O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Ko„chmas mulk obyektlarini boshqarish mexanizmi



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Ko„chmas mulk obyektlarini boshqarish mexanizmi 
Ko‗chmas mulk obyektlarini boshqarish maqsadlariga ushbu 
obyektlarni tasarruf etish funksiyalarini bitta vedomostga jamlangan 
holda amalaga oshirish bilan erishish mumkin. Yer uchastkasi (yoki 
uning ulushlari) va u bilan bog‗liq bo‗lgan barcha bino va inshootlar 
(yoki ularning qismlari)dan tashkil topgan kompleks obyekt 
boshqarishning asosiy obyekti bo‗lib hisoblanadi. 
Ko„chmas mulk obyektlarini yoppasiga inventarizatsiyalash
qo‗yilgan maqsadlarga erishishning 
birinchi qadami
bo‗lishi kerak. 
Olingan ma‘lumotlar real ko‗chmas mulk obyektlarining bozor qiymatli 
tavsiflari haqidagi ma‘lumotlarni statistik qayta ishlash usullaridan 
foydalanish va ularning asosiy tavsiflarini hisoblash asosida ko‗chmas 
mulk obyektlarining bozor qiymatida baholashni operativ tarzda 
o‗tkazish imkonini beradi. Davlat mulki reestrlarining ma‘lumotlari 
asosida davlat inventarizatsiya qilingan va baholangan obyektlarga 
bo‗lgan o‗zining huquqlarini ro‗yxatdan o‗tkazishi kerak.
Ko„chmas mulk obyektlarini tasarruf etish bo„yicha yagona 
qoidalar va qaror qabul qilish tadbirlarini
ishlab chiqish qo‗yilgan 
maqsadlarga erishishning 
ikkinchi qadami
bo‗lishi kerak. Ular quyidagi 
tamoyillarga
asoslanishi kerak: 
-
foydalanishning to‗lovli turining so‗zsiz ustunligi; ko‗chmas 
mulk obyektlarini to‗lovsiz berishning holatining aniqlanishi; 
-
yuqori daromadli ko‗chmas mulk obyektlaridan tijorat maqsadlari 
foydalanish; 
-
hududda shakllangan bozor narxlari darajasi stavkalaridan past 
stavkalarda ko‗chmas mulk obyektlarini ijaraga berishni ta‘qiqlash; 


156 
-
ko‗chmas mulk obyektlaridan foydalanishdagi imtiyozlarini 
qisqartirish; 
-
ko‗chmas 
mulk 
obyektlarini 
foydalanishga 
topshirish 
harakatlarining oshkoraligi, bunda barcha qiziquvchi shaxslar uchun 
obyektlar ro‗yxati majburiy chop etiladi. Ikkita va undan ortiq 
da‘vogarlar bo‗lganda savdolashish talab etiladi; 
-
ko‗chmas 
mulk 
obyektlaridan 
foydalanish 
huquqlarini 
rasmiylashtirish tadbirini yengillashtirish va muddatlarini qisqartirish. 
Obyektdan foydalanish uchun bozor bahosida ijara haqini to‗lovchi va 
shartnomaning barcha shartlarini bajaruvchi ijarachilarga belgilangan 
tartibda subijara berishga ruxsat etiladi; 
-
bozor bahosidan kelib chiqqan holda investitsion shartlar asosida 
qurilishi tugallanmagan obyektlarni sotish. Bozor bahosi bo‗lmagan 
obyektlar davlat manfaatlaridagi investitsion loyihalariga mos keluvchi 
investorlarga to‗lovsiz foydalanishga berilishi mumkin. 
Quyidagi ko‗rsatkichlar boshqarish maqsadlariga erishganlik 
haqida guvohlik beradi: birinchidan, davlat ko‗chmas mulkidan 
foydalanish evaziga byudjet daromadlarining ko‗payishi; ikkinchidan, 
davlat mulki ijara stavkalarining ijara to‗lovi bozor stavkalariga 
yaqinlashishi. Bu ko‗rsatkichlar doimiy nazorat ostida bo‗lishi kerak. 
Bundan tashqari, huquqiy bazaning o‗z vaqtida ishlab chiqilishi va 
tegishli me‘yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, shuningdek
ko‗chmas mulk obyektlari reestrining to‗liqligini ta‘minlash ustidan 
nazorat o‗rnatish lozim. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə