15
yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu
vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi.
Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish,
ulardan hosila
ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash
mumkin.
Xo‘jalik subyektida qaysi o‘lchov birligi ishlatilmasin,
ularning asosiy
ko‘rsatkichi foyda yoki zarar ko‘rsatkichlari pul ifodasida ko‘rsatiladi. Hisobda pul
o‘lchov birligini ko‘proq qo‘llanilishi boshqa o‘lchov birliklariga nisbatan ko‘proq
ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmaydi. Pul o‘lchov birliklarini hisob ishlarida
keng qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri bu har xil o‘lchov birliklarida aks
ettirilgan ko‘rsatkichlarni yagona pul o‘lchov birligida umumlashtirish imkonini
bersa,
ikkinchidan, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni bir me’yorda yuritish
imkonini beradi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1.
Buxgalteriya hisobini qanday tarixiy zarurat vujudga keltirgan?
2.
Buxgalteriya hisobi qachon paydo bo‘lgan?
3.
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?
4.
Buxgalteriya hisobining qanday asosiy maktablari bo‘lgan
va ularning
xususiyatlari qanday?
5.
Temuriylar davlatida hisob ishlari qanday bo‘lgan?
16
2-BOB.
FANINING PREDMETI VA USULLARI
2.1 “Buxgalteriya hisobi”ning predmeti va asosiy vazifalari
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik subyektlarida
buxgalteriya hisobi yuritiladi. U xo‘jalik subyektidagi mablag‘larining
tuzilishi,
joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo‘jalik
jarayoni va
muomalalari ta’siri ostida bo‘layotgan o‘zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz
nazorat olib boradi.
Xo‘jalik subyektlari buxgalteriya hisobini 2016 yil 14 aprelda qabul qilingan
yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
Qonuniga asoslanib yuritadilar.
Buxgalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablag‘lar, xo‘jalik jarayoni va
uning ta’siri ostidagi xo‘jalik mablag‘larining hajmi, tuzilishi, joylanish va
tayinlanishidagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar
xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi vositasida korxonalar xo‘jalik
faoliyati jarayoni,
mablag‘lari aks ettiriladi hamda ularning tashkil topish manbalari nimalardan
iborat ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.
Xo‘jalik subyektlari buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz,
yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali schyotlar
tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari
haqikiyligini inventarizatsiya
yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob
ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi.
Dostları ilə paylaş: