonlarni aniqlash, hisoblash jihatdan oddiy ekanligidan hamda 
shunday ikkita katta sonlarning ko‘paytmasi bo‘lgan sonni ko‘paytuvchilarga ajratish judayam qiyin, 
amalda mumkin emasligidan foydalanishgan.
RSA 
shifrini ochish shunday ko‘paytuvchilarga 
ajratishga tengligi isbotlangan (Rabin teoremasi). Shuning uchun kalit uzunligi qanday bo‘lishidan 
qat’i nazar shifrni ochish uchun talab qilinadigan amallarning quyi chegarasini baholash, zamonaviy 
kompyuterlarning tezligini bilgan holda shifrni ochish uchun kerak bo‘ladigan vaqtni ham aniqlash 
mumkin. RSA algoritmining himoyalanganlik kafolatini aniqlash imkoniyati, uning boshqa ochiq 
kalitli algoritmlar orasida mashhur bo‘lishining sababi hisoblanadi. Shuning uchun RSA algoritmidan 
bank kompyuter tizimlarida foydalanilmoqda, ayniqsa uzoq masofadagi mijozlar bilan ishlashda 
(kredit kartochkalarga xizmat ko‘rsatishda) qo‘llanilmoqda. 
Xabar xesh-funksiyasi - qiymati kirish ketma-ketligining, ya’ni ikkilik sanoq tizimida berilgan 
xeshlovchi sonning har bir bitiga yoki xeshlovchi dastlabki matnning har bir ramziga bog‘liq bo‘lgan 
funksiya
10
. Xeshlash algoritmi kirish matnidan bir xil uzunlikda natija chiqaradi. Bunda uzunlik 
deganda, ikkilik sanoq tizimida berilgan ifodadagi bitlar soni nazarda tutiladi. Masalan, kirish matni 
«AKT lug‘ati» bo‘lsa va xesh- funksiya qiymati «10110111010100101 »ga teng chiqsa, xesh-
funksiya qiymati uzunligi 17 bitga teng bo‘ladi. Chiqish uzunligi 128, 192, 256 bit bo‘lgan xesh-
funksiyalar ham mavjud. Xesh-funksiya samarali bo‘lishi uchun kirish xabari uchun natija noyob 
bo‘lishi lozim. Odatda, xesh- funksiyalar bir tomonli funksiyalardir. Chunki, chiqish qiymati asosida 
dastlabki matnni hisoblab topish juda qiyin. Xesh-funksiyalar axborot uzatish va saqlashda uning 
xavfsizligini muhofaza qilish uchun qo‘llaniladi. 
5.Elektron raqamli imzo va ochiq kalitlar strukturasi.
Elektron raqamli imzoni qo‘llashdan 
maqsad, birinchidan elektron hujjatdagi axborot asl nusxa ekanligini tasdiqlash, ikkinchidan uchinchi 
tarafga (arbitr, sudga va boshqalarga) hujjatni muallifi ushbu shaxs ekanligini isbotlash. Ushbu 
9
Shon Harris. ALL IN ONE CISSP. McGraw-Hill. 2013 
10 
Ахборот-коммуникация технологиялари изоҳли луғати (иккинчи нашр). - Т., 2010. 


36 
maqsadga erishish uchun muallif o‘zining maxfiy individual raqami (individual kalit, parol) bilan 
hujjatga o‘rnatilgan tartibda «elektron imzo qo‘yish» jarayonini bajarishi lozim. Bunday imzo 
qo‘yishda, har gal individual kalit elektron hujjatdagi ma’lumotlar bilan ma’lum qoidaga muvofiq 
aralashib ketadi. Bunday biriktirilish natijasida hosil bo‘lgan raqam (ma’lum razrad uzunligidagi 
raqamlar ketma-ketligi) ushbu hujjatga muallif tomonidan qo‘yilgan elektron raqamli imzo 
hisoblanadi. Shunday qilib, elektron raqamli imzo qo‘yish va uni tekshirish protsedurasining har 
birida ishlatiladigan ikkita kalitdan bittasi foydalaniladi. Lekin bunda imzo qo‘yish kalitini tekshirish 
kaliti yordamida aniqlash imkoniyati umuman mumkin emasligi kafolatlangan bo‘lishi kerak. 
Hozirda taklif etilgan usullarda, amalda imzo qo‘yish kalitini (yopiq kalit), tekshiruv kaliti yordamida 
(ochiq kalit) qayta tiklash uchun uzoq davom etadigan murakkab hisoblash ishlarini bajarish lozimligi 
nazarda tutiladi. 
Elektron imzo g‘oyasi birinchi marta Diffi va Xellman asarida hujjatning asl nusxa ekanligini 
va muallif tomonidan imzolanganligini aniqlash uchun taklif etilgan. 
Hozirgi paytda raqamli imzo keng qo‘llanilmoqda (uzatiladigan yoki saqlanadigan shifrlangan 
matnga biriktirilgan raqam, bu axborotning butunligini va muallifni haqiqiyligini tekshirish 
imkoniyatini kafolatlaydi). Simmetrik shifrlash algoritmlariga asoslangan raqamli imzo modellari 
ham mavjud. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə