O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Development
– bu shunday yo‗nalishki, unga biznesning boshqa 
daromadli 
yo‗nalishlari o‗z daromadlarining salmoqli qismini 
o‗tkazadilar, qarzga olingan vositalarning erkinligi, ularning oborotga 


160 
kiritilish mexanizmining rivojlanishi va moliyaviy instrumentlarning 
xilma xilligi developmentning rivojlanishi va amal qilishiga qulay muhit 
yaratib beradi. Shu bilan birga, development, tadbirkorlikning boshqa 
turlari kabi nafaqat regiondagi investitsion iqlimga, balki mamlakatdagi 
servis madaniyatiga ham bog‗liqdir.
Developmentning mohiyati – bu ko‗chmas mulk sohasida 
investitsion loyihalarini boshqarish bo‗lib, u o‗z ichiga quyidagilarni 
oladi: 

iqtisodiy samarali bo‗lgan developerlik loyihasini tanlash; 

loyihani amalga oshirish uchun eng optimal vaqtni tanlash; 

loyihani amalga oshirish uchun tegishli organlardan lozim 
ruxsatnomalar olish; 

investitsiyalarni jalb qilish shartlarini aniqlash, kerak vaqtda 
ularni qaytarish mexanizmi va shakllarini ishlab chiqish; 

investorlarni qidirish va jalb qilish hamda pudratchilarni tanlash, 
ularning faoliyatini moliyalashtirish va ishlarini nazorat qilish; 

qurilish ―nou-xau‖laridan foydalanish; 

yaratilgan ko‗chmas mulk obyektini realizatsiya qilish yoki uni 
buyurtmachiga foydalanishga topshirish. 
Development bir nechta o„ziga xos xususiyatlar bilan 
tavsiflanadi


ishning natijalari uchun kompleks javobgarlik; 

loyihalarning yuqori darajadagi kapital talabligi; 

investitsion siklning uzoq muddatliligi; 

loyihaning bo‗linmasligi; 

innovatsion xarakter; 

xizmatlar/tovarlarning maksimal komplekslanishi; 

faoliyatning moliyaviy natijalarini yaxshilash; 

ishlarning yuqori sifatini ta‘minlash. 
Quyida development tushunchasi bilan yaqindan aloqador 
tushunchalarni ko‗rib chiqish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə