o’qituvchi bolaga, ota-onaga nisbatan ko’proq ravishda normativ talablar qo’yadi.
Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o’zini to’liq anglashi va o’zi xatti-
51
harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o’qituvchigina bolaga me’yorlar qo’yishi,
ularning xatti-harakatlarini baholashi mumkin, xatti-harakatlarini boshqalar bilan
moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlangich sinfda o’quvchilar
o’qituvchi tomonidan qo’yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularning
qoidalariga to’la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o’qituvchi uning
psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning
nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatiga, bu
munosabat esa o’z- o’zidan oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Shuningdek, bu munosabatlar uning o’quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab
beradi. O’qituvchining o’quvchilarga ta’sir ko’rsatishi va munosabatiniig quyidagi
uslublari mavjud. Avtoritar uslub: bu qattiqqo`llik bo’lib, bunda o’qituvchi so’zsiz
o’ziga bo’ysunishlarini talab etadi. Lekin, nima uchun qattiqqo’llik o’quvchilarini
qilayotganini yoki o’quvchilariga nima uchun o’zlarini shunday tutishlari
lozimligini tushuntirib bermaydi, shuningdek, o’quvchilarni o’z xatti-harakatlarini
mustaqil boshqarishga ham o’rgatmaydi. O’qituvchi dars davomida o’quvchilardan
jim o’tirishini, savollarga doimo qo’l ko’tarib, o’qituvchining ruxsati bilan javob
berishini, o’qituvchining ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishini talab etadi.
Bunday
pedagoglar o’quvchilarning qiziqishlari asosida emas, balki asosan o’quv rejasi
asosida dars o’tadilar. Dars davomida ham bahs-munozara uchun deyarli imkoniyat
yaratilmagan holda asosan o’qituvchining fikri singdiriladi. O’quvchilari bilan
muomala munosabatda ham ularning individual psixologik xususiyatlari jumladan,
nerv tizimining qo’zgaluvchanlik darajasini ham e’tiborga olmaydilar. Bu uslub
o’qituvchini sinfdan, o’quvchidan uzoqlashtiradi. Emotsional sovuqlik sinfda
intizomli o’quvchida yakkalanish, xavotirlik, himoya qilinmaganlik hissini ham
yuzaga keltiradi. Bu uslub sinfda yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichini
Dostları ilə paylaş: